Ayni damda yoshlar siyosati natijalari va erishilgan yutuqlar




Download 81,84 Kb.
bet7/9
Sana15.12.2023
Hajmi81,84 Kb.
#119680
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Rajapova Nasiba

2.2. Ayni damda yoshlar siyosati natijalari va erishilgan yutuqlar
Mamlakatimizda bitiruvchilarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini 10 yil ichida 2,5 barobarga oshirish rejalashtirilgan. 2021 yilda bu ko‘rsatkich 28 foizni tashkil etdi. Bunday ko‘rsatkichga nafaqat mavjud oliy ta’lim muassasalarining qabul kvotalarini oshirish orqali, balki yangi oliy ta’lim muassasalarini ochish orqali ham erishish rejalashtirilgan. Hozirgi kunda mamlakatimizda oliy ta’lim muassasalari jami 159 ta, ulardan universitetlar 30 ta, institutlar 45 ta, akademiyalar 3 ta, filiallar 28 ta, Konservatoriya 1 ta, chet el OTM filiallari 28 ta, nodavlat oliy ta’lim muassasalari 24 tani tashkil etadi. Shunga munosib ravishda oliy ta’lim muassasalariga talabalarning qabul kvotasi ham mutanosib ravishda oshirildi. Jumladan, 2014 yilga nisbatan 2020 yilda OTMlari soni 1,9 barobarga oshgan, OTMlarga hujjat topshirgan abiturientlar soni hamda qabul kvotasi natijalari esa mos ravishda 3,2 va 2,6 barobarga oshgan.
Shuningdek, 2014-2016 yillarda oliy ta’lim muassasalari va ularda o‘qish niyatini bildirgan abiturientlar sonining oshishiga qaramay, qabul kvotasi natijalarida kamayish tendensiyasi kuzatilmoqda, ya’ni abiturientlari soni 2016 yilda 2 014 yilga nisbatan 21,7 foizga oshishiga qaramay, qabul kvotasi natijalari 4,5 foizga kamaygan. 2017 yilga kelib esa, barcha tarmoq va sohalarda sodir bo‘lgan o‘zgarishlar kabi oliy ta’lim tizimida ham tub islohotlar amalga oshirildi. Jumladan. oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotasi 2016 yilgan qaraganda 35 foizga oshdi. Ushbu islohotlarni keyingi yillarda ham davom ettirish natijasida 2020 yilga kelib qabul kvotasi 2016 yilga qaraganda 2,7 barobarga oshishiga erishildi.
Respublikaning 16 ta oliy ta’lim muassasasida 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Birgina 2019-2020 o‘quv yilining o‘zida AQSh, Germaniya, Fransiya Italiya, Finlyandiya, Niderlandiya, Turkiya, Indoneziya, Isroil va boshqa 22 ta davlatning 104 ta yetakchi universitetlari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlarida kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda oliy ta’lim tizimini isloh qilish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlarga qaramay, yuqori malakali kadrlar tayyorlash borasida oliy ta’lim tizimi oldida bugungi kunda o‘z yechimini kutayotgan bir qator dolzarb muammo va kamchiliklar saqlanib qolmoqda, jumladan:
- bitiruvchilarning oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi pastligicha qolmoqda. Bu ko‘rsatkich 2016 yilda 9 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2018 yilga kelib 15 foizni va 2021 yilda esa 28 foizni tashkil etdi. Biroq bu ko‘rsatkich rivojlangan mamlakatlarda 60-70 foizni tashkil etadi;
- oliy o‘quv yurtlari bilan kadrlar buyurtmachilarining o‘zaro hamkorlikda kadrlar tayyorlash bo‘yicha ishlar samarali tashkil etilmagan. Buning natijasida, birinchidan nazariya va amaliyotning uyg‘unligi ta’minlanmaydi, ikkinchidan bitiruvchilarning ish bilan bandligini ta’minlanishida qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi, uchinchidan ish beruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga investisiyalar kiritishi, homiylik yordamlarini ko‘rsatishi, amaliyot jarayonida mavjud muammolarni olimlar bilan hamkorlikda bartaraf etishda faolliklari pastligicha qoladi;
- oliy o‘quv yurtlarining innovasion faoliyati hamda tadqiqot natijalarini amaliyotga keng joriy etish va ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatiga iqtidorli yosh olimlar va talabalarni jalb etish natijadorligi yetarli darajada emasligi, shuningdek ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasi ta’minlanmagan;
