Iimovatsion faoliyat




Download 90 Kb.
bet2/5
Sana11.12.2023
Hajmi90 Kb.
#115639
1   2   3   4   5
Bog'liq
7- Mavzu O\'qituvchining innovatsion faoliyati namoyon bo\'lishi va tuzilmasi

faoliyat tuzilmasi - motiv - maqsad - vazifa - mazmun - shakl - metodlar - metodika komponentlari yig 'indisi;

  • sub 'ektiv tuztima-innovatsion faoliyat sub 'ektlarining xalqaro, mintaqaviy, tuman, shahar va boshqa sathlari;

    • sathiy tuzilma-innovatsion faoliyat sub'ektlarining xalqaro, mintaqaviy, tuman, shahar va boshqa sathlari;

    • mazmun tuzilmasi - o'quv-tarbiyaviy ishlar, boshqaruv (va b.)da yangilikning paydo bo'lishi, ishlab chiqilishi va o'zlashtirilishi;

    • bosqichlilikka asoslangan hayot davriylik tuzilmasi - yangilikning paydo bo 'lishi -ildam о 'sish - etuklik — о 'zlashtirish - diffuziya (singib ketish, tarqalish) - boyish (to 'yinish) -qoloqlik - inqiroz - irradiatsiya (aldanish) - zamonaviylashtirish;

    • boshqaruv tuzilmasi - boshqaruv harakatlarining 4 ta turining o'zaro aloqasi: rejalashtirish - tashkil etish - rahbarlik qilish - nazorat qilish;

    • tashkiliy tuzilma - diagnostik, oldindan ko'ra bilish, sof tashkiliy, amaliy, umumlashtiruvchi, tadbiq etuvchi.

    Innovatsiya jarayoni tarkibiy tuzilmalar va qonuniyatlarni qamrab olgan tizimdan iboratdir.
    Pedagogikaga oid adabiyotlarda iimovatsion jarayon kechishining 4 ta asosiy qontmiyati farqlanadi:

    • pedagogik innovatsiya muhitining ayovsiz bemaromlik qonuni;

    • nihoyat amalga oshish qonuni;

    • qoliplashtirish (stereotiplashtirish) qonuni;

    • pedagogik innovatsiyaning davriy takrorlanishi va qaytishi qonuni;

    Ayovsiz bemaromlik qonunida pedagogik jarayon va hodisalar to'g'risidagi yaxlit tasavvurlar buziladi, pedagogik ong bo'linadi, pedagogik yangilik baholanadi va u yangilikning ahamiyati va qimmatini keng yoyadi.
    Nihoyat amalga oshish qonuni yangilikning hayotiyligi bo'lib, u erta yo kech, stixiyali yoki ongli ravishda amalga oshadi.
    Qoliplashtirish (stereotiplashtirish) qonuni shundan iboratki, unda pedagogik innovatsiya fikrlashni bir qolipga tushirish va amaliy harakatga o'tish tendentsiyasiga ega bo'ladi. Bunday holatda pedagogik qolip (stereotip) qoloqlikka, boshqa yangiliklaming amalga oshish yo'liga to'siq bo'lishga majbur bo'ladi.
    Pedagogik innovatsiyaning davriy takrorlanishi va qaytishi qonunining mohiyati shundaki, unda yangilik yangi sharoitlarda qayta tiklanadi.
    Pedagogik innovatsiya tadqiqotchilari innovatsiya jarayonining ilcki tipini farqlaydilar:
    Innovatsiyaning birinchi tipi stixiyali o'tadi, ya'ni innovatsion jarayonda unga bo'lgan ehtiyoj hisobga olinmaydi, uni amalga oshirishning barcha shart-sharoitlari tizimi, usullari va yo'llariga ongli munosabat bo'lmaydi.
    Innovatsiyaning ikkinchi tipi ongli, maqsadga muvofiq, ilmiy asoslangan faoliyat mahsulidir.
    Oliy maktabdagi innovatsion jarayonlar V.A.Slastenin, M.M.Levina, M.Ya.Vilenskiy va boshqalar tomonidan tadqiq qilingan.
    Oliy maktab innovatsion jarayonlari negizida quyidagi yondashuvlarni belgilash mumkin:

    • madaniyatshunoslikjihatidan (insonni bilishning ustuvor rivojlanishi) yondashuv;

