Ii bo`lim. Anorganik kimyo. 1-Ma`ruza. Mavzu: Metallmaslar. Vodorod. Suv. Reja




Download 198,84 Kb.
bet7/51
Sana09.01.2024
Hajmi198,84 Kb.
#132889
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   51
Bog'liq
1-Ma`ruza. Mavzu Metallmaslar. Vodorod. Suv. Reja. Metallmaslar-fayllar.org

Fizik–kimyoviy xossalari. Azot–rangsiz, hidsiz, ta`msiz va havodan yengil gaz. 20 0C da 1 l suvda 15,4 ml azot eriydi. Tabiiy azot massa sonlari 14 (99,64 %) va 15 (0,36 %) bo`lgan ikkita barqaror izotopdan tarkib topgan.
Azot molekulasi ikki atomdan iborat. Ular orasidagi bog`lanishning uzunligi juda qisqa–0,109 nm. Xona temperaturasida azot faqat litiy bilan bevosita birikadi:

N2 + 6Li = 2Li3N


Azot turli metallar bilan yuqori haroratda birikib nitridlar hosil qiladi:

3Ca + N2 = Ca3N2 2Al + N2 = 2AlN

Azot vodorod bilan yuqori bosim va haroratda katalizator ishtirokida birikadi: N2 + 3H2 = 2NH3

Elektr yoyi haroratida (3000-4000 0C) azot kislorod bilan birikadi:

N2 + O2 = 2NO

Azot vodorod bilan bir necha xil birikma hosil qiladi, ulardan eng muhimi ammiak–NH3 dir.


Laboratoriya sharoitida ammiak odatda ammoniy xlorid bilan so`ndirilgan ohak aralashmasini ohista qizdirish orqali olinadi:

2NH4Cl + Ca(OH)2 = CaCl2 + 2NH3↑ + 2H2O


Sanoatda ammiak azot bilan vodorodni sintez qilish orqali olinadi:

N2 + 3H2 ↔ 2NH3, ∆H0 = -92,4 kJ.

Ammiak o`ziga xos o`tkir hidli rangsiz gaz, havodan deyarli ikki marta yengil. Bosim oshirilganda yoki ammiak sovitilganda u osonlik bilan rangsiz suyuqlikka aylanadi (Tqaynash= -33,4 0C). Suvda juda yaxshi eriydi (20 0C da 1 hajm suvda 700 hajm NH3 eriydi). Uning suvdagi eritmasi ammiakli suv yoki navshadil spirti deyiladi.

NH3 + H2O ↔ NH3•H2O (NH4OH) ↔ NH4+ + OH-

Ammiak kislotalar bilan o`zaro ta`sirlashib ammoniy tuzlarini hosil qiladi:

NH3 + HCl = NH4Cl NH3 + H3PO4 = NH4H2PO4

Ammiak kislorodda va qizdirilgan havoda yonib, azot hamda suv hosil qiladi: 4NH3 + 3O2 = 2N2 + 6H2O

Katalizator ishtirokida ammiak kislorod bilan ta`sirlashib azot (II)-oksid va suv hosil qiladi: 4NH3 + 5O2 = 4NO + 6H2O

Qizdirilganda ammiak mis (II)-oksidni qaytaradi, o`zi esa erkin azotga qadar oksidlanadi: 3CuO + 2NH3 = 3Cu + N2 + 3H2O
Ammoniy tuzlari ammoniy kationi bilan kislota anionidan tarkib topgan. Ammoniy tuzlari ammiakni yoki uning suvdagi eritmalarini kislotalar bilan o`zaro ta`sir ettirib olinadi. Masalan,

NH3 + HNO3 = NH4NO3 ; NH3•H2O + HNO3 = NH4NO3 + H2O


Ammoniy tuzlari ishqorlar, kislotalar va boshqa tuzlarning eritmalari bilan reaksiyaga kirishadi:

NH4Cl + NaOH = NaCl + H2O + NH3↑ ; 2NH4Cl + H2SO4 = (NH4)2SO4 + 2HCl↑

(NH4)2SO4 + BaCl2 = BaSO4↓ + 2NH4Cl

Ammoniy tuzlarining hammasi qizdirilganda parchalanadi yoki haydaladi masalan: (NH4)2CO3 = 2NH3↑ + H2O + CO2




Download 198,84 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   51




Download 198,84 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ii bo`lim. Anorganik kimyo. 1-Ma`ruza. Mavzu: Metallmaslar. Vodorod. Suv. Reja

Download 198,84 Kb.