- talabalar turar joylari, kutubxonalar, sport sog‘lomlashtirish va ijtimoiy infratuzilma ob’ektlari quvvatlari mavjud ehtiyojni qanoatlantirmaydi, shuningdek ularning aksariyat qismida bugungi kun talablariga javob beradigan moddiy-texnik baza shakllantirilmagan.
Oliy o‘quv yurtlarining zamonaviy o‘quv va ilmiy laboratoriyalar bilan jihozlanish darajasi yetarli darajada emas, xalqaro standartlarga javob beruvchi o‘quv laboratoriya uskunalarining ulushi atigi 10 foizni tashkil etadi, shuningdek o‘quv jarayoni laboratoriya materiallari bilan yetarli darajada ta’minlanmagan;
- oliy o‘quv yurtlari mablag‘larining asosiy qismi ish haqiga sarflanib, o‘quv va ilmiy laboratoriyalarni modernizatsiyalashga, bino va inshootlarni kapital hamda joriy ta’mirlashga yetarlicha mablag‘ yo‘naltirilmagan. Buning asosiy sabablaridan biri oliy ta’lim muassasalari moliyaviy mablag‘larining yetishmasligi hisoblanib, uni bartaraf etish maqsadida moliyalashtirish manbalarini kengaytirish, uni diversifikatsiya qilish lozim;
- oliy ta’lim muassasalarini moliyalashtirish manbalarining diversifikatsiya qilinmaganligi, uning asosiy manbasini to‘lov-kontrakt summalari tashkil etishi;
- oliy ta’lim muassasalarini moliyalashtirishda hududiy omillarni hisobga olmaslik va mahalliy byudjet mablag‘laridan foydalanmaslik;
- oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qiutvchilari hamda ishchi xodimlarining ish haqi va unga ustamalar hisoblashning samarali tizimi ishlab chiqilmagan va boshqalar.16
Mazkur muammolarning bartaraf etilishi nafaqat oliy ta’lim muassasalarining reytingini va ta’lim sifatini oshishiga olib keladi, balki ularning moliyalashtirish mexanizmiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Bu borada ilg‘or xorijiy tajribalarni tahlil qilish natijasida ularning ayrimlaridan mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarini moliyalashtirish tizimida ham foydalanish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
Mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, farzandlarimizning jahon andozalariga mos sharoitlarda zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashlari, jismoniy va ma’naviy jihatdan yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishlarini ta’minlash, ularning qobiliyat va iste’dodi, intellectual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, yoshlarimiz qalbida ona yurtga sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini kamol toptirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. So‘nggi 5 yil ichida oily ta’lim tizimida ham ko‘plab yangiliklar va islohotlar natijasida tizimda ijobiy o‘zgarishlar bo‘lyapti. Ushbu maqolada, oliy ta ‘lim tizimidagi islohotlar va yangiliklar tahlil qilinib, fikr yuritiladi.
Prezidentimizning 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida"gi farmonida ijtimoiy soha, xususan, ta’lim va ilm-fan sohalarini rivojlantirish borasida bir qator vazifalar belgilangan. Hujjatda ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi ta’lim muassasalarini qurish, ta’mirlash va kapital ta’mirlash barobarida ularni zamonaviy o‘quv va laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash nazarda tutilgan.17
Shuningdek, 2030-yilga qadar respublikadagi barcha oily ta’lim muassasasi (OTM)ning 85 foizi, jumladan, 2020/2021-oʻquv yilining oʻzida 33 ta oily ta’lim dargohini kredit-modul tizimiga oʻtkazish koʻrsatib oʻtildi. Kredit-modul tizimi, bu — ta’limni tashkil etish jarayoni boʻlib, oʻqitishning modul texnologiyalari jamlamasi va kredit oʻlchovi asosida baholash modelihisoblanadi. Uni bir butunlikda olib boorish serqirra hamda murakkab tizimli jarayondir. Kredit-modul tamoyilida ikkita asosiy masalaga ahamiyat beriladi: talabalarning mustaqil ishlashini ta’minlash hamda talabalar biliminireytingasosidabaholashgaasoslanadi. Kredit-modul tizimining asosiy vazifalari sifatida quyidagilar e’tirof etiladi:

