Yoshlar ijtimoiy-siyosiy faolligi tushunchasi va uning mohiyati




Download 81,84 Kb.
bet5/9
Sana15.12.2023
Hajmi81,84 Kb.
#119680
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Rajapova Nasiba

Yoshlar ijtimoiy-siyosiy faolligi tushunchasi va uning mohiyati

Yoshlar ijtimoiy-siyosiy faolligi tushunchasi va uning mohiyati yoshlar ijtimoiy-siyosiy faolligining fuqarolik jamiyatini shakllantirishdagi muhim omil sifatidagi o‘rni va ahamiyatini tahlil etishda eng avvalo, unga oid bo‘lgan ilmiy kategoriyalarni o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Xususan, bunda “faollik”, “siyosiy faollik”, “ijtimoiy- siyosiy faollik”, “huquqiy faollik”, kabi siyosiy-huquqiy kategoriyalarning mazmun va mohiyatini hamda ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik masalalarini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. “Ijtimoiy-siyosiy faollik” tushunchasini tadqiq etishda uning asosiy birikmasi hisoblangan “faollik” atamasini tahlil qilish lozim bo‘ladi. “Faollik” tushunchasi shu darajada keng mazmun kasb etganki, ayrim hollarda undan foydalanish izoh talab etadi. Bundan tashqari, “faol” atamasi harakatchan, serg‘ayrat, rivojlanuvchi degan ma’nolarni anglatadi. “Faollik” tushunchasi asosan “faoliyat” tushunchasining sinonimi sifatida ham qo‘llaniladi. Insonning faolligi atrof muhitni o‘z ehtiyojlari, qarashlari, maqsadlariga muvofiq o‘zgartirish qobiliyati sifatida alohida mazmun-mohiyat kasb etadi. Tegishli adabiyotlarda shaxs faolligining bir qator belgilar bo‘yicha farqlanishi haqida so‘z boradi. Bu boradagi yondashuvlarni umumlashtirgan holda faollikning quyidagi shakllarini ko‘rsatib o‘tish mumkin: “faollik” va “faoliyat” tushunchalarining mohiyatan yagonaligidan dalolat beruvchi faoliyat shakli sifatidagi faollik; insonda o‘z ichki munosabati vujudga kelgan, uning individual tajribasi aks etgan faoliyat sifatidagi faollik, atrof muhitni o‘zgartirishga qaratilgan faoliyat sifatidagi faollik; shaxsiy ahamiyatga molik faoliyat: insonning o‘z shaxsiyatini namoyon etish ko‘rinishidagi faolligi hamda o‘zini qurshagan muhit bilan o‘zaro ta’sirga kirishish mahsuli sifatidagi faollik.
