47
bilan
bog‘liq
barcha
jarayonlarni
avtomatlashtirish
uchun
mo‘ljallangan boshqarish dasturi – o‘zagi MBBTning asosiy tarkibiy
qismi hisoblanadi.
MBBTning tarkibiga ma’lumotlarni qayta
ishlash dasturlarining
to‘plami kiradi. Bu to‘plamni tarjimonlar (translyatorlar), talab va
dasturlash tillari, muharrirlar, servis dasturlari
va boshqalar tashkil
qiladi.
MBBTning asosiy vositalarini quyidagilar tashkil etadi:
ma’lumotlar bazalari tuzilmalariga topshiriq berish (tasvirlash)
vositalari;
ma’lumotlarni kiritish, ko‘rish va muloqotlar rejimida ishlashga
mo‘ljallangan darcha shakllarini loyihalash vositalari;
berilgan sharoitlarda ma’lumotlarni tanlash uchun talablar
yaratish,
shuningdek, ularni ishlash bo‘yicha operatsiyalar bajarish
vositalari;
ishlov natijalarini foydalanuvchiga qulay ko‘rinishda bosmaga
chiqarish uchun ma’lumotlar bazasi ma’lumotlaridan hisobot yaratish
vositalari;
til vositalari
makroslar, qurilgan algoritmik til (Dbase, Visual
Basic yoki boshalar), talablar tili (QBE- Query Example, SQL) va h.k.
Ular ma’lumotlarni ishlashining nostandart algoritmlarini, shuningdek,
foydalanuvchi topshiriqlaridagi voqealarni ishlash protseduralarini
bajarish uchun qo‘llaniladi.
Shunday qilib, ma’lumotlar banki bir necha ma’lumotlar bazasi,
boshqarish va amaliy dasturlardan tashkil topadi. Bu elementar AT ga
yuklatilgan vazifalarni bajarishda asosiy rol o‘ynaydi. Shu bilan birga,
ma’lumotlar bankining samarali faoliyati uning ta’minlovchi
elementlariga ham bog‘liqdir. Bu ta’minot
tarkibiga quyidagi
elementlar kiradi.
Texnik ta’minot ma’lumotlar banki va foydalanuvchilarning ish
faoliyatini
avtomatlashtirish
imkoniyatini
yaratadigan
texnik
vositalardan tashkil topadi. Bunday vositalar jumlasiga EHM,
tashqi
qurilmalar, axborotni tashish, uzatish vositalari,
aloqa tarmoqlari,
abonent punktlari va boshqalar kiradi.
Matematik ta’minot
funktsional masalalarni echish va
ma’lumotlar bankini boshqarish usullari,
matematik modellar va
algoritmlar to‘plamidan tashkil topadi. Dasturiy ta’minot
ma’lumotlar
48
bankining faoliyatini amalga oshirish dasturlari va turli xil qo‘shimcha
vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan servis dasturlarning
to‘plamidan iborat bo‘ladi.
Axborot
ta’minoti
ma’lumotlarni
turkumlash
va
ixchamlashtirish, ifodalash va taqdim etish tizimlaridan tashkil topadi.
Lingvistik ta’minot
MBBTda foydalaniladigan tillar, lug‘atlar
majmuasi orqali tashkil qilinadi.
Tashkiliy ta’minot
ma’lumotlar bankining kundalik faoliyatini
ifodalovchi rasmiy hujjatlar, me’yoriy ko‘rsatmalar to‘plamidan iborat
bo‘ladi.
Yuqorida aytib o‘tilgandek, ma’lumotlar banki inson-mashina
tizimi hisoblanadi, ya’ni axborot tizimidir. Hozirgi kunda ma’lumotlar
banklari inson
faoliyatining turli sohalarida, masalan, iqtisodiyot
tarmoqlarini boshqarishda, ilmiytadqiqot
ishlarini boshqarishda,
ommaviy axborot xizmatlarini ko‘rsatishda qo‘llanilmoqda.