• Rivojlangan SHarq mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy hayotini modernizatsiyalashda fuqarolik jamiyati instutlarining o‘rni 1.
  • Ijtimoiy fanlar




    Download 8,04 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet84/169
    Sana30.05.2024
    Hajmi8,04 Mb.
    #257450
    1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   169
    Bog'liq
    133 Fuqarolik jamiyati

     
    VA RIVOJLANISHI
     
     
    Reja: 
    1.
     
    Rivojlangan G‘arb davlatlarida fuqarolik jamiyati institutlarining shakllanishi 
    2.
     
    G‘arb mamlakatlarida davlat va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida hamkorlik 
    siyosati
    3.
     
    Rivojlangan SHarq mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy hayotini modernizatsiyalashda 
    fuqarolik jamiyati instutlarining o‘rni
     
    1.
     
    Rivojlangan 
    G‘arb davlatlarida fuqarolik jamiyati institutlarining 
    shakllanishi 
     
    Fuqarolik jamiyati bir vaqtning o‘zida muayyan g‘oya va mafkura, aniq asosga ega bo‘lgan 
    voqelikni qamrab olmasada uning amaliy xarakteri bilan bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. CHunki 
    bunday o‘z-o‘zini institutsional boshqaruv shakli bir tomondan, shaxsiy erkinlik, o‘zaro 
    munosabatning turi va predmetini erkin tanlashga imkon beruvchi ijtimoiy munosabatlarning 
    aniq sohasi va qizqishlarni sub’ektiv qondirish usuli sifatida talqin qilinsa, boshqa tomondan, 
    yuzaga kelgan aniq voqea-hodisaga o‘ziga xos “kuchli va mustaqil shaxs” nuqtai nazaridan 
    yondoshish imkonini beruvchi ijtimoiy tizim sifatida rivojlanib boradi. Masalan, AQSHda 
    fuqarolik jamiyatining dastlabki rasmiy institutlari diniy uyushmalar, maktablar va turar joyi 
    bo‘yicha havfsizlik va tartibni ta’minlovchi ijtimoiy guruhlar sifatida faoliyat olib borgan. 
    G‘arbiy Evropada esa bundan farqli ravishda fuqarolik jamiyati institutlari iqtisodiy sohada o‘z-
    o‘zini namoyon qilib, bu yangi va eski tipdagi, oldingi uyushmalar va korporativ birlashmalar 
    asosida tashkil topgan mustaqil bozor tashkilotlari sifatida faoliyat yuritgan. Germaniyada 
    fuqarolik jamiyati institutlarining o‘ziga xos faoliyati gildiyada o‘z aksini topib, o‘z vaqtida 
    hunarmand va savdogarlarning o‘z-o‘zini himoya qilish va shaharlarni boshqarishga o‘ziga xos 
    ta’sir o‘tkazishning dastlabki shakli sifatida qaror topgan. O‘z navbatida Evropaning Florensiya, 
    Paduyava boshqa shaharlari o‘zini gildiya-shahar(townsmen) sifatida shakllantirgan
    159
    .
    Hozirgi davrda rivojlangan G‘arb davlatlarida faoliyat olib borayotgan fuqarolik jamiyati 
    institutlari demokratik siyosiy faollikni nazarda tutgan holda davlat ustidan nazoratni amalga 
    oshiradi. Bunda siyosiy partiyalar ta’siri va o‘z-o‘zini boshqarish institutlari faolligi tobora ortib 
    boraveradi. YA’ni shaxs erkinligi oliy qadriyat sifatida baholanadi. Masalan, AQSH, 
    Buyukbritaniya, Avstraliyada mazkur prinsip sabab davlatning fuqarolik jamiyati hayotiga 
    aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi.
    Kuchli davlat an’anasi SHarq davlatlari kabi ko‘pgina G‘arb mamlakatlariga ham xos, 
    ayniqsa Germaniya davlat boshqaruv tizimida bu holatga bevosita guvoh bo‘lishimiz mumkin. 
    YA’ni 
    Germaniya 
    ijtimoiy-siyosiy 
    hayotida 
    davlatning 
    roli 
    jamiyat 
    hayotini 
    barqarorlashtirishdagi ahamiyati kuchli hisoblanadi. SHu boisdan ham davlat tuzilishiga alohida 
    e’tibor qaratiladi. Bunda milliy birdamlik g‘oyasi ustuvor ahamiyat kasb etadi. SHuning uchun 
    ham shaxsiy erkinlik davlat qudratiga bog‘lab talqin etiladi. Unga ko‘ra davlat kuchli bo‘lsagina, 
    shaxs qiziqishlari va erkinligini himoya qila oladi. YA’ni, davlat tartibi g‘oyasi, milliy birdamlik 
    159
    Ашин Г.К., Кравченко С.А., Лозаннский Э.Д. Социология политики. Сравнительный анализ российских и 
    американских политических реалий: Учеб. пособие для высших учебных заведений. - М.: Экзамен, 2001. –С. 608. 