  • oʻquv jarayonlarini modul asosida tashkil qilish;

  • bitta fan, kurs (kredit)ning­qiymatini aniqlash;

  • talabalar bilimini reyting bali asosida baholash;

  • talabalarga oʻzlarining oʻquv rejalarini individual tarzda tuzishlariga imkonyaratish;

  • ta’lim jarayonida mustaqil ta’lim olishning ulushini oshirishga xizmat qiladi. Bunda dars mashgʻulotlarini nafaqat oʻqitishni innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida olib borish, balki talabadan mustaqil oʻqib-oʻrganish, ta’limga yangicha munosabatda boʻlish, mehnat bozori talabidan kelib chiqib, zaruriy va chuqur nazariy bilimlarni egallash, amaliy koʻnikmalarini shakllantirishga oʻrgatishdan iboratdir.



XULOSA
Xulosa qilib aytganda, so‘nggi yillarda ta’lim tizimida turli xildagi yangiliklar va islohotlar bu oily ta’lim tizimida ta’lim sifatining ortishiga yordam beradi. Jumladan, modul kredit tizimi orqali talabaning kasbiy rivojlanish va kamol otiga ijobiy ta’sir qilish mumkin. Ya’ni ularning mehnat bozorida o‘z o‘rinlarini topishlarida zamonaviy talablarga javob beraoladigan inson capitalini o‘zlarida shakllantirishga qaratilgandir. Ta’limda sifatning ortishi salohiyatli kadrlar yetishtirib chiqarishga ham yordam beradi. Shuboisdan ham, biz oily ta’limdagi barcha islohotlar va yangiliklarni qo‘llab-quvvatlaymiz, shuningdek, kelgusida tashabbuskorlik bilan biz ham oilygohimizda ko‘plab yangiliklar qilishni hamda xorijiy universitetlarda o‘qituvchilarimizni tajribasini orttirishni maqsad qilganmiz.
Soʻnggi yillarda olib borilgan islohotlar samarasi oʻlaroq, mamlakatimizda yoshlarni qoʻllab-quvvatlashning kompleks tizimi yaratildi. Bilimli, keng dunyoqarashga ega vatanparvar yigit-qizlarni tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri etib belgilandi. Yoshlarga muammo emas, rivojlanishning asosiy drayveri, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning faol ishtirokchisi, yangi gʻoyalarning dadil tashabbuskori, xalqimizning tayanchi va suyanchi sifatida yondashilmoqda.
Oʻzbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqish, sohadagi muammolarga yechim topish, vakolatli organlar faoliyatini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish maqsadida 2020-yilda davlat organi — Yoshlar ishlari agentligi tashkil etildi.
Yoshlar bilan bogʻliq soha va yoʻnalishlardagi muammolarni hal etishga qaratilgan dasturlarni amalga oshirish maqsadida yaxlit infratuzilma yaratildi. Jumladan, Oliy Majlis Senatida Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi tashkil etildi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida esa Yoshlar masalalari boʻyicha komissiya faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshida Yoshlar akademiyasi tashkil etildi. Mamlakatda ilk bor ish boshlagan Oʻzbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi respublika boʻylab 70 dan ortiq volontyorlik guruhlarini birlashtirdi.
Chet elda oʻqiyotgan va mehnat qilayotgan yoshlarimiz bilan doimiy aloqalar oʻrnatish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda qoʻllab-quvvatlash maqsadida Oʻ zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi tashkil etildi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Yoshlar — 2030 kun tartibi” dasturiga koʻra, yoshlarning sifatli bilim olishi uchun imkoniyat yaratish barcha davlatlarning zimmasidagi eng asosiy vazifalardandir. Mamlakatimizda taʼlim tizimida keng koʻlamli islohotlar natijasida Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etildi.
Keyingi besh yilda oliy taʼlim muassasalari soni ikki barobar oshirilib, 2016-yildagi 77 tadan 141 taga yetdi, oliy taʼlimga qabul kvotasi ham 3 barobar oshirilib, 28 foizga yetkazildi. Yosh ayol-qizlarning taʼlim olishi uchun qoʻshimcha imkoniyat yaratilib, 3 ming nafardan ortiq qiz uchun alohida grantlar ajratilgani ham taʼkidlab oʻtishga arzigulik dalil.
Oliy taʼlim muassasalarida aʼlo baholarga oʻqiyotgan 3,5 ming talabaning shartnoma toʻlovi uchun 10 milliard soʻm mablagʻ ajratildi. Chin yetim, nogiron, Mehribonlik uyida tarbiyalangan va boquvchisini yoʻqotgan 729 nafar talabaning 2,1 milliard soʻmlik toʻlov shartnoma mablagʻlari “Yoshlar taʼlim granti” loyihasi doirasida, 3,5 ming nafarga yaqin talabaning 13 milliard soʻmlik toʻlov shartnoma mablagʻlari “Yoshlar daftari jamgʻarma”lari hisobidan qoplab berilgani ham bu boradagi islohotlar samarasidir.
Soʻnggi besh yilda yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qoʻshib kelayotgan isteʼdodli va fidoyi oʻgʻil-qizlarning 795 nafari davlat mukofotiga sazovor boʻldi. Jumladan, 142 nafar yigit “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti, 61 nafar yosh esa “Kelajak bunyodkori” medali, 592 nafari “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangani ham ular muvaffaqiyatining yuksak eʼtirofidir. Ilm yoʻlini tanlagan iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida doktorantura bosqichi uchun kvota ikki barobarga oshirilgani ular safining kengayishiga sabab boʻlayotir. 2020-yildan boshlab bu kvotani har yili 50 foizga oshirib borish tartibi joriy etildi. Ushbu maqsadlar uchun har yili qoʻshimcha ravishda 100 milliard soʻm mablagʻ ajratilishi belgilandi.

Download 81,84 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 81,84 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ayni damda yoshlar siyosati natijalari va erishilgan yutuqlar

Download 81,84 Kb.