45
masalalari hal etiladi. Ma’lumotlar bazasida ko‘p qirrali kirish va aynan
bir xil ma’lu-motlardan turli foydalanuvchilar foydalanish imkoni
mavjud.
Tashkil etiladigan ma’lumotlar bazasining tuziliamsi muammo
sohasi ma’lumotlarining axborot-mantiqiy modelini aks ettirishi lozim.
Ma’lumotlar bazasidagi mantiqiy o‘zaro bog‘liqlik ma’lumotlar modeli
turiga muvofiq tashkil etiladi.
Normativ-ma’lumotnomali va boshqa ma’lumotlar
qoida
bo‘yicha alohida massivlarda joylashtiriladi. Bu massivlarni yuzaga
keltirish va yuritish texnologiyasi o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
Mazkur massivlar ma’lumotlar bazasining boshlang‘ich yuklanish
bosqichida tashkil etiladi.
Operativ (tezkor) hisobot ma’lumotlari ma’lumotlar bazasiga
vazifalarni echish reglamentiga muvofiq kiritiladi. Bu ma’lumotlar
ma’lum davrda to‘planadi. Ma’lum bir hisob-kitob qilingach (masalan,
omborxonada qolgan tovarlarni hisob-kitob qilish), to‘plangan
tezkor
hisobot ma’lumotlari yo‘q qilinadi yoki arxivda saqlanadi.
Ma’lumotlar
bazasi
foydalanuvchining
bitta
shaxsiy
kompyuterida monopol joylashgan bo‘lishi mumkin. Bunday holatda u
faqat ma’lum ShK tashqi xotirasiga joylashtiriladi va axborot bazasiga
bir vaqtda bir necha foydalanuvchining kirishi ta’minlanadi.
Kompyuter tarmog‘i
mavjud bo‘lgan holda ko‘pchilik
foydalaniladigan rejimda ishlash, “mashina-server”da joylashadigan
markazlashgan ma’lumotlar bazasidan foydalanish imkoniyati
tug‘iladi. Bunday holatda har bir foydalanuvchi o‘z shaxsiy kompyuteri
orqali barcha foydalanuvchilar uchun umumiy bo‘lgan markazlashgan
axborot bazasiga kirishga ruxsat oladi.
Tarmoq texnologiyasida har bir foydalanuvchi o‘z
ShKda lokal
ma’lumotlar bazasini tashkil etishi ham mumkin. Bu ma’lumotlar
bazasi faqat mazkur avtomatlashgan ish joyi uchun zarur bo‘lgan
axborotni saqlaydi. Kompyuter tarmog‘ida ma’lumotlar bazasini
tashkil etish va jamoa bo‘lib foydalanish banklar, birja, investitsiya
jamg‘armalari va boshqa bozor iqtisodiy
tuzilmalarining axborot
tizimlari samaradorligini oshiradi.
Foydalaniladigan texnik va dasturiy vositalar konfiguratsiyasiga
bog‘liq holda turli ishlash texnologiyasi amalga oshirilishi mumkin.
Ma’lumotlarni tarmoqli ishlab chiqishning turli kontseptsiyalari
46
mavjud, misol tariqasida “fayl-server” va “mijoz-server”ni keltirish
mumkin.
“Fayl-server” kontseptsiyasi tarmoq operatsion tizimi yadrosi
hamda markazlashgan holda saqlanuvchi fayllar joylashgan va “fayl-
server” uchun ajratilgan kompyuterga mo‘ljallangan. “Fayl-server”dagi
ma’lumotlarning umumiy bazasiga
jamoa holda kirish unga xos
xususiyatdir. Foydalanuvchilardan biri tomonidan fayl yangilangan
taqdirda boshqa foydalanuvchilarning kirishiga qarshi ximoyalanadi.
So‘ralgan ma’lumotlar “fayl-server” dan ishchi stantsiyaga o‘tkaziladi
va ular ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi vositalari bilan qayta
ishlanadi (3.1-rasm).
“Mijoz-server” kontseptsiyasi. Mazkur kontseptsiyaga asosan,
ma’lumotlarni ishlab chiqish vazifasi
mijoz-ishchi stantsiyasi va
ma’lumotlar
bazasining
mashina-serveri
o‘rtasida
bo‘lishi
mo‘ljallangan. Ma’lumotlarni qayta ishlashni mijoz so‘raydi va u
tarmoq bo‘ylab ma’lumotlar bazasi serveriga uzatiladi. So‘rov
ma’lumotlari o‘sha erda qidiriladi. Qayta ishlangan ma’lumotlar tarmoq
orqali serverdan mijozga uzatiladi. “Mijoz-server” arxitekturasi uchun
xos xususiyat
bu ma’lumotlar bazasidan so‘rov uchun SQL dasturlash
tilidan foydalanish. Bu tarmoq mijozlarining turli xildagi umumiy
ma’lumotlar bilan ishlash imkonini beradi.