49
bazasiga muvofiq uni MBBT vositalari bilan tashkil etish va uni ishga
tushirish amalga oshiriladi.
Axborotlarni kiritish va nazoratlashning maxsus dasturiy
vositalaridan
yirik axborot bazasi
uchun birlamchi massivlarni
yaratish va ma’lumotlarni bazaga to‘plashdan oldin qayta ishlash
bosqichida foydalaniladi. Bazani yaratishdan oldingi qayta ishlash
vositasi kompyuterga kiritiladigan axborotning xaqqoniyligini va katta
massivdagi
ma’lumotlarni
yuklashga
tayyorgarlikni
avtomatlashtirilgan nazoratini ta’minlaydi.
Ma’lumotlarni qayta ishlashning
servis vositalari
axborot
bazasiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ko‘makchi vazifalarni ta’minlashi
lozim. Ular bazaning dasturiy vositalariga tegishli. Bular ma’lumotlar
fayllari va mashina axborot tashuvchi vositalari bilan ishlash bo‘yicha
turli utilitalardir. Ularga quyidagilar mansub: nusxa olish, arxivlash,
tiklash, antivirus vositalari, tarmoq utilitlari va boshqalar.
Foydalanuvchining amaliy dasturlari
universal algoritmlash
tillaridan birida yaratiladi. Bunday dasturlarda, odatda ularda ishlab
chiqiladigan ma’lumotlardan mustaqil bo‘lishi ta’minlanmagan. Ayrim
joylarda bitta muammoli sohaning turli
masalalariga oid axborot
massivlarida ma’lumotlar takrorlanadi. Bu hol turli masalalar bo‘yicha
bir [il ma’lumotlarni bir necha marta kiritishga olib keladi va dastlabki
ma’lumotlarga o‘zgartirishlar kiritganda ancha muammolarni keltirib
chiqaradi. Shuningdek, amaliy dasturlar MBBTda universal
algoritmik
tilda yaratilishi mumkin.