Iii bob. Bulutli texnologiyalarni ta’lim jarayonida qo‘llash




Download 0,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana10.01.2024
Hajmi0,58 Mb.
#133935
1   2   3
Bog'liq
M-15
8-mavzu. Qish. R T, PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI LOYIXALASHTIRISH VA REJALASHTIRISH, 6 - mavzu. O\'quv animatsion roliklar tayyorlash dasturlari bilan ishlash, Пахта хом ашёсини сақлаш ва қайта ишлаш (3), 6-amaliyot, Ta\'limda AT1 2021-(TS va MG), jadval Qudratov Alijon, Бухгалтерия Ўқув қўлланмаси 2021 1С, O\'rinova Shahlo ij, 4.9-шакл. ОАК (2), ANNOTATSIYA, Amirillayeva, 1-MA\'RUZA, 5.амалий, Html Haqida Qullanma copy
Ilovalar sathi 
API API
API 
Boshqarish sathi 
Boshqarish va maʻlumot 
uzatish sathlari oasidagi 
interfeys 
Tarmoq infrastrukturasi sathi 
Ilovalar 
DKT ning dasturiy
таъминоти 
Таrif.xizmtlari 
Kommutator 
Kommutator 
Kommutator 
Kommutator 
Kommutator 


122 
5. Tarmoq uskunalari va tuzilmasi soddalashadi – ular ko‘p standart va 
protokollarni bajarishlari o‘rniga bitta kontrollerdan kelgan buyruqni bajaradi; 
6. Kommutator va tarmoq infrastrukturasining xotira va boshqaruv qismlari bitta 
kontrollerga ko‘chirilishi hisobiga ularning narxi qisqaradi.
DKT tarmog‘i komponentalarining ishlash prinsiplari OpenFlow meʻyoriy 
hujjatlarida (spesifikatsiyalarida) yoritiladi.
Meʻyoriy hujjatlarga asosan OpenFlow (yoki DKT) tarmog‘ining asosiy 
komponentalariga quyidagilar kiradi (3.4 – rasm): Kontroller, tarkibida: tarmoq 
operatsion tizimi; tarmoq ilovalari; OpenFlow kommutatori; Kon-troller va 
kommutator oralig‘dagi himoyalangn aloqa kanali; OpenFlow protokoli. DKTning 
asosiy protokoli OpenFlow nomli protokol hisoblanadi. 
3.4 – rasm. DKT tarmog‘ining asosiy komponentalarini
ko‘rsatuvchi sxema. 
OpenFlow-tarmog‘ining umumiy ishlash prinsipi quyidagicha izohlanadi: 
tarmoqdagi har bir OpenFlow-kommutator kontroller bilan himoyalangan kanal 
o‘rnatadi (rasmda shtrix chiziqlar)., ushdu kanal yordamida kontroller kommutator 
ishini boshqaradi. Kommutator bilan kontroller orasidagi o‘zaro munosabatlar Open 
Flow protokolining maʻlumotlari yordamida amalga oshiriladi. Kontroller tarmoq 
elementlarining holati o‘zgarganligi to‘g‘risida maʻlumot qabul qiladi va uning asosida 


