• Fuqarolik jamiyati boshqaruv mexanizmlari takomillashuvida zamonaviy axborot texnologiyalarining roli 1. Insoniyat tarixida axborot ehtiyoji.
  • Ijtimoiy fanlar




    Download 8,04 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet87/169
    Sana30.05.2024
    Hajmi8,04 Mb.
    #257450
    1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   169
    Bog'liq
    133 Fuqarolik jamiyati

    Reja: 
    1.
     
    Insoniyat tarixida axborot ehtiyoji. 
    2.
     
    Fuqarolik jamiyatini barpo etish jarayonida axborot sohasini isloh qilish, 
    so‘z va axborot erkinligi. 
    3.
     
    Fuqarolik jamiyati boshqaruv mexanizmlari takomillashuvida zamonaviy 
    axborot texnologiyalarining roli 
     
    1. Insoniyat tarixida axborot ehtiyoji. 
    Har qanday jamiyatda axborot hamisha mamlakat taraqqiyotining ko‘zgusi, 
    kishilarning ongi, dunyoqarashi, siyosiy saviyasi shakllanishining asosiy vositalaridan 
    biridir. SHuning uchun ham, axborotga bo‘lgan hayotiy ehtiyoj, uni qondirishga xizmat 
    qiluvchi omillarni shakllantirish kishilik taraqqiyotining har bir bosqichida etakchi 
    o‘rinlardan birini egallab kelgan.
    Insoniyat tarixida axborot to‘plash va tarqatishning dastlabki og‘zaki (voizlar, 
    jarchilar, choparlar va boshqalar) va yozma (popiruslardagi, e’lon taxtalari va 
    hakozolardagi) namunalari nomuntazam bo‘lsada, qadim zamonlardan yaxshi ma’lum. 
    O‘sha davrlardayoq to‘laqonli axborot va xabarga talab hamda ehtiyoj turli manbalarda 
    o‘z aksini topgan. Zardushtiylik tarixining manbalarida aytilishicha, Zardusht xudoning 
    payg‘omi (xabari)ni odamlarga etkazish orqali bosqinchilik va vayronliklar oldini olish, 
    halol mehnat qilib, tinch-totuv yashash, adolat va haqiqatga sajda qilish kerakligini 
    o‘rgatgan. 30 asrlar oldin bitilib, bizlarga etib kelgan “Avesto”dan har qanday xabar, 
    yangilik o‘zining takomilligi, haqiqiyligi, to‘liqligi bilan baholanishi, uning yordamida 
    insoniyat yaxshilik va ezgulikka qarab intilishi to‘g‘risida xulosa qilish mumkin. 
    Ommaviy axborotning asosiy ma’nosini anglatuvchi ma’lumot yig‘ish, qayta 
    ishlash va tarqatish hamda tezkor xabarlar yozib jamiyatni ogoh etish bilan mashg‘ul 
    kishilar Amir Temur davrida ham bo‘lganligi ma’lum. Bu haqda Sohibqironning «Qissai 
    Temur»da: «Amr etdimkim, har sarhad va viloyat, lashkar va mamlakatg‘a bir axbornavis 
    (xabarlar yozuvchi, ya’ni muxbir) tayin etgaylarkim, sipoh va hokim va ra’iyat va begona 
    lashkar va mol va manolning mudoxil va maxorij va begona odamlar va karvonning 
    kirmak va chiqmog‘i va hamsoya podshohlar mamlakatining axbori va alarning a’moli va 


    158 
    af’oli va uzoq baladalardin dargohimg‘a yuz qo‘yg‘on ulamo va fozil odamlarning ishlar 
    va so‘zlarin rostlig‘ va durustlig‘ bila yozib dargohg‘a yiborgaylar»
    172
    , degan fikri buning 
    dalilidir. Demak, bo‘layotgan hodisa-voqealar haqida xabar to‘plash va davlatni 
    boshqarishda ulardan foydalanish Sohibqiron uchun ham muhim omil bo‘lgan.
    Alloma Alisher Navoiy ham o‘z ijodi va faoliyati davomida xolis va rost axborot 
    masalasiga alohida e’tibor qaratgan. Uning “Hayratul abror” dostonidagi yolg‘on xabar 
    beruvchining ahvoli: 
    Har kishi yolg‘onni desa, lek kam 
    Bo‘lg‘ay edi kosh bu davronda ham.
    173
    YOki “Farhod va SHirin” dostonida xabarning ijtimoiy ahamiyatiga alohida e’tibor 
    qaratgan mutafakkir ajdodimizning: 
    Erursen shoh - agar ogohsen-sen, 
    Agar ogohsen - sen, shohsen sen,
    174
    degan misrlari har qanday yangilik, xabar haqiqiyligi, xolisligi, to‘liqligi va tezkorligi 
    bilan baholanganligi, uning yordamida halq irodasi yo‘naltirilib turilganidan dalolat 
    beradi. U mazkur misrasida agar kishi axborotni birinchi bo‘lib egallasa, jamiyat tizginini 
    egallashi, aynan xabar sabab barcha halokat va falokatlarning oldini olishi haqidagi 
    pandlari bugungi xabar, axborot boshqarayotgan dunyomiz haqidagi bashoratdek 
    ko‘rinadi.
    Asrlar oshsada axborotga bo‘lgan talablar deyarli o‘zgargan emas. Aksincha, 
    jamiyat hayotida uning ahamiyati borgan sari oshib borgan va bugungi kunga kelib 
    mamlakatimiz rivojlanishi strategiyasini shakllantirish va uni bevosita amalga oshirishda 
    tobora katta rol o‘ynamoqda. Bu esa ularning fuqarolik jamiyatiga xos asosiy omillardan 
    biriga aylanib borayotganidan dalolat beradi. 
    172
    Амир Темур Кўрагон. Қиссаи Темур («Малфузоти Темурий»). – Т.: ДИТАФ, 2001. – Б. 285. 
    173
    Алишер Навоий. Тўла асарлар тўплами. Ўн жилдлик. 6-жилд. – Т.: Ғ. Ғулом номидаги НМИУ, 2011. – Б. 179. 
    174
    Ўша ерда. - Б. 178. 
    Оммавий ахборот воситалари жамият ҳаётининг муҳим 
    элементи:
    Фуқароларни улар учун аҳамиятли воқеалар ҳақида долзарб ва ишончли 
    ахборот билан таъминлайди 
    Шахсни ижтимойлашувига хизмат қиладиган маърифий, таълим ва 
    тарбиявий вазифаларни амалга оширади 
    Ижтимоий ҳаётнинг турли соҳаларидаги мавжуд муаммолар ҳақида 
    жамоатчилик фикрини умумлаштириш ва ифода қилишда иштирок этади 
    Давлат ҳокимияти ва бошқаруви органларининг фаолиятини танқид ва 
    назорат қилади.
    ОАВ фуқаролик жамиятида турли ижтимоий гуруҳлар ўртасида мулоқат 
    воситаси ҳамда ижтимоий аҳамиятга молик масалаларни муҳокама 
    қилиш қуроли ҳамдир 
    Оммавий ахборот воситалари жамиятни уюштириш, жипслаштириш, 
    фуқароларнинг ижтимоий фаоллигини рағбатлантириш имкониятига эга. 


