|
Ijodkorlikni rivojlantirishning raqamli jihatlariBog'liq kognitiv-yondashuv-asosida-bo-lajak-o-qituvchilarda-kasbiy-ijodkorlikni-rivojlantirishning-raqamli-jihatlariAbstract. This article pays special attention to improving the content and teaching
methods of higher pedagogical education based on theoretical approaches of cognitive pedagogy,
and the features of the development of professional creativity of future teachers based on the
cognitive approach.
Keywords: future teacher, professional creativity, higher pedagogical education,
cognitive pedagogy, cognitive psychology, cognitive education, knowledge, retrospective
analysis, method, cognitive approach, creative technologies, pedagogical activity.
Kirish
. Kognitiv pedagogika atamasi o‘tgan XX-asrning ikkinchi yarmida iste’molga kirib
keldi. Bugungi kunga kelib kognitiv pedagogik yo‘nalishidagi tadqiqotlarga har qachongidan
ko‘proq murojaat qilinmoqda. Kognitiv pedagogika qanchalik yangi bo‘lishidan qati’iy nazar
o‘zining rivojlanish tarixi va taraqqiyot tendensiyasiga ega. Shuni alohida ta’kidlash kerakki,
kognitiv pedagogikaning asl ildizlari kognitiv psixologiyaga borib taqaladi. Kognitiv pedagogika
kognitiv ta’lim muammolari va bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy ijodkorligini o‘rgandi.
Asosiy qism
. Inson xotirasi va tafakkurida bilimlarning saqlanishi va rivojlanishi kognitiv
faoliyat va kasbiy ijodkorlikning vujudga kelishiga asos bo‘ladi. Bo‘lajak o‘qituvchilarda
shakllannadigan kognitiv faoliyat kasbiy ijodkorlikning asosiy manbai hisoblanadi. Bugungi
kunda butun dunyo miqiyosida kognitiv pedagogikaga inson faoliyatiga xos bo‘lgan barcha
bilimlarni o‘zida mujassamlashtirgan ilm sohasi sifatida yondashilmoqda. Bu esa o‘z navbatida
bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlash, ularda kasbiy ijodkorlikni shakllantirishda kognitiv
pedagogikaning imkoniyatlaridan samarali foydalanish zaruriyatini keltirib chiqarmoqda.
Kognitiv yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy ijodkorlikni rivojlantirish
Respublikamizda amalga oshirilayotgan ta’lim islohotlarining maqsadlariga mos bo‘lib, kognitiv
pedagogikani rivojlantirishda muhim qadam hisoblanadi. Kognitiv pedagogikaning yetakchi
|
| |