123 
yangi tarmoq uskunalarini konfiguratsiyalaydi, tarmoq infrastrukturasini va axborot 
oqimini boshqaradi. Keng maʻnoda kontroller - bu maxsus dasturiy taʻminot 
o‘rnatilgan jismoniy server. 
Tarmoqdagi hamma marshrutizator va kommutatorlar tarmoq operatsion tizimi 
(TOT)ning boshqaruvi asosida birlashtiriladi. TOT muntazam ravishda tarmoq 
vositalarining konfiguratsiyasini nazorat qilib boradi va ilovalarga tarmoqni 
boshqarishga imkon yaratib beradi. 
OpenFlow – kommutatorining asosiy funksiyalari: 
1. Kontroller bilan himoyalangan kanal o‘rnatish va u orqali bog‘lanishni tashkil 
qilish; 
2. Kontrollerni portlar holati o‘zgarganligi to‘g‘risidagi maʻlumotlar bilan 
taʻminlash;
3. Kontrollerni oqim to‘g‘risidagi yozuvlarni o‘chirilganligi to‘g‘risidagi 
maʻlumotlar bilan taʻminlash; 
4. Kontrollerga statusi o‘zgarganligi to‘g‘risida xabar berish; 
5. Kontrollerga xatolik borligi to‘g‘risida xabar berish; 
6. Yangi maʻlumot oqimi uchun qoida o‘rnatish kerakligi to‘g‘risidagi so‘rov 
bilan kontrollerga murojaat qilish. 
Himoyalangan aloqa kanali – kommutator va kontroller o‘rtasida maʻlumot 
uzatish uchun ishlatiladi. Har bir OpenFlow kommutator uchun alohida kanal bo‘lishi 
shart, shu sababli kontroller bir nechta OpenFlow himoyalangan kanallarini boshqaradi
OpenFlow kommutatori bitta kontroller bilan bitta kanalga yoki ishonchlilikni 
oshirish maqsadida bir nechta kontrollerlar bilan bir nechta kanalga ega bo‘lishi 
mumkin.
OpenFlow kontrolleri OpenFlow kommutatorlarini masofadan turib boshqaradi. 
Himoyalangan kanal odatda TSR protokoli asosida o‘rnatiladi. Bunday kanallar bir 
nechta bo‘lishi mumkin.


124 
OpenFlow protokoli DKT boshqaruv pog‘rnasining pastki sath protokoli 
hisoblanib, kommutatorlarning faoliyatini tashkillashtirish vazifasini bajaradi.
OpenFlow protokoli tarmoq interfeysining ikki tarafida joriy etiladi, yaʻni 
kommutator va kontroller taraflarida. U oqim konsepsiyasi negizida ishlaydi. 
Maʻlumotlarni boshqarish bitta paket darajasida emas, balki paketlar oqimi 
darajasida amalga oshiriladi. OpenFlow kommutatorida qoida kontroller ishtirokida 
birinchi paket uchun o‘rnatiladi, oqimning qolgan hamma paketlari ushbu qoida asosida 
yo‘naltiriladi.
Kommutatsiya operatsiyasi paketning foydali yuklamasini o‘zgar-tirmaydi, lekin 
sarlavhani o‘zgartirish imkoniga ega, uzatish operatsiyasi sarlavha va foydali 
yuklamani o‘zgartirmaydi. 
Paket sarlavhasi bir nechta maydondan (fields) iborat. Maydonlarda paketlarni 
qayta ishlashni amalga oshiradigan tarmoq protokollarining identifikatorlari va ular 
tomonidan ishlatiladigan maxsus axborotlar ko‘rsatiladi. Masalan, sarlavha 
maydonlarida , IP, TCP, UDP protokollari uchun maʻlumot uzatuvchi va qabul 
qiluvchilarninig manzillari va boshqa maʻlumotlar keltiriladi. 
Kommutatorga kommutatsiya jadvallari (flow tables) to‘plami o‘rnatiladi, ular 
kommutatsiya konveyerini (pipeline) tashkil etadi.
Maʻlum bir kirish porti buferiga kelib tushgan paket (ingress port), kommutatsiya 
konveyeriga uzatiladi, shu konveyerda qayta ishlanib, chiqishdagi maʻlum bir port 
buferiga (egress port) yoki boshqarish porti buferiga (control port), jo‘natiladi. Ushbu 
operatsiya paket kommutatsiyasi deb nomlanadi. 
Kommutatsiyalash jarayonida sarlavhaga kommutator konveyeri ichida maxsus 
maʻlumotni uzatish uchun qo‘shimcha maydon qo‘shilishi mumkin, bu maydon paket 
kommutatorning chiqish buferiga kelib tushganida yo‘qotiladi. 
Maxsus maydonlarning hajmi va ularda shakllantiriladigan maʻlumotlarning turi 
konkret OpenFlow kommutatorining texnik imkoniyatlaridan kelib chiqib aniqlanadi. 