    159 
    Mustaqillik yillarida erkin ommaviy axborot vositalari faoliyati uchun zarur 
    bo‘lgan huquqiy, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy shart-sharoitlar shakllandi. OAVning 
    fuqarolik jamiyati instituti sifatida rivojlantirish yo‘lidagi islohotlar izchil davom etmoqda. 
    Diqqatga sazovor muhim tomoni shundaki, erkin OAVni rivojlantirmay turib, fuqarolik 
    jamiyati qurish va inson erkinligi, huquqlarini ta’minlash mumkin emasligini jamoatchilik 
    anglab etdi. 
    Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda so‘z va matbuot erkinligini ta’minlash masalasi 
    alohida o‘rin egallashini nazarda tutib Birinchi Prezidentimiz I.Karimov shunday deydi: 
    «Jamiyatimizni yanada rivojlantirish va sifat jihatidan yangilash borasidagi eng muhim ustuvor 
    yo‘nalish – bu inson huquqlari va erkinliklarini, so‘z va matbuot erkinligini, shuningdek, 
    oshkoralikni, jamiyatda o‘tkazilayotgan islohotlarning ochiqligini ta’minlaydigan demokratik 
    tamoyillarni so‘zda yoki qog‘ozda emas, amaliy hayotda joriy qilishdir, desak, har tomonlama 
    to‘g‘ri bo‘ladi».
    175
    Mamlakatimizning mustaqillikka erishishi axborot sohasini liberallashtirish, so‘z 
    erkinligini ta’minlashda ham yangi bosqichni boshlab berdi. O‘tgan yillar davomida 
    ushbu sohada keng qamrovli islohotlar, ko‘plab chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bu 
    borada axborot vositalari faoliyatiga oid mukammal huquqiy baza yaratilganligini va u 
    insonlar uchun axborot olish sohasida erkinlik va huquqlarini ta’minlashda muhim rol 
    o‘ynayotganligini alohida qayd etish zarur. 
    Avvalo, mamlakatimizda axborot sohasida olib borilayotgan siyosat O‘zbekiston 
    Respublikasining Konstitutsiyasida belgilangan ommaviy axborot vositalari erkinligi va 
    qonunlarga muvofiq faoliyat yuritishi
    176
    har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligiga, 
    hamda o‘zi istagan axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga ega
    177
    ekanligi haqidagi 
    me’yorlarni izchillik bilan va to‘laligicha ta’minlanishi asosida amalga oshirilishini qayd 
    etish zarur.
    SHu 
    ma’noda Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ommaviy axborot 
    vositalarining fuqarolik jamiyatidagi roliga alohida to‘xtalib: “Ochiq va kuchli fuqarolik 
    jamiyatini bugungi kunda erkin ommaviy axborot vositalari va boshqa fuqarolik jamiyati 
    institutlarining rivojlangan tizimisiz tasavvur etib bo‘lmaydi... ularning faoliyati 
    samaradorligini oshirishni ta’minlaydigan zarur me’yoriy-xuquqiy baza, iqtisodiy va 
    huquqiy kafolatlar yaratilgani ham bu sohadagi katta ishlarimizdan bo‘ldi”,
    178
    deb 
    ta’kidlagani bejiz emas. Darhaqiqat, mustaqillik yillarida ommaviy axborot vositalari 
    faoliyatini tartibga soluvchi qonunlarning tahlili bu sohaga oid huquqiy bazani 
    takomillashtirish izchil va tizimli tarzda amalga oshirib borilganligini ko‘rsatmoqda. 
    O‘tgan yillarda mamlakatimizda yaratilgan huquqiy makon va ijtimoiy-iqtisodiy 
    islohotlar natijasida bosma nashrlar soni ko‘paydi, xususiy gazeta va telestudiyalar tizimi 
    yuzaga keldi.

    Download 8,04 Mb.
    1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   169




    Download 8,04 Mb.
    Pdf ko'rish