• Millat va millatlararo munosabatlarga doir tushunchalar. 6. Mustaqillik davrida millatlararo totuvlikning ta’minlanishi. 7.
  • 1. Millat va millatlararo munosabatlarga doir tushunchalar mazmun-mohiyati. Millat tushunchasi va unga turli xil yondoshuvlar.
  • Ijtimoiy fanlar




    Download 8,04 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet95/169
    Sana30.05.2024
    Hajmi8,04 Mb.
    #257450
    1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   169
    Bog'liq
    133 Fuqarolik jamiyati

     
    Reja: 
    1.
     
    Jamoatchilik nazoratining mohiyati 
    2.
     
    Jamoatchilik nazorati tizimi 
    3.
     
    Jamoatchilik nazoratining sub’ektlari
    4.
     
    Jamoatchilik nazoratining shakllari 
    5.
     
    Millat va millatlararo munosabatlarga doir tushunchalar. 
    6.
     
     Mustaqillik davrida millatlararo totuvlikning ta’minlanishi.
    7.
     
    Diniy bag‘rikenglik, vijdon erkinligi va diniy qadriyatlarning fuqarolik jamiyatini shakllantirishdagi o‘rni.
    8.
     
    Ijtimoiy sheriklik-etuklik mezoni 
    9.
     
    Ijtimoiy sheriklikning tarixi va tadriji 
    10.
     
    Ijtimoiy sheriklikning nazariy asoslari 
    11.
     
    O‘zbekistonda ijtimoiy sheriklik nazariyasining boyitilishi va amaliyotining 
    rivojlantirilishi 
     
    1. Millat va millatlararo munosabatlarga doir tushunchalar mazmun-mohiyati. 
    Millat tushunchasi va unga turli xil yondoshuvlar. 
    Millat (arabcha – xalq) tushunchasi – muayyan 
    hududda istiqomat qiladigan, umumiy til, madaniyat, urf-odat, qadriyatlar va ruhiy yaqinlik bilan farqlanuvchi 
    etnoijtimoiy birlikni anglatadi. Millat
     — 
    til, ma’naviyat, milliy o‘zlikni angash ruhiyati, urf-odatlar, an’analar va 
    qadriyatlar yagonaligi asosida muayyan hududda yashovchi iqtisodiy aloqalar bilan bog‘langan mustaqil sub’ekt 
    sifatida o‘ziga xos moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratuvchi kishilarningetnik birligidir. Millat ma’lum 
    hududda barqaror yashab, tarixiy taraqqiyot davomida rivojlanib, kishilarning ma’naviy-ruhiy salohiyat 
    yagonaligi asosida shakllanadi. U faqatgina “kapitalistik jamiyattning muqarrar mahsuli” emas, balki 
    insoniyatning dunyoga kelishi va taraqqiyotining mahsulidir. Millatning shakllanishi va rivojlanishida moddiy 
    omillar muhim ahamiyatga ega bo‘ladi, ammo ular millat abadiyligini ta’minlashning birdan-bir imkoniyati 
    emas. Ular millat taraqqiyoti uchun faqat zaruriy shartlardan birigina hisoblanadi. Millatning abadiyligi, uning 
    barqarorligini ta’minlashning asosiy omili uning ichki ma’naviy-ruhiy salohiyatidir. Millatlarning ichki-ruhiy 
    salohiyati, yaratuvchilik qobiliyati, matonati, tinimsiz mehnati, tadbirkorligi va o‘ziga xosligini rivojlantirish 
    asosida hozirgi zamon sivilizatsiyasi yuzaga kelgan. Mutaxassislarning fikricha, er yuzida uch minga yaqin millat 
    bo‘lib, insoniyatning o‘rta hisob bilan 96 foizini birlashtiradi. Qolgan 4 foiz elat va qabilalardir. Har bir millat 
    aholisi bir necha o‘n mingdan bir necha yuz milliongacha boradi. Millatlar besh yirik guruhga bo‘linadi: 1. 
    Buyuk millatlar - aholi soni milliard va 100 milliondan ortiq, xitoylar, hindlar, amerikaliklar, ruslar, yaponlar. 2. 
    Katta millatlar — aholi soni 50-100 million oralig‘ida — inglizlar, fransuzlar, ispanlar, olmonlar, turklar, arablar 
    va b. 3. Yirik millatlar — aholi soni 10-50 milliongacha 

