Kremniy (IV)–oksid qumtuproqham deyiladi. Bu qiyin suyuqlanadigan qattiq modda, tabiatda ikki xil ko`rinishda keng tarqalgan:
1) kristall qumtuproq–kvars minerali va uning har xil turlari (tog` billuri, xalsedon, agat, yashma, kremen) holida bo`ladi; kvars qurilishda va silikat sanoatida keng ko`lamda foydalaniladigan kvarsli qumlarning asosini tashkil etadi;
2) amorf qumtuproq tarkibi SiO2•nH2O bo`lgan opal minerali holida bo`ladi; uning tuproq shaklidagilari diatomit, trepel (infuzor tuproq); suvsiz sun`iy amorf qumtuproqqa silikagel misol bo`la oladi, u natriy metasilikatdan olinadi:
Na2SiO3 + 2HCl = 2NaCl + H2SiO3 H2SiO3 = H2O + SiO2
1710 0C da kvars suyuqlanadi. Suyuqlangan massa tez sovitilganda kvars shisha hosil bo`ladi. Kengayish koeffitsiyenti kichik, shuning uchun cho`g` holigacha qizdirilgan kvars shisha suv bilan tez sovitilganda darz ketmaydi. Undan laboratoriya shisha idishlari va ilmiy tadqiqotlar uchun asboblar tayyorlanadi.
Kimyoviy xossalari jihatidan SiO2 kislotali oksidlar qatoriga kiradi. U qattiq ishqorlar, asosli oksidlar va karbonatlar bilan birga suyuqlantirilganda silikat kislotaning tuzlari hosil bo`ladi:
SiO2 + 2NaOH = Na2SiO3 + H2O SiO2 + CaO = CaSiO3
SiO2 + Na2CO3 = Na2SiO3 + CO2
Kremniy (IV)–oksid bilan faqat ftorid kislotagina reaksiyaga kirishadi, shu reaksiya yordamida shishaga ishlov beriladi:
SiO2 + 4HF = SiF4 + 2H2O
Suvda SiO2 erimaydi va suv bilan reaksiyaga kirishmaydi. Shining uchun silikat kislota silikat kislota tuzlariga kislotalar ta`sir ettirib olinadi:
Na2SiO3 + 2HCl = H2SiO3 + 2NaCl K2SiO3 + H2SO4 = H2SiO3 + K2SO4
H2SiO3–juda kuchsiz kislota, suvda kam eriydi. Qizdirilganda karbonat kislota kabi oson parchalanadi. Ikki asosli kislota bo`lgani sababli bosqich bilan dissotsilanadi: H2SiO3 = H2O + SiO2
H2SiO3 ↔ H+ + HSiO3- HSiO3- ↔ H+ + SiO32-
Silikat kislotaning tuzlari silikatlar deyiladi, masalan, CaSiO3 yoki CaO•SiO2–kalsiy silikat, Na2SiO3 yoki Na2O•SiO2–natriy silikat.
R2O•SiO2 tarkibli silikatlar (bunda R2O–Na2O yoki K2O) eruvchan shisha deyiladi, ularning suvdagi konsentrlangan eritmalari esa suyuq shisha deb ataladi.
SiO2 + Na2CO3 = Na2SiO3 + CO2 SiO2 + 2NaOH = Na2SiO3 + H2O
Yer qobig`i SiO2 bilan turli xil silikatlardan tarkib topgan. Tabiiy silikatlarning tarkibi va tuzilishi murakkab bo`ladi. Ba`zi tabiiy silikatlarning tarkibi quyidagicha: dala shpati K2O•Al2O3•6SiO2, asbest 3MgO•2SiO2•H2O, slyuda K2O•3Al2O3•6SiO2•2H2O, kaolinit Al2O3•2SiO2•2H2O
Tarkibida Al2O3 ham bo`ladigan silikatlar alyumosilikatlar deyiladi. Tog` jinslari va yer yuzasidagi minerallar harorat, so`ngra namlik va karbonat angidrid ta`sirida nuraydi, yani asta-sekin yemiriladi. Masalan, dala shpatining yemirilishi:
K2O•Al2O3•6SiO2 + 2H2O + CO2 = Al2O3•2SiO2•2H2O + K2CO3 + 4SiO2
Yemirilishning asosiy mahsuloti kaolinit–oq gilning asosiy tarkibiy qismi. Tog` jinslarining nurashi natijasida gil, qum va tuzlarning qatlamlari hosil boo`ladi.
|