Oliy pedagogik ta’lim mazmunini tahlil qilish natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, kognitiv




Download 240,17 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana14.05.2024
Hajmi240,17 Kb.
#232232
1   2   3   4   5
Bog'liq
kognitiv-yondashuv-asosida-bo-lajak-o-qituvchilarda-kasbiy-ijodkorlikni-rivojlantirishning-raqamli-jihatlari

Oliy pedagogik ta’lim mazmunini tahlil qilish natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, kognitiv 
yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy rivojlantirish imkonini beradigan mavzular, 
o‘quv materiallari, kognitiv texnologiyalari, o‘quv modullari tarkibiga yetarlicha 
singdirilmagan [2].
Bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy ijodkorlikni rivojlantirish uchun o‘quv jarayoniga 
bo‘lajak mutaxassisni intellektual, ma’naviy, madaniy, axloqiy va kasbiy jihatdan 
rivojlantirishning kognitiv tizimi sifatida namoyon bo‘lishini ta’minlash talab etilmoqda. Oliy 


 
“Raqamli didaktika va madaniyat: zamonaviy tendensiyalar, yondashuvlar, yechimlar”
Respublika ilmiy-amaliy anjumani 
2024-yil 17-aprel
 
161
pedagogik ta’limning mazmunini kognitiv yondashuv asosida takomillashtirishda jarayon 
subyektlarining kasbiy tafakkurni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish kerak. Bu o‘z navbatida 
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy ijodkorlik sifatlarini bosqichma-bosqich egallashlari, kreativ 
fikrlashlari va ijodiy xarakterdagi kasbiy faoliyatni amalga oshirish tajribasini egallashlari uchun 
asos yaratadi. Oliy pedagogik ta’lim jarayoni subyektlarining kasbiy ijodkorligini kognitiv 
yondashuv asosida rivojlantirishda quyidagilarga e’tibor qaratish talab etiladi [3]:
- bo‘lajak o‘qituvchilar ijodiy pedagogik jarayon sub’ekti sifatida namoyon bo‘lishlari 
uchun qulay didaktik muhit yaratish; 
- ularda ijodiy rivojlanish jarayonida muvaffaqiyat qozonish; 
- intellektual, ijodiy imkoniyatlarini namoyon qilishlari uchun qulay vaziyatlarni vujudga 
keltirish; 
- kasbiy rivojlanishga erishishlari uchun motivatsiya hosil qilish;
- kreativ faoliyat ko‘rsatishlari uchun qulay pedagogik muhit yaratish;
- bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy ijodkorlikni rivojlantirish strategiyalarini qo‘llash; 
- bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy madaniyatini boyitishga alohida e’tibor qaratish 
kabilar.
Ushbu vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish uchun bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy 
ijodkorlikni muntazam rivojlantirish talab etiladi. Bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlash oldiga ulkan 
vazifalar qo‘yilayotgan hozirgi davrda ushbu muammoning samarali yechimini ta’minlash 
alohida ahamiyatga ega. Buning uchun bo‘lajak o‘qituvchilarda kognitiv bilimlarni mustaqil 
o‘zlashtirish va turli nostandart pedagogik vaziyatlarda ularni samarali qo‘llash kompetensiyasiga 
ega bo‘lish talab etiladi. Bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy ijodkorlikni rivojlantirish natijasida ular 
tomonidan o‘zlashtirilgan bilimlar faollashadi, bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy ijodkorlik 
madaniyati, ijodiy xarakteridagi pedagogik faoliyatni amalga oshirish motivatsiyasi kuchayadi. 
Bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy ijodkorlikni rivojlantirish uchun o‘quv modullari tarkibiga 
kreativ texnologiyalarni singdirish maqadga muvofiq hisoblanadi. Shuningdek, bo‘lajak 
o‘qituvchilar bilan professor-o‘qituvchilar orasida ijodiy hamkorlik, o‘quv materiallarini 
birgalikda tahlil qilish, ishchan dialogga kirishish muhim ahamiyatga ega. Chunki dialog 
jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarning ijodkorlik sifatlari namoyon bo‘ladi. Oliy pedagogik ta’lim 
jarayoniga kognitiv yondashuvni tatbiq etish bo‘lajak o‘qituvchilarning ijodiy fikrlash usullarini 
o‘zlashtirishlariga ko‘maklashadi.
Kognitiv yondashuvning nazariy asoslarini shaxsning bilish jarayoni va uning tarkibiy 
tuzilishi haqidagi ilmiy yondashuvlar tashkil etadi. Professor R.G.Safarova kognitiv 
pedagogikaga oid nazariy yondashuvlar haqida fikr yuritib quyidagilarni ta’kidlab o‘tgan: 
“Kognitiv pedagogika ta’lim oluvchilar olamni qanday va nima vositasida tadqiq etishlari, o‘z 
faoliyatlarini tashkil qilish hamda o‘z hayot tarzini amalga oshirishi haqidagi ilmiy 
yondashuvlarni ilgari surmoqda [1].
Kognitiv pedagogika mumtoz instrumental pedagogikadan shaxsning bilish faoliyati 
tarkibiga alohida e’tibor qaratilishi hamda inson instrumentariysi va uning rivojlanishi, xulq-atvor 
yo‘nalishlari, an’anaviy maktabning o‘ziga xos jihatlariga e’tibor qaratilishi bilan farqlanadi. Bu 
jarayon shaxs va uning mahsuldor jihatlariga e’tibor qaratilishi bilan tavsiflanadi. O‘quv 
topshiriqlarni bajarishning muayyan natijalari qanday bo‘lishiga qarab jarayonning rivojlanishi 
baholandi” [1, 5-6]. 
Kognitiv yondashuv o‘z tarkibiga quyidagilarni qamrab oladi: 
-
shaxs bilish faoliyatining ob’ektiv borliq bilan aloqadorligini ta’minlash; 



Download 240,17 Kb.
1   2   3   4   5




Download 240,17 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oliy pedagogik ta’lim mazmunini tahlil qilish natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, kognitiv

Download 240,17 Kb.
Pdf ko'rish