    148 
    shaxs erkinligidan ham ustun qo‘yiladi. Bunday xokimiyat boshqaruv tizimi Germaniyadan 
    tashqari Fransiya va YAponiyaga mamlakatlariga xosdir. SHuningdek, Germaniyada fuqarolik 
    jamiyati sohasida va uning faolligini oshirishda fuqaroga nodavlat sektorni rivojlantirishning 
    muhim maqsadli ob’ekti sifatida e’tibor qaratiladi. Germaniyada muhim siyosiy-huquqiy va 
    ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarning hal etilishida hamda insonning qonuniy huquq va erkinliklari 
    himoya qilinishidafuqarolik jamiyati institutlari muhim rol o‘ynaydi. Bunda davlat faoliyati 
    ustidan jamoatchilik nazoratining ta’minlanishi fuqarolik jamiyati institutlarining muhim vazifasi 
    deb qaraladi. Davlat tizimlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratining amalga oshirilishida 
    nohukumat tashkilotlarining rolini kuchaytirish davlatning jamiyat bilan samarali o‘zaro aloqada 
    bo‘lishi mexanizmlarini mustahkamlaydi
    160
    .
    Germaniyada fuqarolarning davlat organlari faoliyati to‘g‘risida erkin axborot olishga 
    bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirish ko‘p qirrali va murakkab jarayon sifatida 
    baholanadi. SHuning uchun ham mazkur jarayonlar axborot erkinligiga oid huquqiy 
    mexanizmlar asosida tartibga solinadi. CHunki bugungi kunda ommaviy axborot vositalari 
    xodimlarining zamonaviy axborot bozori sharoitida jamiyat oldidagi mas’uliyati hamda 
    javobgarligini yanada chuqur anglashiga xizmat qiluvchi zarur mexanizmlarni ishlab chiqish 
    muhimdir. SHuning uchun ham 2003 yilning mayida Germaniyada oila, keksa fuqarolar, ayollar 
    va yoshlar ishlari bo‘yicha qo‘mitaning kichik bo‘limi (Fuqarolik faolligi bo‘yicha kichik 
    qo‘mita)tashkil etilgan. Uning vazifasiga Germaniyaning fuqarolik jamiyatini tadqiq etish 
    tavsiyalarini bajarishga ko‘maklashish hamda o‘z yo‘nalishidagi qonun loyihalari va 
    tashabbuslarini muhokama qilish kiradi. 
    SHuningdek bu mamlakatda aholining davlat, tijorat va jamoat tashkilotlariga bo‘lgan 
    ishonchi “uchinchi sektor”ni rivojlantirishning muhim mezonlari hisoblanadi. Fuqarolik 
    jamiyatini rivojlantirish jarayonidagi «birinchi» va «uchinchi» sektorlar o‘rtasidagi o‘zaro 
    munosabatlarni institutsionallashtirish har ikki tomon uchun foydali hisoblanadi. Bunday 
    hamkorlik siyosatini belgilab beradigan hujjatlar davlat bilan fuqarolik jamiyati institutlari 
    o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni rivojlantirishning muayyan bosqichi uchungina foydali 
    bo‘ladi. Ularda davlat hokimiyatining fuqarolik jamiyati roliga nisbatan yangicha nuqtai-nazari 
    aks etadi va uchinchi sektor tashkilotlari bilan samarali o‘zaro hamkorlik asoslari yaratiladi
    161
    .
    Germaniyada “uchinchi sektor” fuqarolik jamiyati, faol fuqarolik va birdamlik hissi – 
    yaqin yaqingacha faqat siyosatshunoslarni qiziqtirgan tushunchalar endilikda barcha ijtimoiy-
    gumanitar soha vakillari tomonidan muhokama qilinmoqda. Buning siri nimada? Nima sababdan 
    bugun uning ahamiyati bunchalik oshgan? Birinchidan “uchinchi sektor” – fuqarolik 
    jamiyatining tashkiliy infratuzilmasi – uzoq yillar davomida rivojlanuvchi iqtisodning muhim 
    tarmog‘iga aylandi. Masalan, birgina Germaniyaning o‘zida 1990 yildan 1995 yilgacha u 30% 
    o‘sdi. Bundan ma’lum bo‘ladiki, uchinchi sektor mehnat bozori uchun alohida ahamiyat kasb 
    etadi. 90 yil o‘rtalariga kelib Germaniya aholisining tahminan 2,1 mln. (ish bilan banlarning 5%) 
    notijorat sektorda bo‘lgan. Boshqa mamlakatlarga nisbatan Germaniyaning “uchinchi sektori” 
    o‘zining iqtisodiy ahamiyatiga ko‘ra “o‘rtacha” hisoblanadi. Unchalik katta bo‘lmagan boshqa 
    G‘arb mamlakatlari - Niderlandiya, Irlandiya, Belgiya – bu jihat bo‘yicha 10% gacha chiqqan 
    xolos. Sababi davlat va “uchinchi sektor” o‘rtasida bevosita va uzluksiz hamkorlik bu 
    160
    Курбатов В.И. Современная западная социология: Аналитический обзор концепций: Учеб.пособие. – Ростов-на-Дону: 
    Феникс, 2001. – 416с. 
    161
    Сморгунов Л.В. Современная сравнительная политология. Учебник. - М.: «Российская политическая энциклопедия» 
    (РОССПЭН), 2002. - 472с. 


