II BOB. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATINING ASOSIY ISTIQBOLLARINI AMALGA OSHIRISHNING OʼZIGA XOS XUSUSIYATI




Download 81,84 Kb.
bet6/9
Sana15.12.2023
Hajmi81,84 Kb.
#119680
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Rajapova Nasiba

II BOB. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATINING ASOSIY ISTIQBOLLARINI AMALGA OSHIRISHNING OʼZIGA XOS XUSUSIYATI
2.1. Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy istiqbollarini amalga oshirayotgan O‘zbekiston yoshlar ishlar agentligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyati
2016-yilda qabul qilingan “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunida yoshlarga oid daavlat siyosati yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish va ularning intellektual, ijodiy va boshqa yoʻnalishdagi salohiyatini kamol toptirish uchun sharoitlar yaratishga xizmat qilishi alohida taʼkidlanib, amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar qonun bilan mustahkamlandi.
Mazkur qonunda belgilangan vazifalar ijrosi doirasida qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirish, yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini tubdan isloh etish, yoshlar sohasidagi muammolarga samarali yechimlar ishlab chiqish, vakolatli organlar faoliyatini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish maqsadida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi hamda Yoshlar ishlari agentligi tashkil etildi. Bundan tashqari, Oliy Majlis Senatida Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Yoshlar masalalari boʻyicha komissiya, Oliy Majlis palatalari huzurida “Yoshlar parlamenti” tashkil qilindi. Shu bilan birga Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshida Yoshlar akademiyasi tashkil etildi. Hududlarda “Loyihalar fabrikasi” ish boshladi.
Mazkur ishlar natijasida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tashkil topgandan buyon 841 147 nafar yoshning bandligi taʼminlandi. 2021-yilning birinchi yarmida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan 78 140 nafar yosh ishga joylashtirilgan boʻlib, 5 684 nafar yoshga subsidiyalar ajratildi, ijtimoiy himoyaga muhtoj 127 nafar talabaning 350 million soʻmlik toʻlov shartnoma mablagʻlari toʻlab berildi.
Yoshlarni ish bilan taʼminlash, ularning tashabusini moliyalashtirish maqsadida 2018-yildan boshlab hududlarda 25 ta “Yosh tadbirkorlar” kovorking markazi va 157 ta “Yoshlar mehnat guzari” kompleksi faoliyat boshladi. “Yoshlar – kelajagimiz” davlat dasturi doirasida respublikaning tuman va shaharlarida amalga oshiriladigan tadbirlarni moliyalashtirish amaliyoti yoʻlga qoʻyildi.
Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbusni targʻib qilish va roʻyobga chiqarish muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur gʻoyani amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi qoshida “5 tashabbus loyiha ofisi” faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Tegishli loyihalar, jumladan, “Sport karvoni”, “Bir million dasturchi”, “Eng yaxshi kitobxon oila” kabi loyihalar amalga oshirilmoqda.
Turli sohalarda samarali faoliyat yuritayotgan, yuqori natijalarga erishib, tengdoshlariga oʻrnak boʻlayotgan yigit-qizlarni ragʻbatlantirish maqsadida “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti va “Kelajak bunyodkori” medali taʼsis etildi. Oʻtgan vaqt davomida 113 nafar yosh “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti bilan, 75 nafari esa “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlandi.
Taʼlim-tarbiya sohasida ham soʻnggi yillarda ulkan oʻzgarishlar roʻy berdi. Tizim tubdan isloh qilindi. Mazkur sohada yoshlar manfaatlarini koʻzlab koʻplab oʻzgarishlar amalga oshirildi.11
Birinchidan, maktabgacha taʼlim muassasalari va umumtaʼlim maktablari faoliyati tubdan yangilandi. Oʻtgan besh yil davomida kichik yoshdagi bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olish darajasi ikki barobar ortib, 60 foizga yetdi. Bugungi kunda bogʻchalar soni 14 mingdan oshdi. Dars sifatini oshirish maqsadida boshqa tumandagi olis maktabga borib, dars beradigan yosh oʻqituvchilar oyligiga ustama haq toʻlash tizimi joriy etildi.
Bundan tashqari, yoshlarning chuqur bilim olishini taʼminlash maqsadida oʻtgan yillarda 98 ta ixtisoslashgan maktab tashkil etildi. Har bir hududda Prezident maktablarining tashkil etilishi ham iqtidorli va barkamol yoshlarni tarbiyalashga xizmat qilmoqda.
