CHo‘qintirish (kreщenie –




Download 405,29 Kb.
bet36/67
Sana07.01.2024
Hajmi405,29 Kb.
#131565
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   67
Bog'liq
Ijtimoiy- gumanitar fanlar-fayllar.org

CHo‘qintirish (kreщenie – suvga botirish). Xristianlik ta’limotiga ko‘ra, cho‘qintirish orqali kishi dinga qabul qilinadi, ya’ni cherkov a’zosiga aylanadi.
Bu marosim insonni uch marotaba suvga botirish yoki boshidan suv quyish bilan birga, ruhoniy tomonidan maxsus so‘zlarni aytish orqali amalga oshiriladi. Injilga ko‘ra, cho‘qintirish va Muqaddas ruhning kelishi osmondan tug‘ilishning maxsus shartlaridan biridir. Uning asosi sifatida Injildan misollar keltiriladi: “Iso javob berdi: “Senga to‘g‘risini aytay, agar kim suvdan va Ruhdan tug‘ilmas ekan, Xudo saltanatiga kirmaydi” (Ioanndan, 3:5).
Suvga botirish marosimi birinchi bo‘lib Ioann tomonidan amaliyotda qo‘llangan. SHu kabi amaliyot Tavrotda aytib o‘tilgan “prozema”, ya’ni “butparastlarni dinga kiritish marosimi”ga o‘xshab ketadi. Unda erkaklar dinga kirishi uchun xatna qilinishi kerak bo‘lsa, ayollar uchun esa faqat diniy ritualni bajarish marosimi shart qilingan.
Xristianlikning har bir yo‘nalishida cho‘qintirish marosimi turlicha talqin etiladi. Pravoslav va katolik cherkovlarida cho‘qintirish sirli marosim sifatida e’tirof etiladi. Bu hodisa Ioann cho‘qintiruvchining faoliyati ya’ni Iordan daryosida uning oldiga keluvchi insonlarni suvda tozalanishi, yomon illatlarni qayta qilmasliklari, Masihni toza qalb bilan kutib olish maqsadida amalga oshirilgan. Masih kelishini Ioann targ‘ib qilgan, cherkov nuqtai nazaridan cho‘qintirish paytida inson hayotda shahvoniy jihatdan o‘lib, Muqaddas Ruh tomonidan ma’naviy hayotga qayta tiriltiriladi degan aqida mavjud. Marosim vaqtida inson nafaqat barcha qilgan gunohlaridan poklanadi, shu jumladan, gunohlaridan ma’naviy forig‘ bo‘ladi.
Suv yordamida “o‘ldirish, jonsizlantirish” – mavjud bo‘lgan qusurlardan tozalanish hisoblanadi. Albatta u mutlaq poklanish bo‘lmasada, to‘xtovsiz yovuzlikni, yomonlikni to‘xtatadi, deb ta’kidlanadi. Rim nomalarida bu haqda shunday yoziladi: “CHo‘qintirilayotgan Iso bilan birga o‘lib, u bilan birga abadiy hayotda tiriladi. SHunday qilib biz cho‘qintirilib u bilan birgalikda o‘limga dafn qilindik, zeroki Ota nomi bilan Iso o‘liklardan tirilgani kabi, biz ham yangilangan hayotda yashaymiz” (Rim, 6:4).
CHo‘qinishdan so‘ng inson gunoh ishlarni qilsa u Xudoning marhamatidan voz kechgan bo‘ladi: “Agar Xudoni anglab, bizning xaloskorimiz Isoni tan olib turib, eski yillariga, eski xolatiga qaytsalar, buning oxiri avvalgidan ham og‘irroqdir” (2 Petr, 2:20).
CHo‘qintirish marosimi xristian dinining eng muhim va asosiy marosimlaridan biridir. Bu marosim asosan cherkovda o‘tkaziladi. Xristianlar e’tiqodiga ko‘ra, inson tug‘ma gunohkor bo‘lib tug‘iladi va undan forig‘ bo‘lish uchun muqaddas suv yordamida poklanadi. SHundan so‘ng poklangan bola cherkov a’zoligiga qabul qilinadi.
CHo‘qintirishga o‘xshagan marosim qadimgi Hindiston, Rim, Misr, Kichik Osiyo va boshqa davlatlar hududlarida yashagan xalqlar orasida ham mavjud bo‘lgan. Xristianlikda cho‘qintirish marosimi milodning I asri oxirlarida paydo bo‘lgan. IV asrda birinchi xristian jahon soborining qaroriga muvofiq, bu marosim har bir xristian uchun majburiy deb e’tirof etilgan va “e’tiqod ramzi” sifatida qabul qilingan. SHu vaqtdan boshlab “cho‘qintirilgan” so‘zi “xristian” degan so‘z bilan teng ma’no kasb eta boshlagan.
Xristianlar boshqa dindagi hamma kishilarni “cho‘qinmaganlar” (“Isoni tanimaganlar”) deb atay boshlaganlar. CHo‘qintirish marosimini tartibga solish maqsadida Qadimgi Karfagen cherkovi ishlab chiqqan 124 qoidadan birida ushbu normalar belgilangan: “Go‘daklar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni cho‘qintirmaganlarga la’nat bo‘lsin”.
Pravoslov yo‘nalishida cho‘qintirish marosimi asosan yangi tug‘ilgan chaqaloqqa o‘tkaziladi. Ota-ona o‘z farzandlarining diniy bilimiga mas’ul bo‘lib, cho‘qintirilayotgan bola e’tiqodiga kafil hisoblanadilar. CHo‘qintirilayotgan bola o‘g‘il bo‘lsa, uni erkak kishi ko‘taradi, agarda qiz bo‘lsa, ayol kishi tomonidan amalga oshiriladi. Bu holatda rohib ota-ona vazifasini bajara olmaydi. Qadimda cho‘qintirish marosimini voyaga etganlar qalban his qilgandagina o‘tkazilgan.
Xristianlikning ilk davrida ba’zilar go‘daklarni gunohsiz deb bilib, agar olamdan o‘tsa jannatga tushadi, shu sababli ularni go‘daklikda cho‘qintirish shart emas deb hisoblaganlar. Boshqalar esa bolani cho‘qintirish lozimligini takidlaganlar. Ko‘p insonlar cho‘qintirish marosimini juda ham ortga surganlar. Ba’zilar o‘limi oldidan bu marosimni o‘tkazganlar. Toki ular umr mobaynida qilib o‘tgan gunohlaridan shu yo‘l bilan poklanib ketmoqchi bo‘lar edilar. SHuning uchun cherkov bu an’anaga qarshi chiqib, go‘dak tug‘ilgan kundan boshlab sakkiz kun ichida bu marosimni bajarish lozimligini talab darajasiga ko‘targan.

Download 405,29 Kb.
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   67




Download 405,29 Kb.