125 
Joriy kommutatorning chiqish portiga kelib tushgan paketlar, kom-mutatorga 
ulangan maʻlumot uzatish kanala yordamida keyingi kommutatorning kirish porti 
buferiga uzatiladi.
Kommutatorning boshqarish portiga kelib tushgan paketlar, himoya-langan 
kanal yordamida kontrollerga uzatiladi.
Kommutatorning har bir porti unikal tartib raqamiga ega, ular port nomi deb 
yuritiladi. Bundan tashqari, paketlar ustida ayrim amallar bajarilishida port nomlari 
sifatida maxsus nomlar ishlatilishi mumkin.
OpenFlow protokoli interfeyslari orqali paketlarni DKT kon-trolleri boshqaruvi 
ostida tarmoq kommutatorlari orasida harakat-lanishining sxemasi 3.5 – rasmda 
keltirilgan. 
3.5- rasm. DKT kontrolleri boshqaruvi ostida infrastruktura 
sathida kommutatorlar orasida aniqlangan marshrut bo‘yicha 
paketlar harakatlanishining sxemasi. 
Rasmda X terminal paketini Y terminalga kontroller boshqaruvi negizida DKT 
kommutatorlari orasida uzatish jarayoni tasvirlangan. 
MQIM ga virtuallashtirish texnologiyasini joriy etilishi oqibatida tarmoqda 
virtual kommutatorlar paydo bo‘ldi. Bu tarmoq sathiga yangi talablar qo‘yilishiga olib 
Boshqaruv sathi 
DKT 
Контроллери 
Infrastruktura sathi 
Open Flow interfeysi 
X terminal 
Y terminal 


126 
keldi, masalan, virtual mashinalar orasida sifatli maʻlumot uzatish jarayonlarini tashkil 
etish bo‘yicha talablar.
Bunday tarmoq sifatida dasturiy konfiguratsiyalanadigan tarmoq qabul qilinishi 
katta imkoniyatlarni yaratadi. 
Bulutli maʻlumot qayta ishlash markazlarida virtual va jismoniy serverlar hamda 
maʻlumot saqlash omborlari orasida muntazam ravishda axborot almashish jarayonlari 
amalga oshiriladi. Shu bilan birga foydalanuvchi kompyuterlari bilan maʻlumot qayta 
ishlash markazi vositalari orasida ham axborot almashinadi. Buning uchun transport 
tarmog‘i sifatida bugunda IP texnologiyaga asolangan tarmoq ishlatiladi. Transport 
tarmog‘i keskin o‘zgaruvchan katta hajmdagi trafikni juda qisqa vaqt oralig‘ida xatosiz 
uzatib berishi talab etiladi. Buni amalga oshirish uchun tobora katta mablag‘ talab 
etilayapti.
Transport tarmog‘i sifatida DKT g‘oyasini qo‘llanilishi maxsus dasturiy 
taʻminotlar asosida katta hajmdagi axborotlarni operativ uzatish imkoni yaratiladi.
OpenFlow protokoli amaliyotda bulut muhitida katta hajmdagi yuklamalarni virtual 
hamda jismoniy tarmoqlarda boshqarilishini taʻminlaydi. Chunki dasturiy – 
konfiguratsiyalanadigan tarmoq texnologiyasida tarmoqni boshqarish uchun alohida 
server ishlatiladi, u o‘z faoliyatini marshrutizator va kommutatorlarga bog‘liq 
bo‘lmagan holda alohida olib boradi. Open Flow protokolida maʻlumotlarni 
marshrutlash va adreslarini o‘zgartirish funksiyalari bo‘lingan, bu ikki protseduralar IP 
marshrutizatorlarida bitta qurilmada bajariladi.
Yuqoridagi fikrlar negizida xulosa qilib shuni taʻkidlash joizki, bulutli maʻlumot 
qayta ishlash mrkazi transport tarmog‘ida dkasturiy konfiguratsiyalanadigan tarmoq 
texnologiyasini qo‘llash IP texnologiyasida yuzaga keladigan muammolarni bartaraf 
etadi va markaz samaradorligini oshishiga olib keladi. 

Download 0,58 Mb.
1   2   3




Download 0,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Iii bob. Bulutli texnologiyalarni ta’lim jarayonida qo‘llash

Download 0,58 Mb.
Pdf ko'rish