Ikkinchidan, yoshlarning oliy taʼlimga qamrovi oshirildi. 2016-yilda mamlakatimizda 65 ta oliy taʼlim tashkiloti faoliyat yuritgan boʻlsa, 2021-yilda respublikadagi jami oliy taʼlim tashkilotlari soni ikki barobardan koʻproqqa ortib, 127 taga yetdi.
2016/2017 oʻquv yilida oʻqishga qabul qilish parametrlari 57 907 nafarni tashkil etgan boʻlsa, 2021/2022 oʻquv yilida qabul parametrlari qariyb uch barobar oshirilib, 157 755 ni tashkil etadi. Xususan, davlat granti asosida oʻqishga qabul qilish parametrlari ham 1,5 barobar oshirildi.
Uchinchidan, taʼlim tizimidagi davlat siyosati takomillashtirildi. Taʼlim sohasini tubdan yangi bosqichga olib chiqish maqsadida yangi tahrirdagi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonun qabul qilindi. Mazkur qonun bilan yoshlarning uzluksiz taʼlim olishini taʼminlash maqsadida kunduzgi taʼlim shakli bilan bir qatorda sirtqi, kechki va masofaviy taʼlim shakllari joriy etildi. Dual taʼlim yoʻlga qoʻyildi.
Toʻrtinchidan, yoshlarning bilim olishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi. 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab tijorat banklari tomonidan taʼlim kreditlarini Markaziy bankning asosiy stavkasida ajratishning yangi tizimi yoʻlga qoʻyildi. Unga koʻra, taʼlim kreditining asosiy qismi talaba oliy taʼlim tashkilotini tugatgandan soʻng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytarishi belgilandi. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalar farzandlaridan taʼlim krediti uchun garov va kafilliklar talab etilmasligi alohida belgilandi.
Eng quvonarli yangiliklardan biri, shubhasiz, davlat oliy taʼlim muassasalari bakalavriatining kunduzgi taʼlim shakliga kirish imtihonlarida eng yuqori ball toʻplagan 200 nafar yosh uchun davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti granti joriy qilinganidir.
Oldingi yillarda ayrim oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishda eng yuqori ball toʻplagan abituriyent toʻlov-shartnoma asosida qabul qilinishi holatlari ham kuzatilgan. Bunday adolatsizlik aholining, birinchi navbatda, yoshlarning katta eʼtiroziga sabab boʻlgan. Prezident grantining joriy etilganligi yoshlarga taʼlim olishi uchun keng imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi. Mazkur grant sohiblariga aʼlo oʻqishi, maʼnaviy-maʼrifiy va ilmiy-tadqiqot yoʻnalishlarida yutuqlarga erishgani uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi tayinlanishi ham yoshlarga berilayotgan katta imkoniyatlardan dalolat beradi.
Shu oʻrinda xotin-qizlarning taʼlim va kasbiy koʻnikmalar olishi hamda bandligini taʼminlashga har tomonlama koʻmaklashish maqsadida Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligining tavsiyanomasiga ega boʻlgan xotin-qizlar uchun davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari ajratilganligi, shuningdek, ehtiyojmand oilalar farzandi boʻlgan xotin-qizlar uchun oliy taʼlimga ajratiladigan davlat grantlari soni 2 barobarga oshirish orqali 2000 taga yetkazilgani tahsinga loyiq. Bunday imkoniyatlarning yaratilishi qiz-yoshlarni ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni qoʻllab-quvvatlashga xizmat qiladi.
Beshinchidan, xalqaro talablarga javob beradigan kadrlarni tayyorlashga eʼtibor qaratilmoqda. Yoshlarimizni nufuzli xorijiy oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olish va ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borishini taʼminlash maqsadida “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tuzilib, xorijda bakalavriat, magistratura va doktoranturada oʻqish uchun stipendiyalar ajratildi. 2018-2020-yillarda mazkur jamgʻarma tomonidan 54 nafari xorijga magistraturaga, 42 nafari doktoranturaga, 191 nafari stajirovkaga, 698 nafari esa malaka oshirishga yuborilgan. 2021-yilda jamgʻarma tomonidan bakalavriatga 69 ta, magistraturaga 112 ta, doktoranturaga 91 ta oʻrin ajratilgan. Dunyoning eng nufuzli universitet va ilmiy markazlarida taʼlim olgan, innovatsion kompaniyalarida stajirovka oʻtagan yetuk bilim va malakaga ega boʻlgan, oʻz Vatani ravnaqi yoʻlida tinimsiz mehnat qilishga tayyor kadrlarni xorijda tayyorlash albatta mamlakat rivojiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.