Bundan tashqari, iqtisodiy faollik, g‘oyaviy faollik, madaniy faollik kabi tushunchalari mavjudligini o‘zi uning yo‘nalishlari, sohalari xilma xil ekanligini bildiradi. Faollik sohalari insonlar, shaxslar yoki muayyan ijtimoiy guruh qatlamlar faoliyati bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ajralib qolmagan. Faollik ana shu ijtimoiy qatlamlar, xususan yoshlar ongi, dunyoqarashi, xulq-atvori, hayotiy maqsad va intilishi ularning milliy g‘oyaviy qiyofalari bilan bog‘liq holda amalga oshadi. Shunda yoshlar faolligi, faol yoshlar, yoshlarning ijtimoiy faolligi, siyosiy faol yoshlar atamasi ishlatiladi.
Faollik muayyan ijtimoiy guruh yoki qatlamning jamiyat va davlat, ishlariga munosabati, unga to‘g‘ri yondashuvi, mas’uliyat hissi, fuqarolik tuyg‘usi sifatida namoyon bo‘ladi. Faollik ayni paytda o‘zlikni anglashni ham ifodalaydi.9
Bundan tashqari, “huquqiy madaniyat” tushunchasidan kelib chiqib, siyosiy faollikka yoshlarga tabiatan xos bo‘lgan siyosiy-huquqiy xususiyat sifatida yondashish mumkin. Bu siyosiy-huquqiy xususiyat huquqiy va siyosiy muhit bilan insonning o‘zaro aloqasi jarayonida shakllanadi hamda uning siyosat va huquqiy tartibga solish sohasida faol ish olib borish qobiliyatini ifodalaydi. Shuning uchun ham siyosiy-huquqiy faollik - bu faoliyatning qizg‘inlik va ayni vaqtda yoshlarning huquqiy madaniyati va siyosiy madaniyati darajasini aks ettiruvchi omil sifatida amal qiladi. Bu haqida “huquqiy bilimlarsiz huquqiy madaniyat bo‘lishi mumkin emas”1deb, aytilgan. Shuningdek, yoshlar siyosiy-huquqiy faolligi shakllanish jarayonining mazmuni o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi:
1) huquqni bilish (informatsion jihat);
2) huquqqa bo‘lgan munosabat (nisbiy jihat);
3) qonuniy xulq-atvorga qarab mo‘ljal olish (tartibga solish jihati);
4) o‘z qonuniy xulq-atvorining zarurligini anglab etish (kognitiv jihat).
Bundan tashqari, yoshlar deganda mamlakat aholisining eng yosh va tez o‘zgaruvchan va saloxiyatini tashkil etuvchi, o‘zining ijtimoiy tarkibi jixatidan bir-biriga yaqin bo‘lgan qatlam tushuniladi. Ular ijtimoiy hayotda, shunchaki oddiy kuzatuvchi sifatida ishtirok etmasliklari uchun, ular avvalo faoliyatda bo‘lishlari kerak bo‘ladi. Faoliyat orqali yoshlar o‘zlarining ijtimoiy-siyosiy faolligini anglab boradilar. Ijtimoiy- siyosiy faollik nuqtai nazaridan yoshlarni o‘z oldilariga qo‘ygan maqsadlariga ko‘ra shartli ravishda ikki guruhga bo‘lib o‘rganish mumkin:

