|
“Raqamli didaktika va madaniyat: zamonaviy tendensiyalar, yondashuvlar, yechimlar”Bog'liq kognitiv-yondashuv-asosida-bo-lajak-o-qituvchilarda-kasbiy-ijodkorlikni-rivojlantirishning-raqamli-jihatlari
“Raqamli didaktika va madaniyat: zamonaviy tendensiyalar, yondashuvlar, yechimlar”
Respublika ilmiy-amaliy anjumani
2024-yil 17-aprel
160
metodlaridan biri retrospektiv tahlil metodidir. Mazkur metod kognitiv yondashuv asosida
bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlash sohasidagi ko‘plab yo‘nalishlar va g‘oyalarni har tomonlama
o‘rganib, chuqur tahlil qilish imkonini beradi. Chunki kasbiy ijodkorlik ajdodlarimizga xos bo‘lib
pedagogik faoliyatning mohiyatini belgilaydi. Mazkur g‘oyalar, ta’limotlar, konsepsiyalar
bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy ijodkorlikni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilab
berishga xizmat qiladi.
Bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy ijodkorlikni rivojlantirish insonning bilish jarayoni bilan
bevosita bog‘liqdir. Insonning bilish jarayoni psixik jarayonlarning tizimli tarzda namoyon
bo‘lishini ifodalaydi. Bular bo‘lajak o‘qituvchining kasbiy bilimlarni idrok etishi, xotirasida
saqlab qolishi, eslab qolishi, qayta ishlashi, interpretatsiyalashida o‘z ifodasini topadi. Ta’limda
mazkur jarayonlarni faollashtiruvchi, mahsuldor usullar va metodlarni o‘tgan asrning
oxirlaridayoq mutaxassisilar tomonidan tizimli tarzda o‘rganila boshlangan. Kognitiv
pedagogikada bo‘lajak o‘qituvchini faollashtirish, o‘quv jarayoniga nisbatan faol munosabatni
shakllantirish, yetakchi masalalardan biriga aylangan. Bunda bo‘lajak o‘qituvchining bilish
faoliyatini jadallashtirish orqali kasbiy ijodkorlik sifatlarini rivojlantirishga alohida e’tibor
qaratilgan.
Bugungi kunda kognitiv pedagogikada quyidagi yo‘nalishlarni ilmiy asoslashga alohida
e’tibor qaratilmoqda [1]. Ular:
-
bo‘lajak o‘qituvchilarning kognitiv jarayonlarini rivojlantirish texnologiyalarini
ishlab chiqish;
-
bo‘lajak
o‘qituvchining
shaxsiy
kognitiv
jarayonlarini
faollashtirish
imkoniyatlarini aniqlash orqali ularda ijodkorlik sifatlarini rivojlantirish;
-
bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy nuqtai nazarlari ularning kogniv sohalari va o‘z-
o‘zlarini mustaqil rivojlantirish omili ekanligini nazariy jihatdan asoslash kabilar.
Kognitiv yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy ijodkorligini
rivojlantirishda quyidagi metodlarga ustuvorlik berish nazarda tutilmoqda:
1.
Reproduktiv;
2.
Izlanuvchanlikka undovchi evristik;
3.
Kreativ metodlar.
Ko‘rinib turibdiki, kognitiv pedagogika tadqiqotlarning yangi sohasini kashf etish
imkonini berdi. Kognitiv pedagogikada shaxsning ijodiy imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat
qiladigan kognitiv texnologiyalardan foydalanish zaruriyatini kuchaytirmoqda.
Bugungi kunda kognitiv pedagogikaga oid nazariy yondashuvlarga tayangan holda oliy
pedagogik ta’lim mazmuni va o‘qitish metodlarini takomillashtirishga oid ilimy yogdashuvlar
vujudga kelmoqda. Bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy ijodkorligini rivojlantirish imkonini
beradigan o‘qitish shakllari va metodlarini takomillashtirish, shaxsni kasbiy, ijodiy jihatdan
shakllantirishga oid falsafiy, sotsiologik, psixologik, pedagogik bilimlarni uyg‘unlashtirish
zaruriyati kuchaymoqda.
|
| |