    149 
    mamlakatlarda Germaniya darajasida rivojlantirilmagan. Germaniyada davlat va “uchinchi 
    sektor” o‘rtasidagi subsidarlik tamoyilining qo‘llanilishi beg‘araz yordam bilan chegaralanadi.
    Iqtisodiy jihatdan Germaniyada “uchinchi sektor” davlat moliyaviy resurslariga bog‘liq. 
    Beg‘araz fondlar va ularning davlat tomonidan moliyalashtirilishi “uchinchi sektor”ning davlatga 
    bog‘liqligini oshiradi. Va bu jihat ayniqsa boshqa davlatlar bilan solishtirilganda yaqqol 
    namoyon bo‘ladi. Katta moliyaviy yordam olishda ifodalanuvchi siyosiy partiyalar va davlatga 
    yaqinlik “uchinchi sektor” elementlarini fuqarolik jamiyatidan tashqarida bo‘lishiga va 
    kvazidavlat sektoriga kirishiga olib keladi. Biroq “uchinchi sektor” “ezgu ishlar homiyligidan” 
    iborat emas. Tashkilotlarda o‘tgan vaqt uchun to‘lanmaydigan pul miqdori to‘liq bandlikdagi 
    millionlab odamlarga to‘lanadigan pulga teng bo‘lgan. Jamoatchilik asosidagi faoliyatning 
    manbai bo‘lgan birdamlik hissi fuqarolik jamiyati mavjudligining muhim asosi hisoblanadi. 
    Oxirgi tadqiqotlar ko‘rsatishicha, Germaniyada 14 yoshdan katta bo‘lganlarning 34% 
    jamoatchilik asosida (“uchinchi sektor” tashkilotlarida - 80%) faoliyat olib borib, bunga 
    haftasiga o‘rtacha 5 soat vaqtini sarflaydi. 
    Oxirgi uch o‘n yillikda Germaniyada fondlar soni tobora oshib bormoqda. Ularning 
    faoliyati qonuniy asos bilan mustahkamlanadi. Ular orasida yangi turdagi fuqarolik yoki shahar 
    fondlari bo‘lib, bunda tashkilotlar va alohida jismoniy shaxslar hamkorlik asosida mahalliy 
    miqyosda u yoki bu muammoni bartaraf qilish yo‘lida birlashadi. Germaniyaning yangi erlarida 
    ham ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. 1990 y. SHarqiy Germaniyada haqiqiy “portlash” bo‘lgan, 
    bunda 80.000 to 100.000gacha jamiyatlar tashkil topgan. Germaniyada tuzilgan tashkilotlar 
    o‘ziga xos jihati ijtimoiy-siyosiy jihatdan markaziy sohalar – atrof-muhitni saqlash va xalqaro 
    faoliyat jabhasidagi dinamikasi bilan bog‘liq. “Uchinsi sektor” tashkilotlari a’zolarining tobora 
