• Birinchidan
  • Ikkinchidan
  • Ijtimoiy fanlar




    Download 8,04 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet62/169
    Sana30.05.2024
    Hajmi8,04 Mb.
    #257450
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   169
    Bog'liq
    133 Fuqarolik jamiyati

    Uchinchidan,
    fuqarolarning ham qonunlardan to‘la foydalanishga 
    salohiyati etarli darajada bo‘lmasligi. Ammo, nima bo‘lganda ham qabul qilingan qonunlarga amal qilish 
    hayotiy zaruriyat hisoblanadi. CHunki, u nafaqat, huquqlar tizimi bilan, shuningdek mamlakatning 
    iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-ma’rifiy hayoti bilan bog‘liqdir. Ularni o‘zida ifodalagan 
    qonunlarning “ishonmasligi” yoki poymol qilinishi mavjud ekan, jamiyat hayotida ijobiy o‘zgarishlar 
    sodir bo‘lmaydi.
    Mamlakat va fuqarolar manfaatlarining uyg‘un holatda amalga oshuvining asosiy mexanizmi 
    qonunlar oldida oddiy fuqarodan tortib eng yuqori lavozimni egallab turgan amaldorlarga barobarligi, 
    ularning qonunlarga so‘zsiz itoat qilishi hisoblanadi. Bu tamoyilni shakllantirish O‘zbekistonda 
    qurilayotgan demokratik jamiyatning asosiy vazifasi sifatida qaralmoqda.
    Qonun ustuvorligiga xilof ish qilish va unga mensimay qarash, mansabdor shaxslar tomonidan 
    qonunlarning oyoq osti qilinishi, ulardan g‘arazli maqsadlarda foydalanish qonunlarni obro‘sizlantiradi, 
    davlat va jamiyatning ma’naviy asoslariga putur etkazadi, xalqning noroziligiga, haqqoniy e’tirozlariga 
    sabab bo‘ladi. Ayniqsa, fuqarolarning davlat tuzilmalari bilan munosabatlari jarayonida qonunlarga rioya 
    etilishi yoki rioya etilmasligi fuqaro – davlat munosabatlarining butun bir tizimdagi ijtimoiy adolat 
    qoidalarining holatini belgilab beradi.
    SHu o‘rinda mahalliy hokimiyat vakillari to‘g‘risida alohida to‘xtalib o‘tish zarur deb o‘ylaymiz. 
    Zero, islohotlarni amalga oshirishda, joylarda adolat qoidalarini o‘rnatishda ularning o‘rni katta bo‘lishi 
    zarur. Buning o‘rniga mahalliy hokimiyat vakillari, hatto hokimlar tomonidan inson huquqlarini buzish 
    holatlari, afsuski sodir etilmoqda.
    Prezidentimiz ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisining to‘qqizinchi sessiyasida “Adolat - qonun 
    ustuvorligida degan hayotiy tamoyilga qat’iy amal qilib yashash g‘oyasi ham fuqarolik jamiyatini 
    shakllantirishning asosiy yo‘nalishlaridan birini tashkil etadi” – deb ko‘rsatgan edi. Lekin qonunlarga 
    itoat qilishda, uning ijrosini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan kishilar har doim oddiy fuqarolarga “etalon” 
    bo‘lishlari lozim bo‘ladi. Ular tomonidan qonunlarning buzilishiga qaratilgan har bir kichik xatti-
    harakatlar nafaqat umumiy taraqqiyotga, shuningdek fuqarolarning hokimiyatga ishonchining barbod 
    bo‘lishiga olib keladi. SHu ma’noda ham qonun ustuvorligini ta’minlashda fuqaroga qaraganda uning 
    ijrosi uchun mas’ul bo‘lganlardan ko‘proq etakchilik qilishlari talab etiladi. Qonunlarning har qanday 
    shaxs, guruh, siyosiy kuchlar yoki ijtimoiy tabaqalar manfaatlaridan ustun bo‘lishini real ta’minlash 
    orqaligina demokratiyani rivojlantirish, uning jamiyatda amal qilishiga erishish mumkin bo‘ladi. Uning 
    amal qilishi har ikkala hokimiyat va fuqaro manfaatlariga mos keladi.
    Xulosa qilib aytganda, qonun ustuvorligi quyidagi uch holatda o‘zining to‘liq ifodasini topadi.
    Birinchidan,
    qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa normativ huquqiy hujjatlar adolat prinsipiga, 
    inson huquqi va manfaatlaridan kelib chiqib, ijtimoiy jihatdan asoslangan bo‘lishi kerak.


    103 
    Ikkinchidan,
    barcha qonunlar va boshqa normativ huquqiy hujjatlar talabi barcha davlat organlari, 
    mansabdor shaxslar, nodavlat tashkilotlari va fuqarolar tomonidan qat’iy bajarilishi shart
    90
    .
    Uchinchidan, 
    barcha normativ-huquqiy hujjatlar Konstitutsiya va qonunlarga mos bo‘lishi shart.
    Demak, demokratik jamiyatning muhim tamoyili bo‘lgan qonun ustuvorligi mamlakatimizda barpo 
    etilayotgan fuqarolik jamiyati qurishning asosidir.

    Download 8,04 Mb.
    1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   169




    Download 8,04 Mb.
    Pdf ko'rish