    • shaxsiy faoliyat jihatidan (ta 'limdagi yangi texnologiyalaf) yondashuv;

    • ko'p sub 'ektli (dialogik) yondashuv, kasbiy tayyorgarlikni insonparvarlashtirish;

    • individual - ijodiy (o 'qituvchi va talabalarning о 'zaro munosabatlari) yondashuv. Oliy maktabda innovatsion faoliyatning sub'ekti o'qituvchi, uning shaxsiy irnkoniyati

    hisoblanadi. Bunda o'qituvchi shaxsining ijtimoiy-madaniy, intellektual va axloqiy imkoniyatlari yuksak ahamiyatga molik bo'ladi.
    S.M.Godninning ishlarida talabaning shaxsiy xislatlari pedagogik jar ayonning sub'ekti sifatida yoritiladi. Unga quyidagilami kiritadi: o'qitishmng hozirgi va kelgusi bosqichlari uchun qabul qilingan o'quv - tarbiya jarayonining maqsadi, vazifasi va ko'rsatmalarini anglay bilish; intellektual mehnatning yangi tadbirlarini egallash; maqsadga muvofiq kasbiy o'z-o'zini
    tarbiyalash va mustaqil tahsil olish, qiymchiliklami a'lo darajada enga bilish, o'sish va mustahkam o'rin egallashning kengayayotgan intellektual va kasbiy imkoniyatlari, istiqbollari bilan qoniqish, o'zining sotsial roli, funktsiyasini bajarishida faol munosabatda bo'lish va hokazo.
    Innovatsion pedagogik jarayorming muhim unsurlari shaxsning o'z-o'zini boshqarishi va o'zini- o'zi safarbar qila olishi hisoblanadi. Uning eng muhim yo'nalishlaridan bin talabalarning bilish faoliyatini rivojlantirish.
    Bunday yo'nalish talabalarning o'quv ishlarini faollashtirish, ularning kasbiy ixtisoslashishini aniqlab olish faolligini o'z ichiga oladi.
    Tayanch yo'nalishlar - ta'lim, fan va ishlab chiqarishning integratsiyalashuvi, ularning o'zaro aloqalarida yangi tamoyillarga o'tish.
    Shunday qilib, innovatsion faoliyat omillari nazariyasi tahlili uning eng muhim yo'nalishi gumanistik aksiologiya ekan degan xulosaga olib keladi.
    Innovatsion faoliyatga aksiologik yondashuv insonning o'zini yangilik yaratish jarayoniga baxshida qilishi, uning tomonidan yaratilgan pedagogik qadriyatlar jamini anglatadi.
    Aksiologiya insonga oliy qadriyat va ijtimoiy taraqqiyoming birdan-bir maqsadi sifatida qaraydi.
    O'qituvchining innovatsion faoliyati tuzilmasi O'qituvchining innovatsion faoliyatiga yaratuvchilik jarayoni va ijodiy faoliyat natijasi sifatida qaraladi.
    V.A.Slastenin o'qituvchining innovatsion faoliyatini tuzishda unga akmeologik jihatdan yondashadi.
    Akmeologiya (акте) - yunoncha oliy nuqta, o'tkir, gullagan, etuk, eng yaxshi davr degan ma'nolarni bildiradi.
    B.G. Ananev, N.V.Kuzmina, A.A.Derkach va boshqalar kasbiy faoliyatning samarasini oshirish bilan yo'g'rilgan inson hayotining eng ijodiy davrlari, etuklik bosqichlari to'g'risida fikr yuritadilar. Ular etuk insonlarning professionalizmi, shaxs rivojlanishining gullagan davridagi psixik qonuniyatlari, professionalizmga etishdagi balandliklardan o'ta olish masalalari bilan shug'ullanganlar.
    V.A.Slastenin akmeologiyaning yuksak professionalizmga, mutaxassisning uzoq ijodiy umr ko'rishiga olib keladigan sub'ektiv va ob'ektiv omillarini asoslab berdi. Ob'ektiv omillarga olingan ta'lirnning sifatini, sub'ektiv omillari esa insonning iste'dodi va qobiliyatini, ishlab chiqarish vazifalarini samarali hal qila olishidagi mas'uliyati, mutaxassislarga yondashuvini kiritadi.
    Yuksak professionalizmga erishishning omillari sifatida quyidagilar ko'rsatiladi:
  • 1   2   3   4   5




    Download 90 Kb.