  1. Siyosiy-ijtimoiy faol yoshlar.

  2. Siyosiy-ijtimoiy hayotdan uzoq, faol bo‘lmagan yoshlar.

  3. Shuningdek, “siyosiy faollik” tushunchasini keng va tor ma’nolarda talqin etish mumkin.

Keng ma’noda uni yoshlarning davlat va jamiyat qurilishi, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga munosabati, mas’uliyati nuqtai nazaridan talqin etish mumkin. Tor ma’noda, uni siyosiy ishtiroki va siyosiy munosabatlar nuqtai-nazaridan yoshlarni jamiyatning siyosiy hayotida bevosita yoki bilvosita munosabatini ifoda etadi.
Yoshlarni, bugungi kunda shartli ravishda “siyosiy faol” va “faol bo‘lmagan” guruhga bo‘lish mumkin. Bularga quyidagilar kiradi: 1. Siyosiy o‘zgarishlarni aniq idrok etgan; 2. Demokratik jarayonlarga o‘z hissasini qo‘shayotgan; 3. Qonunlar qabul qilish, uni hayotga tadbiq etishda befarq bo‘lmagan; 4. Mustaqillikni mustahkamlash, Vatan, el-yurt va xalqning taqdiri va istiqboli uchun qayg‘urayotgan; 5. Muayyan siyosiy partiya yoki ijtimoiy xarakatlar bilan o‘z faoliyatini bog‘lagan, shunga ehtiyoj sezgan; 6.ijtimoiy zararli illatlar ko‘rinishlari bilan murosa qilolmaydigan yoshlarni siyosiy faol qatlam deyish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasida esa 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lganlar yoshlar hisoblanadi. Xulosa o‘rnida yoshlar ijtimoiy-siyosiy faolligi tushunchasi va uning mazmun mohiyati o‘ziga xos tarzda shakllangan bo‘lib, o‘z tarkibiga “faollik”, “ijtimoiy faollik”, “siyosiy faollik”, “iqtisodiy faollik” kabi kategoriyalarini ilmiy jihatdan tadqiq etishda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Shuningdek, hozirgi kunda fan - texnika rivoji axborot kommunikatsiya - texnologiyalarining taraqqiy etishi bilan bir qatorda axborot almashinuv jarayonlari tezlashib bormoqda. Bundan tashqari, Prezidentimizning “yuksak ma’naviyat-engilmas kuch” asarida bugungi murakkab globallashuv davrida ma’naviyat sohasida vujudga kelayotgan dolzarb muammolar, xalqimizning, ayniqsa, yoshlarimiz ma’naviyatini asrash va yuksaltirish, yosh avlodning qalbi va ongini turli zararli g‘oya va mafkuralar ta’siridan saqlash va himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Shu bilan birga yoshlarning huquqiy, ijtimoiy-siyosiy faolligi davlat va jamiyat qurilishida katta o‘ringa egadir.
Bu to‘g‘risida Prezident Sh.M.Mirziyoyev “O‘z haq-huquqlarini taniydigan, o‘z kuchi va qobiliyatiga tayanib yashaydigan, atrofida ro‘y berayotgan voqea- hodisalarga mustaqil munosabatda bo‘ladigan, shu bilan birga, o‘z shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg‘un holda ko‘radigan erkin shaxsni shakllantirish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish darkor”, deb ta’kidlaydi.
Vazirlar Mahkamasining 18.01.2021 yildagi «Oʻzbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi 23-son qarori qabul qilindi.
Konsepsiya BMTning “oshlar–2030” strategiyasida belgilangan “Yoshlar manfaatlarini koʻzlab, ular bilan ishlash» bosh tamoyiliga asoslanadi. Shuningdek hujjat bilan Konsepsiyani 2021-2022 yillarda amalga oshirish boʻyicha “yoʻl хaritasi” tasdiqlandi. Konsepsiya 2023 yildan boshlab har yili tasdiqlanadigan tegishli “yoʻl хaritalari” asosida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Yoshlar ishlari agentligiga vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda quyidagi vazifalarni amalga oshirish topshirildi:

  • 2022 yildan boshlab har yili 1 dekabrga qadar tegishli “Yoʻl хaritasi” bajarilishi yakunlarini batafsil oʻrganish asosida keyingi yil uchun “Yoʻl хaritasi”ni ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish;

  • tegishli “yoʻl хaritalari”ning bajarilishi ustidan doimiy monitoring olib borish.

  • Konsepsiyada quyidagi vazifalarni bajarish nazarda tutilgan:

  • yoshlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan huquqiy bazani takomillashtirish;

  • ta’limning barcha bosqichlarida yoshlarning sifatli ta’lim olishini ta’minlash, hududlarda inklyuziv ta’lim rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratish;

  • yoshlarga munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ularning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish;

  • yoshlarni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda aхborot teхnologiyalaridan foydalanish koʻnikmalarini rivojlantirish, ular oʻrtasida kitobхonlikni targʻib qilish, хotin-qizlar bandligini ta’minlashga qaratilgan “Besh muhim tashabbus”ni amalga oshirish;

  • ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor yoshlar, mehribonlik uylarida tarbiyalangan, yetim bolalar, boquvchisini yoʻqotgan va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash;

  • yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlar jamoat tashkilotlari va volontyorlik harakatlarini qoʻllab-quvvatlash va boshqalar.