Muxtasar aytganda, soʻnggi besh yil davomida yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularni komil inson sifatida yetishi uchun zamin yaratildi. Yoshlarga berilayotgan bu eʼtibor, oxir-oqibat, oʻz mevasini bermoqda. Bunga yoshlarimiz xalqaro va respublika miqyosida erishayotgan yutuqlari yaqqol dalildir. Mazkur islohotlarning samarasi oʻlaroq kelajagimiz bunday yoshlar qoʻlida porloq boʻlishiga hech qanday shubha yoʻq. Chunki aynan bugungi yoshlar ertangi kunimizning, Yangi Oʻzbekistonning, Uchinchi Renessansning poydevori hisoblanadi.
Bosh kotibning murojaatida ta’kidlanganidek, “Yoshlar–2030” strategiyasi BMT tarixida dastlabki yalpi tizimli strategiya bo‘lib, yoshlar bilan ishlash va ularning manfaatlarini ta’minlash borasidagi faoliyatni yanada mustahkamlash bo‘yicha zimmamizga katta majburiyat yuklaydi. Shu ma’noda, “O‘zbekiston mazkur strategiyani shiddatli sur’atlarda amalga oshirayotgan dunyoning 10 ta mamlakatidan biri ekanini e’tirof etishga ijozat berg‘aysiz”, deb alohida qayd etdi BMT vakili.
BMT O‘zbekistonda qisqa vaqt ichida O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasi, Yoshlar parlamenti, BMTning YOshlar maslahat kengashi tashkil etilgani; 2021 yil — “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb e’lon qilingani, Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konventsiya ratifikatsiya qilingani, yoshlarning hayotiy qarorlar qabul qilishdagi ishtirokini ta’minlash hamda ularning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan ko‘plab strategiya, dastur va moliyaviy vositalar ishlab chiqilgani va amalda tatbiq etilayotganini olqishladi.
BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Michel Bachelet o‘zining videomurojaatida “Butunjahon konferentsiyasi mintaqaning navqiron yoshdagi barcha insonlariga barqaror rivojlanishga erishishda yoshlarning o‘rni va ahamiyatini oshirish yo‘llarini izlash hamda bu borada o‘zaro tajriba almashish uchun qulay imkoniyat yaratadi”, deb qayd etdi.
Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo‘lidagi samaradorlikni susaytirayotgan koronavirus pandemiyasi va iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq tahdidlardan qat’i nazar, jahon hamjamiyati navqiron insonlarni hayotimiz faoliyatining barcha sohalariga jalb etishni kuchaytirish borasida izchil ish olib borishi zarur.
M.Bachelet ta’biri bilan aytganda, COVID–19 pandemiyasi yosh avlod hayotini juda murakkablashtirib yubordi. Xususan, dunyo miqyosida talabalarning bilim olish tizimini izdan chiqardi. Buning oqibatida ta’lim sohasida shusiz ham mavjud bo‘lgan tengsizlik yanada qaltis tus olmoqda va ushbu tizim global inqiroz bilan bog‘liq muammolarga duch kelmoqda. Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissar O‘zbekistonning BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi a’zosi sifatidagi majburiyatlarini qunt bilan bajarayotganini maqbulladi. Xususan, Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konventsiya ratifikatsiya qilingani bilan tabriklar ekan, mamlakatimizning inson huquqlarini ta’minlash ishiga sodiqligini e’tirof etdi.
BMT Bosh kotibining Yoshlar ishlari bo‘yicha elchisi Jayatma Vikramanayake o‘z videomurojaatida “O‘zbekiston hukumatining yoshlar bilan eng oliy darajada doimiy muloqotga bo‘lgan astoydil intilishi va navqiron insonlarni hayotiy qarorlar qabul qilish jarayonlariga jalb etish borasida erishgan yutuqlari yuksak baholashga munosibdir”, deb ta’kidladi.
J.Vikramanayake qayd etganidek, O‘zbekiston shiddatli sur’atda rivojlanish uchun zarur bo‘lgan ulkan salohiyatga ega mamlakatdir. O‘zining ro‘yobga chiqishini kutayotgan ana shu beqiyos salohiyat va azmu shijoat, avvalo, mamlakat aholisining yarmidan ko‘pini tashkil etadigan yoshlar — jamiyatning hal qiluvchi kuchga ega a’zolari timsolida namoyon bo‘lmoqda.
Shu nuqtai nazardan, Bosh kotibning Yoshlar ishlari bo‘yicha elchisi jamiyatning zaif guruhlariga mansub yoki ehtiyojmand navqiron xotin-qizlar va yoshlarga alohida e’tibor qaratishga chaqirdi. Parlamentlararo Ittifoq Bosh kotibi Martin Chungong O‘zbekistonning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish yo‘lidagi sa’y-harakatlarini olqishladi. Uning fikricha, “O‘zbekiston Prezidenti va milliy parlament rahbariyati Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun ulkan ko‘lamdagi ishlarni amalga oshirmoqda”.
