50
tartibida “.exe” kengaytmali fayl hosil qilinmaydi. Bunday faylni hosil
qilish uchun kompilyator tartibida foydalaniladi.
Kompilyator tartibida
buyruqlar bevosita bajarilmaydi, balki
ular “.exe” faylga yoziladi. .exe faylni
hosil qilish jarayoni ikki
bosqichdan iborat bo‘ladi: boshlang‘ich dasturni nazorat qilish va uni
.obj turga aylantirish; matn muharriri yordamida dasturni .exe faylga
aylantirish. .exe faylning bajarilishi uchun MBBT ning mavjud bo‘lishi
shart emas, interpretator tartibida ishlaydigan MBBT ga dBase III Plus,
FoxBase va Karat kiradi, kompilyator tartibida Clipper, panel tartibida
esa Clario ishlaydi.
MBBT foydalanuvchi bilan ma’lumotlar bazasi o‘rtasidagi
aloqani ta’minlovchi dastur sifatida ishtirok etadi. Uning funktsiyalari
menyu va dasturlar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Menyu tartibi MBBTning funksiyalari ekranda tasvirlanadi.
Foydalanuvchi kursorni harakatlantirish orqali tegishli funksiyani
aniqlashi va bajarishga chaqirishi lozim.
Tizim aniqlangan
funksiyalarni bajarib bo‘lgandan so‘ng yana menyu holatiga qaytadi.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi quyidagilarga
imkon
beruvchi dasturiy vositalarning to‘plamidir.
a) foydalanuvchilarni ma’lumotlarni aniqlash va amallar bajarish
tili vositalari bilan ta’minlaydi. Bunday vositalarga ma’lumotlarni
aniqlash tili (MAT) va ma’lumotlar bilan amallar bajarish (MABT)
kiradi. Ma’lumotlar tili atamasi aytib o‘tilganlarining har ikkalasini
yoki ulardan birini anglatadi. Ma’lumotlar so‘zi ma’lumotlar tilini C++,
Pascal va h.k. kabi tillar turidan farqlaydi. Lekin ma’lumotlar tili
universal tilga, masalan C++, Pascalga kiritilishi mumkin. Bunday hoda
dasturlashning universal tili va ma’lumotlar tili tegishli ravishda
(kirituvchi) til va ma’lumotlarning til osti deb ataladi.
b) foydalanuvchining ma’lumotlar modelini qo‘llab-quvvatlashni
ta’minlaydi. Ma’lumotlar modeli ba’zi
ilovaga tegishli fizik
ma’lumotlarning mantiqiy taqdim etilishini aniqlash vositasidir.
v) aniqlash, yaratish va ma’lumotlar bilan mantiqiy amallar
bajarish (ya’ni tanlash, yangilash, kiritish va yo‘q qilish)ga imkon
beruvchi MAT va MABT funktsiyalarini amalga oshiruvchi dasturlar.
g) ma’lumotlarning himoyasi va yaxlitligini ta’minlaydi.
Tizimdan foydalanish faqat shunga huquqi (himoyasi) bo‘lgan
foydalanuvchigagina ruxsat etiladi. Foydalanuvchilar ma’lumotlar
ustida operatsiya bajarayotganlarida saqlanayotgan ma’lumotlarning
51
muvofiqligi (yaxlitligi) ta’minlanadi. Gap shundaki, MBBT ko‘plab
foydalanuvchilar jamoa bo‘lib ishlash rejimiga asosan tuziladi.
Ma’lumotlar bazalarini loyihalashtirishda quyidagi tavsiflarni
solishtirish va tahlil qilishga asoslangan MBBTni asoslab tanlab olish
muhim vazifa hisoblanadi:
- dasturiy texnik bazasi (EHM turi va modeli, hisoblash vositalari
konfiguryatsiyasiga qo‘yiladigan talablar, OT versiyasi);
- ma’lumotlar bazalarining turlari (amaliy, muammoli, lokal,
integrellashgan, taqsimlangan);
- foydalanuvchilarning malakalari (MBBT
bilan ishlash uchun
maxsus tayyorgarlikga ega bo‘lmagan foydalanuvchi, mutaxassisligi
dasturchi bo‘lmagan darajadagi ma’lumotlar bazasi bilan ishlashga
tayyorgarligi
bo‘lgan
muammoli
sohasining
mutaxassisi
–
foydalanuvchi,
amaliy
dasturchi,
ma’lumotlar
bazalarining
administratori);
- ma’lumotlar bazalari bilan foydalanuvchilarning muloqat qilish
vositalari (dasturlash tillarini o‘z ichiga oluvchi ma’lumotlar ustida ish
olib borish va tasvirlash tili);
- ma’lumotlarni qayta ishlash rejimi (paketli, interaktiv, tarmoqli);
- ma’lumotlarni mantiqiy va
fizik mustaqilligi;
- ma’lumotlar bazalari axborot strukturalarining asosiy xossalari
(mantiqiy tuzilishi
- MBBT vositalari orqali amal qiladigan va tashkiliy tuzilmasini
o‘zgartirmasdan uni modifikatsiya qilish imkoniyati, ma’lumotlar turini
kengaytirgan holda qarshiliksiz ishlov berishda);
- xavfsizlik darajasini ta’minlash va ma’lumotlarning to‘laqonligi;
-
xizmat
ko‘rsatishning
standart
vositalari
mavjudligi
(ma’lumotlar bazalarini kuzatishni doimiy dasturiy modullarini va
ma’lumotlar lug‘atini, ma’lumotlar bazalarini engillashtiradigan
(yukini
tushiradigan),
qayta
tashkil
etadigan
va
qayta
strukturalashtiradigan, tiklaydigan jurnalni yuritish,
kiritish va
hisobotlar generatorlari va h.k.);
- ishlatish tavsiflari (loyihachilar haqida, sarmoya egalari haqida,
moddiy-texnik ta’minotga bo‘lgan talablar, tarqatish shakli).
Umumiy olganda zamonaviy MBBTlar quyidagi talablarga javob
berishi lozim:
ma’lumotlarning mustaqilligi;
52
talablarning kuchli tili;
javob (sado berish) ning qisqa vaqti;
ma’lumotlar va kataloglarni qayta tashkil etishni qisqartirish
yoki ulardan
voz kechish.