Davlat rahbari tomonidan yosh avlodni shakllantirishning dastlabki pallasida tarbiya masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Jumladan, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev deyarli barcha islohotlarning bardavomligini yoshlarni qoʻllab-quvvatlash siyosatida koʻrayotganining yaqqol tasdigʻi sifatida boshlangʻich, oʻrta va oliy taʼlim islohotidir.Bu islohotlarning yutugʻi esa, bu sohadagi korrupsiyaga qarshi kurashni, hamda yoshlarning davlat va qonunlarga ishonchini ortirmoqda.
Xorijiy taʼlim muassasalaridan oʻzimizdagi oliy taʼlim oʻquv yurtlariga oʻqishini koʻchirish, test jarayotnlari, bir vaqtning oʻzida 5 ta OTMda bilimini sinab koʻrish masalalalri buning yorqin misolidir.
Bugungi kunda kadrlar huquqiy madaniyatini oshirish yoʻlida koʻp yillik mehnat stajiga ega boʻlib, rahbar davzimlarida ishlabyurgan yoshlar imtiyozli magistratura bosqichida oʻqishga tavsiya etish borasidagi hukumat qarorlari ham diqqatga sazovor.
Kuni-kecha davlatimiz rahbarining yoshlr bilan uchrashuvida ham yana yangi imkoniyatlar tilga olindiki, bu Yangi Oʻzbekitondagi yoshlarimizning dunyoqarashini ham tubdan oʻzgaritirishga asos boʻldi. Jumladan, ulardan biri keyingi yildan oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarida eng yuqori ball toʻplagan 200 nafar yosh uchun Prezident granti joriy etiladi. Shuningdek, ikki va undan ortiq farzandi oliy oʻquv yurtida shartnoma asosida oʻqiyotgan oilalarga imtiyozli taʼlim krediti berish yoʻlga qoʻyiladi. Yoshlarimizning nufuzli xorijiy oliy oʻquv yurtlarida tahsil olishi uchun koʻmaklashishga alohida eʼtibor qaratamiz.10
Jumladan, xalqaro taʼlim dasturlari boʻyicha eng yuqori ballarni toʻplagan iqtidorli yoshlarga imtihon topshirish xarajatlari toʻliq qoplab beriladi.Uchinchidan, izlanuvchi yoshlarni ragʻbatlantirish maqsadida “Yosh olimlar” innovatsion tanlovi uchun 30 milliarddan ortiq mablagʻ ajratilganining oʻzi ham katta imkoniyatdir. Toʻrtinchidan, 2021-yildan boshlab maktab oʻquvchilari va oliy oʻquv yurtlari talabalari oʻrtasida “Boʻlajak olim” tanlovini tashkil qilish orqali yoshlarning eng yaxshi innovatsion hamda startap loyihalariga 50 milliard soʻm mablagʻ yoʻnaltirish boʻyicha koʻrsatma berilishi ham diqqatga sazovordir.
Oltinchidan esa, kelgusi oʻquv yilidan boshlab respublikamizdagi xorijiy oliy oʻquv yurtlarining bakalavriat bosqichi talabalari uchun ham Prezident va davlat stipendiyalari joriy etilishi yoshlarni yuksak axloq va kuchli bilim sohibi hamda vatanparvarlik ruhida voyaga yetishida yaratilgan imkoniyatning muvaffaqiyat asosi,- degan ishonchdamiz.
Yana bir quvonarli xabar shundaki, ilm yoʻlini tanlagan iqtidorli yoshlarimizni qoʻllab-quvvatlash maqsadida keyingi yildan boshlab magistratura va doktorantura bosqichlari uchun Prezident stipendiyasi kvotasini ikki barobarga oshiramiz. Ishonchim komilki, bunday imkoniyat va imtiyozlarga avvalo yangi Renessans poydevorining bunyodkorlari sazovor boʻladi, - deb taʼkidlagan davlat rahbarining ishonchi, yangi yil arafasida yoshlar uchn yaratilgan bunday imkoniyatlar yangi Oʻzbekistonning Renessans yoʻlidagi yangi va ildam qadami boʻldi.



Download 81,84 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 81,84 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yoshlar ijtimoiy-siyosiy faolligi tushunchasi va uning mohiyati

Download 81,84 Kb.