Demokratik islohotlarni joriy etishda yoshlar muhim o‘rin tutishiga e’tibor qaratar ekan, Parlamentlararo Ittifoq Bosh kotibi “Bugun biz bu borada butun dunyoda, ayniqsa, O‘zbekistonda beqiyos ijobiy o‘zgarishlar yuz berayotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz”, deb ta’kidladi. Bundan tashqari, janob M.CHungong Parlamentlararo Ittifoqning “Biz parlamentda yoshlarni qo‘llab-quvvatlaymiz!” degan ezgu tashabbusi doirasidagi kampaniya boshlanganini e’lon qildi.
EXHT Bosh kotibi, elchi Xelga Mariya SHmitd BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining 46-sessiyasida Prezident SHavkat Mirziyoev yoshlar huquqlarini ta’minlash borasida ilgari surgan xalqaro va milliy darajadagi bir qator dolzarb tashabbuslarning ahamiyatiga yuqori baho berdi. elchi X.M.SHmitd mamlakatimizda yoshlar huquqlarini rag‘batlantirish bo‘yicha ko‘plab muhim tashabbuslar amalga oshirilayotganini olqishladi va “yosh avlodni qo‘llab-quvvatlash O‘zbekistonning ham, EXHTning ham umumiy maqsadi hisoblanadi”, deb alohida ta’kidladi.
Osiyo Parlament Assambleyasi Bosh kotibi Muhammad Rizoning so‘zlariga qaraganda, O‘zbekiston oliy rahbariyati va parlamentining yoshlarga munosabati va ularning huquqini ta’minlash yo‘lidagi sa’y-harakatlari haqiqatan ham yuksak bahoga loyiq. Muhammad Rizo yoshlar ko‘p jihatdan hali foydalanilmagan ulkan zaxira bo‘lib, global muammolarni hal etish yo‘lidagi sa’y-harakatlarga munosib hissa qo‘shishga qodirligi xususida to‘xtaldi.
SHunday ekan, navqiron avlodning jismoniy va ma’naviy kamol topishiga jiddiy ahamiyat berish hamda aholining ushbu shijoatli qatlamini, ayniqsa, yoshlar ko‘pchilikni tashkil etadigan mamlakatlarda siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy qarorlar qabul qilish jarayoniga faol jalb etish lozim.
Osiyo Parlament Assambleyasi Bosh kotibi o‘z nutqida Osiyo taraqqiyot bankining hisobotidan ayrim ma’lumotlarni keltirdi. Bu ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo yoshlarining yarmidan ko‘pi Osiyo-Tinch okeani mintaqasida yashaydi. Ana shu yoshlarga mintaqa uchun bebaho boylik va barqaror rivojlanish yo‘lida ulkan marralarni zabt etishning ulkan omili sifatida qaralmoqda.
EXHTning Parlament Assambleyasi Prezidenti Margareta Sederfel’t Xalqaro yoshlar kunida ish boshlagan Butunjahon konferentsiyasining diqqatga sazovor dasturini tayyorlagani uchun barcha tashkilotchilarga minnatdorlik izhor qildi. Shuningdek, M.Sederfel’t O‘zbekiston yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirish sohasida izchil ish olib borayotganini alohida e’tirof etdi.
M.Sederfel’t yoshlar ko‘plab global da’vatlarga munosib javob qaytara olishini qayd etdi. Shu ma’noda, uning fikricha, “Navqiron avlod ongu shuuridagi intilishlarni ro‘yobga chiqarish uchun yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirishimiz juda muhim”.
MDH Ijrochi kotibi — Ijroiya qo‘mitasi raisi Sergey Lebedev o‘zining videomurojaatida O‘zbekistonning inson huquqlari sohasidagi samarali faoliyati va yoshlarga oid xalqaro tashabbuslariga yuqori baho berdi, shuningdek, MDH mamlakatlari tomonidan amalga oshirilayotgan xalqaro yoshlar hamkorligi strategiyasi haqida so‘z yuritdi. Binobarin, BMTning “Yoshlar-2030” strategiyasi negizida ishlab chiqilgan ushbu strategiya zamirida MDH makonidagi mamlakatlarning samarali tarzda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va ilmiy-texnik ravnaq topishini ta’minlashda yoshlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik muhim omil ekaniga doir ilg‘or g‘oya mujassamdir.