    o‘zbeklar, portugallar, polyaklar, efioplar va b. 4. 
    O‘rta millatlar — 1-10 million oralig‘ida, qirg‘izlar tojiklar, turkmanlar. 5. Kichik millatlar - bir necha 10 
    mingdan 1 milliongacha, chechenlar, ingushlar, cherkaslar . Jahondagi 27 millat er yuzi aholisining qariyb 75 
    foizini tashkil qiladi. 
    Millatlarning soni ularning buyukligi yoki gegemonligi uchun asos bo‘la olmaydi. Zero, barcha millatlar 
    teng, ozod va erkindir. Ammo tamaddun taraqqiyotiga hissa qo‘shishga qodir barkamol farzandlari ko‘p 
    millatlargina tabiiy tanlanish asosida etakchiga aylanishlari mumkin.Ana shu tamoyil jahon xalqlari intilishining 
    asosini tashkil etadi. Mustaqillikka erishgan yurtimizda butungi kunda ko‘p sonli millat vakillari yashamoqda. 
    Mamlakatimizda bu tamoyilga amal qilinishi esa barcha millatlarning ravnaqi, gullab-yashnashi uchun xizmat 
    qilmokda. 


    187 
    «Millat» murakkab xarakterga ega bo‘lgan etnik birlik hisoblanadi. SHuning uchun unga ta’rif berishda 
    bugungi kungacha mavjud bo‘lgan ilmiy-falsafiy adabiyotlarda yakdillik yo‘q. Lekin ularni umumlashtiruvchi 
    tomonlar alohida qayd etiladi. «Millat»,«milliy», «milliylik» kabi tushunchalar bizning tilimizga arab tilidan VIII 
    asrda, ya’ni arab xalifaligi tomonidan Movarounnahrning zabt etilish davridan boshlab kirib kelgan. Ushbu 
    tushunchalarning negizida «mil» iborasi yotadi. «Mil» tushunchasi arab tilida «o‘zak», «tub mohiyat», «negiz» 
    ma’nolarini ifodalaydi. «Millat» tushunchasi esa keng miqyosda qo‘llanilib, bir necha ma’noni beradi: 1)din, 
    diniy jamoa; 2)ummat, ma’lum dinga e’tiqod qiluvchilar jamoasi; 3)xalq, millat kabi ma’nolarni anglatadi
    1
    .
    Falsafa qomusiy lug‘atida millat tushunchasiga zamonaviy ta’rif beriladi. Jumladan, unda «millat - bu til, 
    ma’naviyat, milliy o‘zlikni anglash, ruhiyat, urf-odatlar, an’analar va qadriyatlar yagonaligi asosida muayyan 
    xududda yashovchi ijtimoiy aloqalar bilan bog‘langan mustaqil sub’ekt sifatida o‘ziga xos moddiy va ma’naviy 
    boyliklarni yaratuvchi kishilarning etnik birligidir»
    235
    , - deyilgan. SHuningdek, boshqa xorijiy adabiyotlarda 
    millat deganda siyosiy va etnik munosabatlarga kirishuvchi tili, o‘z-o‘zini anglash faoliyatiga ega bo‘lgan xalq 
    tushunilishi ta’kidlab o‘tilgan
    236
    . Mazkur manbada millat haqidagi konseptual qarashlar K.Doych (Natsionalizm 
    va ijtimoiy kommunikatsiya), E.Gelner (Natsiya va natsionalizm), B.Anderson, E.Smit tomonidan ilgari 
    surilganligi ham alohida qayd etib o‘tiladi. Ulardagi asosiy e’tibor millatning turli o‘ziga xos ijtimoiy-siyosiy, 
    ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-huquqiy jihatlariga qaratiladi
    237
    . Biroq, ularda millatning shakllanishidagi ijtimoiy-
    ma’naviy jarayonlar e’tibordan chetda qolganligini ham kuzatishimiz mumkin. YAna bir adabiyotda millat 
    tushunchasi davlat tushunchasiga uzviy bog‘liqligi, o‘z hududi, chegarasiga egaligi, boshqa millat vakillari 
    manfaatlarini hurmat qilishi kabilar bilan ifodalanishi ko‘rsatib o‘tilgan
    238
    .
    S.Otamurotov fikricha, “Millat deb yagona til, madaniyat (keng ma’noda) milliy o‘zlikni anglash ruhiyati 
