3. Azot oksidlari, nitrat kislota va uning tuzlari.
Azot (II)-oksid NO–rangsiz gaz, suvda yaxshi erimaydi. Havo kislorodi bilan bevosita birikib, qo`ng`ir gaz–azot (IV)-oksid hosil qiladi: 2NO + O2 = 2NO2
Laboratoriya sharoitida NO suyultirilgan HNO3 bilan Cu ni o`zaro ta`sir ettirib olinadi: 3Cu + 8HNO3 = 3Cu(NO3)2 + 2NO↑ + 4H2O
Cu – 2e- = Cu2+ │2 │3
N5+ + 3e- = N2+ │3 │2
Azot (IV)-oksid NO2–o`ziga xos hidli qo`ng`ir gaz, havodan og`irroq, zaharli, nafas yo`llarini yallig`lantiradi. Laboratoriya sharoitida konsentrlangan HNO3 bilan Cu ni o`zaro ta`sir ettirib olinadi:
Cu + 4HNO3 = Cu(NO3)2 + 2NO2↑ + 2H2O
Cu – 2e- = Cu2+ │2 │1
N5+ + e- = N4+ │1 │2
Azot (IV)-oksid suv bilan o`zaro ta`sir ettirilganda HNO2 va HNO3 lar hosil bo`ladi: 2NO2 + H2O = HNO3 + HNO2
N4+ - e- = N5+ │1 │1
N4+ + e- = N3+ │1 │1
2N4+ = N5+ + N3+
HNO2 beqaror kislota, shuning uchun qizdirilganda tez parchalanib ketadi. NO2 issiq suvda eritilganda HNO3 va NO hosil bo`ladi:
3NO2 + H2O = 2HNO3 + NO
N4+ - e- = N5+ │1 │2
N4+ + 2e- = N2+ │2 │1
3N4+ = 2N5+ + N2+
Kislorod mo`l bo`lganda faqat HNO3 hosil bo`ladi:
4NO2 + 2H2O + O2 = 4HNO3
N4+ - e- = N5+ │1 │4
O20 + 4e- = 2O2- │4 │1
4N4+ + O20 = N45+ + 2O2-
Nitrat kislota laboratoriya sharoitida uning tuzlariga konsentrlangan H2SO4 ta`sir ettirib olinadi: KNO3 + H2SO4 = HNO3 + KHSO4
Sanoatda HNO3 ammiakni katalitik oksidlash yo`li bilan olinadi. Bu uch bosqichda amalga oshiriladi: 1) ammiakni Pt katalizatorida NO ga qadar oksidlanadi: 4NH3 + 5O2 = 4NO + 6H2O
2) NO ni havo kislorodi ta`sirida NO2 ga qadar oksidlanadi: 2NO + O2 = 2NO2
3) NO2 ni mo`l kislorod ishtirokida suvga yuttiriladi: 4NO2 + 2H2O + O2 = 4HNO3
HNO3–o`tkir hidli, rangsiz suyuqlik, juda gigroskopik, havoda «tutaydi», chunki uning bug`lari havodagi namlik bilan tuman tomchilarini hosil qiladi, suv bilan istalgan nisbatda aralashadi, 86 0C da qaynaydi.
Suyultirilgan HNO3 kuchli kislotalar qatoriga kiradi. Suvdagi eritmalarda dissotsilanadi: HNO3 ↔ H+ + NO3-
Issiqlik ta`sirida va yorug`da qisman parchalanadi:
4HNO3 = 4NO2 + 2H2O + O2
Nitrat kislota metallar bilan o`zaro ta`sirlashganda odatda vodorod ajralib chiqmaydi; u oksidlanib, suv hosil qiladi.
Ag + HNO3 (kons) → AgNO3 + NO2 + H2O ;
3Ag + 4HNO3 (suyul) → 3AgNO3 + NO + 2H2O
Nitrat kislota ko`pchilik metallmaslar bilan reaksiyaga kirishib, ularni tegishli kislotalarga qadar oksidlaydi, masalan:
S + 2HNO3 = H2SO4 + 2NO ; 3P + 5HNO3 + 2H2O = 3H3PO4 + 5NO
B + 3HNO3 = H3BO3 + 3NO2 ; C + 4HNO3 = CO2 + 2H2O + 4NO2
|