    oshib borishi uning odamlar hayotiga kirib borganligidan dalolat beradi. Qolaversa, “uchinchi 
    sektor” ko‘p jihatdan jamiyatning o‘z-o‘zini tashkillashtirish va innovatsiyalarga nisbiy 
    layoqatidan dalolat beradi. YA’ni bu faoliyatdagi yangilik asosan hukumat faollik ko‘rsatmagan 
    sohalarda yuzaga keladi. SHu nuqtai nazardan bu hodisani ijobiy baholash mumkin. AQSHda 
    kuzatilayotgan "Bowling alone" – ijtimoiy faollik halokati fenomeni Germaniya jamiyatiga xos 
    emas. 
    Qiziqishlarni ifodalash funksiyasi bunda qanday amal qiladi? degan savolga quyidagicha 
    javob berish mumkin. Eng yangi jarayonlar shuni ko‘rsatadiki, “mavzu advokat”lari deb 
    nomlanuvchi atrof-muhitni saqlash va xalqaro faoliyat tashkilotlariga pulni sarflash va ularda 
    jamoatchilik asosida ishtirok etish modaga aylanyapti. “Mavzu advokatlari” ga o‘xshashlarning 
    mavjudligini, “uchinchi sektor”ning davlat funksiyalariga ta’sir qilishi yoki davlatning amal 
    qilish chegarasini ko‘rsatishga qodirmi? Germaniya misolida biz buning qarama-qarshi, ammo 
    umuman olganda ijobiy natijalarini ko‘ramiz. Aynan yangi va o‘ziga mustahkam ishonchi 
    bo‘lgan, davlat otalig‘idan tashqarida vujudga kelgan tashkilotlar o‘ziga xos fuqarolik 
    jamiyatidan dalolat beradi. “Uchinchi sektor” va siyosatning boshqa sohalarini oladigan bo‘lsak, 
    fuqarolik jamiyati ustuvorliklari, pruss-protestant etatizm va katolik paternalizmni o‘zida 
    mujassam etgan Germaniya an’anasiga ziddir. Mazkur etatistik-paternalistik an’ana subsidarlik 
    konsepsiyasida o‘z ifodasini topadi. Subsidar hisoblangan va shu bilan birga markaziy va 
    ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga munosib bo‘lgan tashkilotlar avvalo huquqiy chegaralar 
    bilan belgilanadi, bu o‘z navbatida unchalik katta bo‘lmagan tashkilotlar imkoniyatlarini 
    chegaralaydi. Bunda fuqarolik jamiyatining emas balki davlat va kommunalar qiziqishlari 
    himoya qilinadi. 


    150 

    Download 8,04 Mb.
    1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   169




    Download 8,04 Mb.
    Pdf ko'rish