|
Iimovatsion faoliyat
|
bet | 4/5 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 90 Kb. | | #115639 |
Bog'liq 7- Mavzu O\'qituvchining innovatsion faoliyati namoyon bo\'lishi va tuzilmasiob 'ektlar mohiyatini izohlashga va ularni konstruktsiyalashga olib keladigan ongning reflektiv tahlili;
shaxslararo muloqot ma 'nosini tushunish refleksiyasi;
Bu bilan bog'liq ravishda pedagog olimlar quyidagi reflektiv jarayonlarni farqlaydilar:
о 'z-o 'zini va boshqalarni tushunish;
о 'z-o 'ziga va boshqalarga baho berish;
о 'z-o 'zini va boshqalarni izohli tahlil qilish,
Refleksiya (lotincha Reflxio- ortga qaytish ) sub'ektning o'z (ichki) psixik tuyg'u va holatlarini bilish jarayoni sifatida qaraladi.
Falsafa va pedagogikaga old adabiyotlarda refleksiya shaxsning o'z ongidagi o'zgarishlarni fikrlash jarayoni deb yoziladi.
Psixologik lug'atda shunday izoh beriladi: "Refleksiya - faqat sub'ektning o'z-o'zini bilishi va tushunishi emas, balki boshqalar uning shaxsiy xislatlari, his qilish tuyg'usi va bilish (kognitiv) tasavvurlarini bilish hamda tushunishini aniqlab olishini ham anglatadi.
O'qituvchining innovation faoliyatini shakllantirish shartlari Innovatsionlik pedagogik jarayonni ifodalab, nafaqat uning didaktik qurilmasiga, balki o'qituvchining ijtimoiy mohiyatli natijalari va rahiy qiyofasiga ham taalluqlidir.
Innovatsionlik ochiqlikni, boshqalar flkrining tan olinishini bildiradi.
O'qituvchining irmovatsion faoliyati turli xildagi qarashlarning to'qnashuvi va o'zaro boyitilishi dinamikasida amalga oshishini ko'zda tutadi.
O'qituvchining irmovatsion faoliyatini samarali amalga oshirish bir qator shart-sharoitlarga bog'liq. Unga o'qituvchining tayinli muloqoti aks fikrlarga nisbatan beg'araz munosabat, turli holatlarda ratsional vaziyatning tan olinishini uqtirishga tayyorligi kiradi. Buning natijasida o'qituvchi o'z bilim va ilmiy faoliyatini ta'minlaydigan keng qamrovli mavzu (motiv)ga ega bo'ladi.
O'qituvchi faoliyatida o'z-o'zini faollashtirish, o'z ijodkorligi, o'z-o'zini bilishi va yaratuvchiligi mavzu (motiv)lar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa o'qituvchi shaxsining kreativligini shakllantirish imkoniyatini beradi.
Yangilik kiritishning muhim sharti mulogotningyangi vaziyatini tug'dirishdir.
Muloqotning yangi vaziyati - bu o'qituvchining o'z mustaqillik mavqeini, dunyoga, pedagogik fan, o'ziga bo'lgan yangi munosabatni yarata olish qobiliyatidir. O'qituvchi o'z nuqtai nazarlariga o'ralashib qolmaydi, u pedagogik tajribalarning boy shakllari orqali ochilib, mukammallashib boradi. Bunday vaziyatlarda o'qituvchining fikrlash usullari, aqliy madaniyati o'zgarib boradi, hissiy tuyg'ulari rivojlanadi.
Keyingi sharti - bu o'qituvchining madaniyat va muloqotga shayligi.
O'qituvchining innovatsion faoliyati voqelikni o'zgartirishga, uning muammolari va usullarini yechishni aniqlashga qaratilgandir.
O'qituvchi va talaba o'rtasidagi muloqot namimasining o'zgarishi irmovatsion faoliyat shartlaridan biridir.
Yangi munosabatlar an'analarda bo'lganidek, qistovlar, hukmga bo'ysunish kabi unsurlardan holi bo'lishi lozim. Ular tenglarning hamkorligi, o'zaro boshqarilishi, o'zaro yordam shaklida qurilgan bo'lishi darkor. Ular munosabatlaridagi eng muhim xususiyati bu o'qituvchi va talabaning1 ijoddagi hamkorligidir.
Innovatsion faoliyat quyidagi asosiy funktsiyalar bilan izohlanadi:
kasbiy faoliyatning ongli tahlili;
me 'yorlarga nisbatan tanqidiy yondashuv;
kasbiy yangiliklarga nisbatan shaylik;
dunyoga ijodiy yaratuvchilik m unosabatida b о 'lish;
o'z imkoniyatlarini ro'yobga chiqarish, o'z turmush tarzi va intilishlarini kasbiy faoliyatida mujassam qilish,
Demak, o'qituvchi yangi pedagogik texnologiyalar, nazariyalar, kontseptsiyalarning muallifi, ishlab chiqaruvchisi, tadqiqotchisi, foydalanuvchisi va targ'ibotchisi sifatida namoyon bo'ladi.
Hozirgi jamiyat, madaniyat va ta'lim taraqqiyoti sharoitida o'qituvchi innovatsiya faoliyatiga bo'lgan zaruriyat quyidagilar bilan o'lchanadi:
• ijtimoiy-iqtisodiy yangilanish ta'lim tizimi, metodologiya va o'quv jarayoni
texnologiyasining tubdan yangilashni talab qiladi. Bunday sharoitda о 'qituvchining innovatsiya
faoliyati pedagogik yangiliklarni yaratish, о 'zlashtirish va foydalanishdan iborat bo'ladi;
ta’lim mazmunini insonparvarlashtirish doimo о'qitishning yangi tashkiliy shakllarini, texnologiyalarini qidirishni taqozo qiladi;
pedagogik yangilikni o'zlashtirish va uni tatbiq etishga nisbatan o'qituvchining munosabati xarakteri о 'zgarishi.
