• Sakkizinchi
  • Ijtimoiy fanlar




    Download 8,04 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet73/169
    Sana30.05.2024
    Hajmi8,04 Mb.
    #257450
    1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   169
    Bog'liq
    133 Fuqarolik jamiyati

    Ettinchidan,
    milliy saylov qonunchiligini yanada takomillashtirish maqsadida 
    «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi Qonunning 41-moddasi hamda 
    «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida»gi Qonunning 38-
    moddasiga muddatidan oldin ovoz berish tartibi, muddati va asoslarini aniqlashtiruvchi 
    qo‘shimchalar kiritildi.
    Avval saylov qonunchiligida muddatidan oldin ovoz berish tartibi belgilangan bo‘lsada, 
    unda muddatidan oldin ovoz berish haqida saylovchilarni xabardor qilish, saylovchining nima 
    sababdan ovoz berish kuni saylovda qatnashmasligi asoslarini taqdim etishi, qaysi joyda ovoz 
    berishi, qancha vaqt davomida ovoz berishi, muddatidan oldin ovoz berishni kimlar tashkil etishi 
    bilan bog‘liq masalalar to‘liq ko‘rsatilmagan. SHuningdek, bu vaqtda uchastka saylov 
    komissiyalarning qancha a’zosi hozir bo‘lishi lozimligi etarli darajada aniqlashtirilmagan. 
    Saylov amaliyotidan ma’lumki, ovoz berish kunidan oldin uchastka saylov komissiyasi 
    a’zolarining muayyan tarkibi yig‘ilishi ham murakkab jarayon.
    Qonunchilikka muddatidan oldin ovoz berishning aniq tartibini belgilash bilan bog‘liq 
    kiritilgan qo‘shimchalar, saylov jarayonlarida uchastka saylov komissiyalari duch keladigan 
    ko‘plab muammolarning ijobiy hal etilishini, turli shakldagi asossiz e’tirozlarning oldi olinishini 
    ta’minlaydi. 
    Sakkizinchi,
    «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi qonunning 
    65-moddasi hamda «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov 
    to‘g‘risida»gi qonunning 45-moddasi quyidagi qoida bilan to‘ldirildi: «Ovoz berish kuniga qadar 
    uch kun ichida, shuningdek ovoz berish kuni jamoatchilik fikri so‘rovlari natijalarini, saylov 
    natijalari taxminlarini, o‘tkazilayotgan saylov bilan bog‘liq boshqa tadqiqotlarni chop etishga 
    (e’lon qilishga), shu jumladan ularni umumiy foydalanishdagi axborot-telekommunikatsiya 
    tarmoqlariga (shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘iga) joylashtirishga yo‘l 
    qo‘yilmaydi». 
    Mazkur qoida saylovchilar huquqlarining yanada ta’sirchan himoya qilinishi, muayyan 
    nomzodga g‘arazli munosabatda bo‘lish, bu borada saylov qonunchiligi buzilishining oldini olish 
    imkonini beradi. Saylov jarayoniga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatishning turli usullari mavjud. 
    Ulardan biri aynan jamoatchilik fikrini o‘rganib, so‘rovlar natijalarini e’lon qilish, saylov 
    natijalari prognozlarini va o‘tkazilayotgan saylov bilan bog‘liq boshqa tadqiqotlarni nashr etish 
    hisoblanadi.
    Bu jarayon ba’zan saylov va uning natijalaridan keng jamoatchilikni xabardor qilishga 
    xizmat qilsa-da, ayrim holatlarda undan saylovchilarning fikrini chalg‘itish, ularni mustaqil 
    pozitsiya tanlashlariga imkon bermaslik maqsadida foydalanish hollari ham uchraydi. Natijada 
    o‘ziga xos salbiy oqibatlar: abcenteizm yoki boshqacha ishonchsizlik yuzaga kelishi mumkin. 
    Bunday salbiy holatlarni oldini olish uchun qonunga yuqoridagicha qo‘shimchalar kiritildi. 

    Download 8,04 Mb.
    1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   169




    Download 8,04 Mb.
    Pdf ko'rish