Xalqaro mehnat tashkilotining SHarqiy Evropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Olga Kulaeva COVID–19 pandemiyasi sharoitiga qaramay, O‘zbekiston tomoni yoshlarga doir muammolar bo‘yicha shunday muhim muloqotni tashkil etgani uchun minnatdorlik bildirdi. O.Kulaeva O‘zbekistonda bolalar mehnati va qishloq xo‘jaligi sohasida majburiy mehnatga barham berish borasida sezilarli natijalar qo‘lga kiritilganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Bunda mamlakat hukumati va uch tomonlama ishtirokchilar ayni muammolarni Xalqaro mehnat tashkilotining asosiy vositalarini qabul qilish orqali hal etishga shayligini qat’iyat bilan namoyon etgani, shu asosda milliy qonunchilik xalqaro mehnat standartlariga uyg‘unlashtirilgani hamda bolalar mehnati va majburiy mehnatdan foydalanishga qarshi chora-tadbirlar yanada kuchaytirilgani muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.12
“Global harakatlarga yoshlarni jalb qilish” mavzusidagi yoshlar huquqlari bo‘yicha butunjahon konferentsiyasi yakunida Toshkent Yoshlar deklaratsiyasi qabul qilindi. Deklaratsiya xalqaro anjuman ishtirokchilari tomonidan: birinchidan, pandemiya va undan keyingi davrda yoshlar oldida turgan asosiy muammolarni keng muhokama qilish; ikkinchidan, yoshlar o‘z huquqlarini to‘la amalga oshirishlariga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni atroflicha o‘rganish negizida; uchinchidan, barcha yoshlarning inson huquqlarini himoya qilish, targ‘ib etish va amalga oshirishga sodiqligini yana bir bor tasdiqlagan holda ishlab chiqilganini alohida ta’kidlash lozim.
Toshkent Yoshlar deklaratsiyasi muqaddima, 5 ta qism va xotimadan iborat.
Deklaratsiyaning “Pandemiya va yoshlar” qismida jahon koronavirus inqirozi bilan bog‘liq misli ko‘rilmagan global favqulodda holatning guvohi bo‘lib turgan murakkab sharoitda pandemiya yoshlarning hayotini o‘zgartirgani, ularni salomatlik, munosib ish va mashg‘ulot, oziq-ovqat xavfsizligi va ovqatlanish, shuningdek, ijtimoiy alohida bo‘lish va yakkalanishga taalluqli yangi qiyinchiliklarga moslashishga majbur qilgani qayd etilgan.
Shu munosabat bilan, deklaratsiyada ta’kidlanganidek, “Biz yoshlarni vaktsinatsiyalash va davolash, zaif ijtimoiy qatlamlar, jumladan, yosh migrantlar, qochoqlar, ishsizlar, uysizlar, mahbuslarga alohida e’tibor qaratish bilan bog‘liq muammolarni hal etish uchun etarlicha mablag‘ ajratilishiga chaqiramiz”.
“Yoshlar — Barqaror rivojlanish maqsadlarining “drayver”i” nomli ikkinchi qismda islohotlarning harakatlantiruvchi kuchi bo‘lgan yoshlarga o‘z shaxsiy imkoniyatlarini namoyon qilish hamda kelajak avlodlarga munosib dunyoni barpo etish vazifalari ishonib topshirilganini hisobga olgan holda, 5 ta amaliy taklif ilgari surilgan:
birinchi taklif — Barqaror rivojlanish maqsadlarining yoshlar elchilari lavozimini joriy etish;
ikkinchi taklif — barcha mamlakatlarda YOshlar parlamentlarini ta’sis etish;
uchinchi taklif — Butunjahon yoshlar parlamentlari assotsiatsiyasini tashkil etish;
to‘rtinchi taklif — barcha davlatlarda milliy yoshlar strategiyalarini qabul qilish;
beshinchi taklif — davlat organlari, inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar qoshida yoshlar kengashlarini tuzishdan iborat.
Deklaratsiyaning uchinchi qismi “Yoshlarning ta’lim va sog‘liqni saqlash xizmatlaridan foydalanish imkoniyati” deb nomlangan. Bu qismda asosan Inson huquqlari sohasidagi Jahon ta’lim dasturining amalga oshirilishi bo‘yicha Milliy (kengash) komissiyalar tuzish, Inson huquqlari sohasidagi ta’lim bo‘yicha milliy dasturlar (Harakatlar dasturi) qabul qilishning dolzarbligi ta’kidlangan.
