|
Vodorod, uning olinishi, xossalari va ishlatilishi
|
bet | 2/51 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 198,84 Kb. | | #132889 |
Bog'liq 1-Ma`ruza. Mavzu Metallmaslar. Vodorod. Suv. Reja. Metallmaslar-fayllar.org3. Vodorod, uning olinishi, xossalari va ishlatilishi.
Tabiatda uchrashi. Vodorod davriy jadvalda birinchi o`rinda joylashgan (Z = 1). Uning atomi eng oddiy tuzilgan: atom yadrosi elektron bulut bilan qoplangan. Elektron konfiguratsiyasi 1s1.
Vodorod tabiatda keng tarqalgan–suv, barcha organik birikmalar hamda erkin holda ayrim tabiiy gazlar tarkibida uchraydi. Uning yer po`stlog`idagi miqdori massa jihatdan 0,15 % ga yetadi (gidrosferani hisobga olganda–1 %). Vodorod Quyosh massasining yarmini tashkil etadi.
Tabiatda H ikkita izotopi–protiy (99,98 %) va deyteriy (0,02 %) holida uchraydi. Shu sababli odatdagi suv tarkibida ozroq miqdorda og`ir suv bo`ladi.
Olinishi. Laboratoriya sharoitida vodorod quyidagi usullar bilan olinadi.
1. Metallni (Zn ni) HCl yoki H2SO4 larning eritmalari bilan o`zaro ta`sir ettirish: Zn + 2H+ = Zn2+ + H2↑
2. Suvni elektroliz qilish: 2H2O → 2H2 + O2
4H+ + 4e- = H2 │4 │2
2O2- - 2e- = O2 │2 │1
Sanoatda vodorod bir necha xil usullar bilan olinadi.
1. KCl yoki NaCl ning suvdagi eritmalarini elektroliz qilishda qo`shimcha mahsulot sifatida hosil bo`ladi.
2. Konversiya usuli bilan (konversiya–o`zgartirish).
C + H2O = CO + H2 CO + (H2) + H2O = CO2 + H2 + (H2)
3. Metanni suv bug`i bilan konversiyalash:
CH4 + 2H2O = CO2 + 4H2
4. Metanni Fe yoki Ni katalizator ishtirokida 350 0C ga qadar qizdirish:
CH4 = C + 2H2
5. Koks gazini o`ta sovitish (-196 0C ga qadar). Bunday sovitilganda H dan boshqa barcha gazsimon moddalar suyuqlikka aylanadi (kondensatsiyalanadi).
|
| |