O'qituvchining innovatsion faoliyati tahlili yangilik kiritishning samaradorligini belgilovchi muayyan me'yorlardan foydalanishni talab qiladi. Bunday me'yorlarga - yangilik, maqbullik (optimalnost), yuqori natijalilik, ommaviy tajribalarda innovatsiyani ijodiy qo'llash imkoniyatlari kiradi
Yangilik pedagogik yangilik me'yori sifatida o'zida taklif qilinadigan yangini, yangilik darajasi mohiyatini aks ettiradi. Pedagog olimlar yangilikning qo'llanish mashhurligi darajasi va sohasiga ko'ra farqlanadigan mutlaq, chegaralangan mutlaq, shartli, sub'ektiv darajalarini farqlaydilar.
Maqbullik me'yori o'qituvchi va talabaning natijaga erishish uchtm sarflangan kuch va vositalarini bildiradi.
Natijalilik o'qituvchi faoliyatidagi muayyan muhim ijobiy natijalarni bildiradi.
Pedagogik yangilik o'z mohiyatiga ko'ra ommaviy tajribalar mulki bo'lib qolishi lozim. Pedagogika yangilikni dastlab ayrim 0qituvchilarning faoliyatiga olib kiriladi. Keyingi bosqichda - sinalgandan va ob'ektiv baho olgandan so'ng pedagogik yangilik ommaviy tatbiq etishga tavsiya etiladi.
O'qituvchining innovatsion faoliyati o'z ichiga yangilikni tahlil qilish va unga baho berish, kelgusidagi harakatlaming maqsadi va kontseptsiyasini shakllantirish, ushbu rejani amalga oshirish va tahrir qilish, samaradorlikka baho berishni qamrab oladi.
Innovatsion faoliyatning samaradorligi pedagog shaxsiyati bilan belgilanadi.
V.A.Slastenin tadqiqotlarida o'qituvchining innovatsion faoliyatga bo'lgan qobiliyatlarining asosiy xislatlari belgilab berilgan. Unga quyidagi xislatlar taalluqli:
shaxsning ijodiy-motivatsion yo'nalganligl Bu - qiziquvchanlik, ijodiy qiziqish; ijodiy yutuqlarga intil ish; peshqadamlikka intilish; о 'z kamolotiga intilish va boshqalar;
kreativlik. Bu - hayolot (fantastlik), faraz; qoliplardan holi bo 'lish, tavakkal qilish, tanqidiy fikrlash, baho bera olish qobiliyati, o'zicha mushohada yuritish, refleksiya;
kasbiy faoliyatni baholash. Bu - ijodiy faoliyat metodologiyasini egallash qobiliyati; pedagogik tadqiqot metodlarini egallash qobiliyati; mualliflik kontseptsiyasi faoliyat texnologiyasini yaratish qobiliyati, ziddiyatni ijodiy bartaraf qilish qobiliyati; ijodiy faoliyatda hamkorlik va о 'zaro у or dam berish qobiliyati va boshqalar;
q 'qituvchining individual qobiliyati. Bu - ijodiy faoliyat sur 'ati; shaxsning ijodiy faoliyatdagi ish qobiliyati; qat'iyatlik, o'ziga ishonch; mas'uliyatlilik, halollik, haqiqatgo'ylik, о 'zini tut a bilish va boshqalar.
Innovatsion faoliyat tadqiqotlari o'qituvchining innovatsion faoliyatga hozirligi me'yorlarini belgilashga imkon berdi (V.A, Slastenin):
innovatsion foliyatga bo 'Igan zaruriyatni anglash;
ijodiy faoliyatga jalb qilinishiga shaylik;
shaxsiy maqsadlarni innovatsion faoliyat bilan moslashtirish;
ijodiy muvaffaqiyatsizliklarni engishga shaylik;
innovatsion faoliyatni ijro etish uchun texnologik shaylik darajasi;
innovatsion faoliyatning kasbiy mustaqillikka tcTsiri;
kasbiy refleksiyaga bo 'Igan qobiliyat.
Oliy maktabdagi innovatsiya jarayonlari xarakteri kiritilgan yangiliklar xususiyatlari, o'qituvchilarning kasbiy imkoniyatlari, yangilik kiritish tashabbuskorlari va ishtirokchilarining innovatsion faoliyatlari xususiyatlari bilan belgilanadi.
Innovatsion faoliyatda eng muhim masalalardan biri-o'qituvchi shaxsidir.
O'qituvchi-novator sermahsul ijodiy shaxs bo'lishi, kreativlikni, keng qamrovli qiziqish va mashg'ullikni, ichki dunyosi boy, pedagogik yangiliklarga o’ch bo'lishi lozim.
O'qituvchini innovatsion faoliyatga tayyorlash ikki yo'nalishda amalga oshirilishi lozim:
yangilikni idrok qilishga innovatsion shaylikni shakllantirish;
yangicha harakat qila olishga о 'rgatish.
Innovatsion faoliyatni tashkil etishda talabalarning o'quv-bilish faoliyati va uni boshqansh alohida ahamiyatga ega.
Innovatsiya jarayonlari, ularning funktsiyalari, rivojlanish qonuniyatlari, mexanizmlari va uni amalga oshinsh texnologiyalan, boshqansh tamoyillarining pedagogik asoslanni o'rganish oliy maktab o'quv jarayonini zamonaviy pedagogika hamda psixologiya fanlari yutuqlari asosida jahon standartlari darajasida tashkil etish imkonini beradi.
|
| |