Bugungi kunda yoshlarning ishonchli, xavfsiz, ular uchun qulay, inson huquqlari bo‘yicha ta’lim va axborotkommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishi imkoniyatini ta’minlash nihoyatda zarur. Shu bois, ayni maqsadga erishish uchun Toshkent Yoshlar deklaratsiyasida Inson huquqlari bo‘yicha axborot-kutubxona markazlari, ya’ni “Inson huquqlari uyi” tashkil etish ko‘zda tutilmoqda.
“Yoshlar va bandlik” nomli keyingi qismda butun dunyoda yoshlarning ijtimoiy va iqtisodiy imkoniyatlardan foydalanish, ayniqsa, pandemiya sharoitida ish bilan ta’minlanish masalasida cheklanganini tan olgan holda, yoshlarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha Milliy harakatlar rejalarini qabul qilish masalasi kun tartibiga qo‘yilmoqda.
Bundan tashqari, Hukumatlar yoshlarda raqamli texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmasini rivojlantirish sohasida milliy strategiyalarni ishlab chiqish va raqamli iqtisodiyotda innovatsiya, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha qulay sharoitlar yaratishga chaqirilmoqda. Nihoyat, Toshkent Yoshlar deklaratsiyasining “Yoshlarning huquqlarini himoya qilish mexanizmlari” nomli oxirgi qismida, avvalo, BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga kiritiladigan 2 ta muhim taklif ham qo‘llab-quvvatlangan.
Bulardan biri — “Pandemiya sharoitida yoshlar huquqlari” rezolyutsiyasini ishlab chiqish, ikkinchisi — Inson huquqlari bo‘yicha kengashning Yoshlar huquqlari masalalari bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi lavozimini joriy etishdir.
Shu bilan birga, deklaratsiyada O‘zbekistonning 3 ta xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik tashabbusi qo‘llab-quvvatlanmoqda:
Yoshlar huquqlari bo‘yicha konventsiyani qabul qilish;
Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari Yoshlar kengashini tashkil etish;
Markaziy Osiyo yoshlari forumini o‘tkazish tashabbuslari haqida so‘z bormoqda. Xulosa qilib aytganda, mamlakatimiz, mintaqamiz, hatto butun sayyoramiz yoshlarini global harakatlarga jalb qilish yo‘lida O‘zbekiston tomonidan yana bir dadil qadam qo‘yildi. Bu boradagi sa’y-harakatlarni izchil va uzluksiz davom ettirishda Toshkent Yoshlar deklaratsiyasi huquqiy dasturulamal vazifasini o‘tashi shubhasiz.13
Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Bugungi kunda ko‘pmillatli xalqimiz, Vatanimiz taraqqiyoti uchun, O‘zbekistonning yangi Uyg‘onish davrini yaratish yo‘lida belini mahkam bog‘lab, fidokorona mehnat qilmoqda. Bu yo‘lda ulkan orzu-umidlar, katta rejalar bilan safimizga qo‘shilayotgan yoshlarimiz — asosiy tayanchimiz va suyanchimizdir”.
Mamlakatimiz aholisining yarmidan ko‘pini tashkil etadigan yoshlar huquqlarini himoya qilish doim davlatimiz va jamiyatimiz e’tibori markazida bo‘lib kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning shu yil avvalida BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining Jenevadagi yuksak minbarida turib, O‘zbekistonda 2021 yilning “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb e’lon qilinganini alohida ta’kidlagani ham fikrimizni yaqqol tasdiqlaydi.
Davlatimiz rahbari BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi 46-sessiyasidagi nutqida ayni yo‘nalishda qator tashabbuslarni ilgari surdi:
birinchidan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida Yoshlar huquqlari bo‘yicha butunjahon konferentsiyasini o‘tkazish;
ikkinchidan, BMT Iqtisodiy va ijtimoiy kengashining o‘ninchi forumida Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi konventsiya loyihasini taqdim etish;
uchinchidan, Yoshlar huquqlari bo‘yicha maxsus ma’ruzachi institutini ta’sis etish takliflari bildirildi.14
Bugungi kunda xalqimiz va xalqaro hamjamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlangan ana shu tashabbuslarning barchasi izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Xususan, 2021 yil 12-13 avgust kunlari Toshkentda “Global harakatlarga yoshlarni jalb qilish” mavzusida o‘tkazilgan Yoshlar huquqlari bo‘yicha Butunjahon konferentsiyasi buning yorqin dalolatidir.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, ushbu xalqaro anjumanni o‘tkazish vazifasi, avvalo, Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga doir davlat dasturida belgilab berilgandi. Bu vazifa, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi 46-sessiyasidagi tashabbusi va takliflarini amalga oshirish bo‘yicha Harakatlar rejasida ham ko‘zda tutilgan.
