Fosfor (III)-oksid P4O6–mumsimon kristall massa, 22,5 0C da suyuqlanadi. P ni O yetishmaydigan sharoitda yondirish yo`li bilan olinadi, kuchli qaytaruvchi, juda zaharli.
Fosfor (V)-oksid P4O10–oq gigroskopik kukun. P ni mo`l havo yoki O da yondirish orqali olinadi. U suv bilan shiddatli birikadi hamda boshqa birikmalardan suvni tortib oladi. Gazlar va suyuqliklarni qurituvchi sifatida ishlatiladi. 3P4O10 + 6H2O = 4H3(PO3)3 trimetafosfat kislota
H3(PO3)3 + 3H2O = 3H3PO4 fosfat kislota
2H3PO4 = H4P2O7 + H2O difosfat kislota
Fosfat kislota H3PO4–oq qattiq modda. Sanoatda ikki usul bilan (ekstraksiya va termik usul) olinadi.
1) Maydalangan Ca3(PO4)2 ga H2SO4 bilan ishlov berib olinadi:
Ca3(PO4)2 + H2SO4 = 2H3PO4 + 3CaSO4↓
2) Dastlab fosfor olinadi, so`ngra P4O10 ga qadar oksidlanadi va bu oksidga suv ta`sir ettirib sof H3PO4 olinadi.
Fosfat kislota suvdagi eritmalarda bosqich bilan dissotsilanadi. U uch asosli kislota bo`lgani uchun uch xil tuzlar–fosfatlar hosil qiladi:
1) fosfatlar–fosfat kislotadagi H ning hamma atomlari o`rnini boshqa atomlar olgan, masalan, K3PO4–kaliy fosfat; (NH4)3PO4–ammoniy fosfat.
2) gidrofosfatlar-fosfat kislotadagi 2 H atomlari o`rnini boshqa atomlar olgan, masalan, K2HPO4–kaliy gidrofosfat; (NH4)2HPO4–ammoniy gidrofosfat.
3) digidrofosfatlar–fosfat kislotadagi bitta H atomining o`rnini boshqa atom olgan, masalan, KH2PO4–kaliy digidrofosfat; NH4H2PO4–ammoniy digidrofosfat.
|