|
Hududlardagi yoshlar soni
|
bet | 4/9 | Sana | 15.12.2023 | Hajmi | 81,84 Kb. | | #119680 |
Bog'liq Rajapova NasibaHududlardagi yoshlar soni:
Qoraqalpog‘iston – 544 011 kishi (27,5%);
Andijon viloyati – 871 191 nafar (26,2 foiz);
Buxoro viloyati – 519 768 nafar (25,9 foiz);
Jizzax viloyati – 418 659 nafar (28,4%);
Qashqadaryo viloyati – 976 661 nafar (28,0%);
Navoiy viloyati – 274275 nafar (26,0%);
Namangan viloyati – 803 078 nafar (26,8 foiz);
Samarqand viloyati – 1143004 kishi (27,8%);
Surxondaryo viloyati – 787 816 nafar (28,1 foiz);
Sirdaryo viloyati – 249 903 nafar (27,9 foiz);
Toshkent viloyati – 767,6 ming kishi (25,6%);
Farg‘ona viloyati – 1051980 nafar (26,5%);
Xorazm viloyati – 541554 nafar (27,7%);
Toshkent - 704 851 kishi (23,8%).
O‘zbekistonda OTMlar va ulardagi talabalar soni qancha ?
Respublikada jami 190 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari (OTM) mavjud bo‘lib, ularda 1 milliondan ortiq talaba tahsil oladi. Eng ko‘p oliy o‘quv yurtlari poytaxtda joylashgan. Toshkentdagi 82 ta oliy o‘quv yurtida 350 mingdan ortiq talaba o‘qiydi. Eng kam oliy o‘quv yurtlari esa Sirdaryo viloyatiga to‘g‘ri keladi. U yerda 21 mingdan ortiq talaba tahsil oladigan 3 ta universitet mavjud.6
“Bugun biz demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, aholining siyosiy faoliyatini oshirish, fuqarolarning mamlakatimiz siyosiy va ijtimoiy hayotdagi amaliy ishtiroki haqida so‘z yuritar ekanmiz, - deb ta’kidlaydi Sh.M.Mirziyoyev, - albatta axborot erkinligini ta’minlamasdan, ommaviy axborot vositalarini odamlar o‘z fikr va g‘oyalarini, sodir bo‘layotgan voqealarga o‘z munosabati va pozitsiyasini erkin ifoda etadigan minbarga aylantirmasdan turib, bu maqsadlarga erishib bo‘lmasligini o‘zimiz yaxshi tasavvur etamiz”.7
“Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi”da qayd etilganidek, huquqiy bilimlarni OAV orqali targ‘ib qilish tizimini takomillashtirish muhim ahamiyatga ega. OAV huquqiy mavzulariga e’tiborni kuchaytirish, aholi o‘rtasida ko‘proq ko‘tarilayotgan huquqiy masalalarni davriy nashrlar sahifalarida, televideniye va radio eshittirishlarida tushuntirib berish borasidagi hissasini keskin oshirish zarur vazifadir”. Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish va ular bo‘yicha faoliyat yuritish har bir shaxs uchun jinsi, yoshi, millati, ijtimoiy kelib chiqishi va yana boshqa senzlardan qat’iy nazar majburiydir. Shuning uchun ham mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha ijobiy o‘zgarishlar zamirida har tomonlama barkamol – jismonan sog‘lom, aqlan yetuk, nafaqat ko‘plab bilimlarni, hozirgi davrda talab katta bo‘lgan kasb-hunarlarni egallagan, ayni paytda, mustaqil va ijodiy fikrlashga qodir, intellektual salohiyati yuksak yosh avlod to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishdek ustuvor maqsad mujassam ekani tabiiydir.8
Xususan, Prezidentimizning 2020-yil 29-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va fanni tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoniga asosan Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litseyda oʻqishga qabul tizimi, taʼlim faoliyati, moddiy-texnik baza tubdan yangilangan. 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab TDYUU qoshidagi akademik litseyning barcha fanlar boʻyicha yuqori natijalarga erishgan bitiruvchilari Toshkent davlat yuridik universitetiga kirish test sinovlarisiz, yakka tartibda suhbat oʻtkazish orqali, toʻlov-kontrakt asosida, qabul parametrlaridan tashqari kirish huquqiga ega boʻldi.
Pedagogik xodimlar esa yuqori malakali, kasbiy tayyorgarlikka va axloqiy meʼyorlarga ega kadrlar bilan toʻldirilgan boʻlib, biz yoshlarga oʻtilayotgan oʻquv mashgʻulotlari har bir fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda zamonaviy taʼlim texnologiyalari va innovatsion oʻqitish metodlari asosida amalga oshirilmoqda.
|
| |