Xalqaro anjuman arafasidayoq tashkilotchilar tomonidan Butunjahon konferentsiyasining rasmiy veb-sayti (http://www.youthforum.uz/) ishga tushirildi. Saytda yoshlar huquqlari, inson huquqlariga oid o‘ndan ortiq videorolik, rasmiy hujjatlar va adabiyotlar, shuningdek, konferentsiya yakuniy hujjatining loyihasi joylashtirildi.
Konferentsiyaning ikki kunlik ishi davomida 67 nafar ma’ruzachi so‘zga chiqdi. Shundan 49 nafari xorijiy ekspertlar, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar vakillari hisoblanadi. Milliy ma’ruzachilar 18 nafar bo‘lib, 10 nafari yoshlardir.
Xalqaro anjumanning 3 ta yalpi hamda 3 ta parallel sessiyalarida 30 dan ortiq ishtirokchi munozaralarda ishtirok etdi. Ushbu qizg‘in munozara va mushohadalar, o‘z navbatida, yoshlarning huquqlari hamda imkoniyatlarini kengaytirish, qonuniy manfaatlarini himoya etishga xizmat qiladi.
Konferentsiya tafsilotlari 50 dan ortiq milliy va 30 dan ortiq xorijiy ommaviy axborot vositalarida yoritildi. Xalqaro anjuman ishi haqida internet va ijtimoiy tarmoqlarda, xususan, Telegram, Instagram, Facebook, Linkedin, Twitter, Vkontakte va boshqa tarmoqlarda ham matnli, foto va videoaxborot tarzida izchil e’lon qilib borildi. Xalqaro anjumanning ish jarayonlari internetning YUtub (youtube) kanali orqali bevosita jonli efirga uzatildi.
Bundan bir yil oldin xuddi shu kunlari yoshlar huquqlarini targ‘ib qilishning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan Inson huquqlari bo‘yicha Samarqand veb-forumi o‘tkazilgandi. Nafaqat mamlakatimiz va mintaqamiz, balki butun sayyoramiz yoshlarining hayotini yaxshilash uchun global hamkorlik muhimligini alohida ta’kidlashga qaratilgan xalqaro anjumanda “YOshlar-2020: global birdamlik, barqaror taraqqiyot va inson huquqlari” nomli Samarqand rezolyutsiyasi qabul qilingandi.
Rezolyutsiyada, jumladan, yoshlar huquqlari har kim foydalanishi zarur bo‘lgan, ammo ayrimlar yoshining kichikligi tufayli bunday imkoniyatdan mahrum etilgan huquqlar ekani qayd etilgan. Ushbu hujjat hozirgi davrda davlatlarning rivojlanishi bilan bog‘liq barcha jarayonlarga yoshlarni yanada keng jalb etish zarurligining har tomonlama tasdig‘idir.
Shu ma’noda, yaqinda bo‘lib o‘tgan Yoshlar huquqlari bo‘yicha Butunjahon konferentsiyasi, shubhasiz, Inson huquqlari bo‘yicha Samarqand forumining mantiqiy davomi hisoblanadi. Chunki Toshkent xalqaro anjumanini o‘tkazishda yoshlar va ularning huquqlarini himoya qilish masalasida yangi g‘oyalar, ustuvor sohalar, amaliy echimlar va yangiliklarni muhokama qilish uchun platforma yaratish va umumiy muammolarni birgalikda hal qilish asosiy maqsad sifatida belgilab olindi.
Bugun dunyoda yoshlar aholining misli ko‘rilmagan darajada ko‘pchilik qismini, ya’ni 2 milliard nafarni tashkil qilmoqda. Bu aksariyat mamlakatlarda, jumladan, O‘zbekistonda ham aholining o‘sib boradigan katta qismi yoshlardan iborat, deganidir. BMT doirasida va undan tashqaridagi muloqot maydonlarida yoshlar masalasi tez-tez muhokama markaziga qo‘yilmoqda. Ammo global rivojlanish davrida oldinga qarab qadam qo‘yish zarurati mavjud.
Joriy yil iyun’ oyida O‘zbekistonga rasmiy tashrif buyurgan taniqli siyosatchi, Parlamentlararo Ittifoqning Bosh kotibi Martin Chungong suhbat chog‘ida bir fikrni afsus bilan ta’kidladi. Sayyoramiz aholisining yarmidan ko‘pini 30 yoshgacha bo‘lgan insonlar tashkil etsa-da, butun dunyo bo‘yicha yosh deputatlarning ulushi 2,6 foizga ham etmas ekan. Oliy martabali mehmon O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich 6 foizdan oshganini yuqori baholadi. Bu — katta e’tirof, albatta.
