|
Ijtimoiy- gumanitar fanlar
|
bet | 24/67 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 405,29 Kb. | | #131565 |
Bog'liq Ijtimoiy- gumanitar fanlar-fayllar.orgVaysa atamasi vis – “urug‘” bilan bog‘liq. YA’ni, bu toifadagi odamlar bir vaqtning o‘zida ham oilaga, ham uruqqa xizmat qilishgan. Pariytar atamasiga kelsak, bu mardikorlar degani. Tadqiqotchilar nazarida bu toifadagi odamlar jamiyatning eng nochor qatlamlariga mansub bo‘lib, yashash uchun boshqa urug‘nikida ishlashga majbur.
YUqorida aytilganlardan tashqari, zardushtiylik jamiyati urug‘chilikning boshqa toifadagi atamalarini ham bilishgan, masalan, pitar “ota”, maatx “ona”, pusra “o‘g‘il”, dxutar “qiz” va hokazo. Bu esa oilaviy munosabatlarning chuqur an’anaviyligidan dalolat beradi.
Bundan tashqari “Avesto”da quyidagi ijtimoiy atamalar: shoytra – “qabila yashaydigan viloyat”, “xudu”, gava-shayana, gava-shita – “qishloq, qishloq hududi” uchraydi.
Zardushtiylik jamoasi o‘zining barcha to‘rtta bosqichida xususiy va umumiy mulkni gayta atamasi bilan ifodalagan. Maytana atamasi “urug‘, qabilaning yashash joyi” degan ma’noni anglatgan.
Zantu qabilasi va hududi zantupati – “qabila qo‘riqchisi boshlig‘i” tomonidan boshqarilgan. Zantupati bir vaqtning o‘zida din va huquqiy masalalar bilan shug‘ullangan. Bu vazifa uchun zantuma atamasi qo‘llanilgan.
Daxyu atamasi ostida zardushtiylik olamida katta hududiy birlik, ya’ni qabilalar uyushmasi tushunilgan. Bunday daxyular ariylik va noariylikka ajratilgan, masalan, turlar daxyusi, saklar daxyusi. Binobarin, zardushtiylikning shakllanishida daxyu birinchi navbatda etnik jamoali hududiy-geografik tushunchadir.
Ma’muriy mohiyatiga kelsak, daxyu daxyupati deb atalgan boshliq tomonidan boshqarilgan, uning diniy va huquqiy vazifalari daxyuma deb atalgan. Daxyupati atamasi bilan bir qatorda sastar – “harbiy boshliq, hudud hokimi” atamasi uchraydi. Bundan tashqari xshayant atamasi “hokim, boshqaruvchi” ma’nosini anglatgan. Bir nechta daxyu bitta daxyusastga birlashgan. Xuddi shunday unvon bunday birlashma hokimiga berilgan. Daxyusasti hokimligini daxyu uyushmasi a’zolarining kengashi cheklagan. Bu kengash daxyunam va fratemadato “birlamchi viloyatlar kengashi” deb atalgan. Daxyusatining diniy boshlig‘i zaratushtroetoma - “zardushtga judayam o‘xshagan” deb atalgan.
SHunday qilib, zardushtiylikning tarixiy foni ijtimoiy institutlarning murakkab chatishib ketishlari bilan bog‘liq.
|
| |