Parlamentlararo Ittifoqning “Biz parlamentda yoshlarni qo‘llabquvvatlaymiz!” degan ezgu tashabbusi doirasida ilk bor Yoshlar parlamentlari a’zolari bilan xalqaro davra suhbati o‘tkazildi. Ushbu tashabbus asosida siyosiy etuk va faol yigit-qizlarni milliy parlament va mahalliy kengashlar faoliyatiga yanada keng jalb etamiz.
BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Xalqaro yoshlar kuni munosabati bilan yo‘llagan tabrigida shunday deb ta’kidladi: “Men yoshlar vakillariga muzokaralar davrasida ishtirok etishlari uchun yonimizdan joy ajratishni har biringizdan qat’iy so‘rayman. Toki ular hamma uchun keng qamrovli, adolatli va barqaror rivojlanishga tayanadigan hayot barpo etish yo‘lidagi sa’y-harakatlarimizda imkon qadar bizga elkadosh bo‘lsinlar”.
O‘z navbatida, YUNESKO Bosh direktori Odre Azule Xalqaro yoshlar kuniga bag‘ishlangan murojaatida hozirgi kunda yuzaga kelgan murakkab vaziyatda, koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq sharoitga qaramasdan, butun insoniyatning kelajagi hisoblanuvchi yoshlarni qo‘llabquvvatlashga chaqirdi. “Bunda navqiron avlodning favqulodda aql-tafakkuri, kreativligini ishga sola bilishimiz kerak, — dedi O.Azule. — Zero, aksariyat hollarda aynan yoshlar o‘zlarini qiynayotgan muammolarni hal etishning qulay yo‘llarini birinchilardan bo‘lib bizga taklif etishlari bejiz emas”.
CHindan ham, Barqaror rivojlanish maqsadlariga qanchalik erishishimiz bugungi va ertangi yoshlarga bevosita bog‘liq. Shu bois, Butunjahon konferentsiyasi doirasidagi muhokamalarning echimi, sodda qilib aytganda, “Yoshlarning huquqlarini rag‘batlantirish va himoya qilishga qanday qilib ko‘maklashish mumkin?” degan savolga aniq javob topishga va shu mavzu bilan bog‘liq muammolarga amaliy echimlar taklif etishga qaratildi.
Birinchidan, Yoshlar huquqlari bo‘yicha butunjahon konferentsiyasi BMT tomonidan e’lon qilingan tarixiy sana, ya’ni 12 avgust — Xalqaro yoshlar kunida ish boshladi.
Ikkinchidan, Toshkent xalqaro anjumanining tashkil etilishi 2021 yil O‘zbekistonda “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb e’lon qilingani munosabati bilan mamlakatimizda birinchi marta o‘tkazilgan Yoshlar forumi va festivallari millionlab o‘g‘il-qizlarimiz hayotida yorqin iz qoldirgan jo‘shqin davrga to‘g‘ri keldi.
Uchinchidan, Butunjahon konferentsiyasi ishida BMT va ushbu nufuzli tashkilotning butun dunyodagi tuzilmalari hamda boshqa xalqaro tashkilotlardan oliy darajadagi vakillar ishtirok etdi.
To‘rtinchidan, xalqaro anjuman sayyoramizdagi yoshlarning hayotini yaxshilash uchun global hamkorlikning muhimligini alohida ta’kidlashga xizmat qildi. Ana shu to‘rt xususiyatning har birida o‘ziga xos ramziy ma’no bor. Qolaversa, Butunjahon konferentsiyasi ham shaklan, ham mazmunan betakror ahamiyat kasb etdi.
Shaklan yondashganda, pandemiya tufayli yoshlarga mos axborot texnologiyalarini qo‘llagan holda, konferentsiya gibrid tarzda — onlayn va oflayn formatlarda o‘tkazildi. Mazmun jihatidan esa, u aynan yoshlar huquq va erkinliklariga bag‘ishlangani bilan alohida ajralib turdi. Butunjahon konferentsiyasida qatnashgan xorijiy ishtirokchilarning umumiy soni — 40 dan ortiq davlatdan 150 dan ziyod vakil, milliy ishtirokchilar esa, 350 dan ortiq kishidan iborat bo‘ldi. Ishtirokchilar orasida:
O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan 20 dan ortiq diplomatik missiya vakillari bor. Eng asosiysi, ishtirokchilarning 70 foizdan ziyodi yoshlardir, shularning 40 foizi yosh qizlardir.15

Download 81,84 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 81,84 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II BOB. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATINING ASOSIY ISTIQBOLLARINI AMALGA OSHIRISHNING OʼZIGA XOS XUSUSIYATI

Download 81,84 Kb.