    (psixologiyasi va hissiyoti), urf-odatlari va an’analariyagonaligi asosida ma’lum hududda yashovchi, iqtisodiy 
    aloqalar bilan bog‘langan, o‘z davlatiga ega bo‘lgan mustaqil sub’ekt sifatida o‘ziga xos moddiy va ma’naviy 
    boyliklarni ifodalovchi hamda yaratuvchi kishilarning etnik birligiga aytiladi”
    3
    . Keltirilgan bu ta’rifdagi yangilik 
    millatning etnomadaniy va milliy munosabatlardagi o‘ziga xos sub’ekt sifatida namoyon bo‘lishini ifodalashda 
    qo‘l keladi. YAna bir faylasuf olim A.Ochildiev «...har qanday millat muayyan ijtimoiy-iqtisodiy aloqalar tizimi 
    bilan bog‘langan etnoijtimoiy birlikdir»
    1
    –degan xulosaga keladi. Darhaqiqat, millat tushunchasiga etnik va 
    ijtimoiy birlikning uyg‘unligi nuqtai-nazardan qaralishi uning umumilmiy asoslarini har tomonlama o‘rganishga 
    imkon beradi. Hozirgi davrda biz, millat deganda umumiy tilda so‘zlashib, bir butun umumiyhududda istiqomat 
    qilib turgan, birga iqtisodiy hayot kechiradigan, umumiy maydoni, ma’naviyva ruhiymuhitga ega kishilarning 
    tarixiy shakllangan barqaror birligini tushunamiz.
    Millatlararo munosabatlarni o‘ziga xos, murakkab va serqirra tizim sifatida qarash mumkin. Bu o‘ziga 
    xoslik birinchidan, jamiyat milliy tuzilishining tarkibiy qismi hisoblangan etnoslarning siyosiy, ijtimoiy-itstisodiy, 
    madaniy ehtiyoj manfaatlarini ruyobga chiqarish na ikkinchidan, millatlararo munosabatlarda kechayotgan 
    jarayonlarni to‘g‘ri baholash hamda mavjud muammolarni hal qilishga qaratilgan, kompleks xarakterga ega 
    chora-tadbirlarni ishlab chikishdek bir-biri bilan uzviy bog‘liq vazifalarni hal etishni zarur qilib qo‘yadi. Ularning 
    muvaffaqiyatli hal qilinishi esa milliy hayotda kechayotgan o‘zgarishlarning xarakteri va yo‘nalishini oldindan 
    ko‘rish na nazoratini tashkil etish qamda davlat hokimiyati, siyosiy partiyalar, harakatlar va jamoat 
    tashkilotlarining ma’naviy-ma’rifiy, iqtisodiy va tashkiliy-texnik salohiyatini mavjud muammolarni hal qilishga 
    yo‘naltirish imkonini beradi. Qayd etilgan vazifalarning qandaymaqsadlarni ko‘zlab hal etilishi mohiyat e’tibori 
    bilan stixiyalilikka deyarli urin krldirmaydigan, ijobiy yoki salbiy mazmunga ega millatlararo munosabatlarning 
    muayyan tipini shakllantirishga asos bo‘lib xizmat qiladi. Xususan, milliy tengsizlik, o‘zga millatlarga nisbatan 
    bepisandlik bilan qarash, muayyan hollarda esa antagonizmning ustuvorligi millatlararo munosabatlarning salbiy 
    mazmunga egaligidan dalolat beradi. Mamlakatimizga tatbiqan olinganda esa, etnik munosabatlar millatlararo 
    1
    Қаранг: Ислом энциклопедияси. Т.: “Ўзбекистон миллий энциклопедияси”, 2004. -Б.160. 
    235
    Фалсафа қомусий луғуат. Қ.Назаров таҳрири остида. – Тошкент: Шарқ, 2004.
    236
    Новейший философский словарь / Сост.А.А.Грицанов. – Мн.: Изд. В.М. Скакун, 1998. - 460 с. 
    237
    Қаранг: Эрнест Геллнер. Нации и национализм. — М.: Прогресс, 1991. Андерсон Б. Воображаемые сообщества. 
    Размышления об истоках и распространении национализма. — М.:Канон-Пресс-Ц, 2001. 
    238
    Философский энциклопедический словарь. – М.: ИНФРА – М, 1999. – 291 с. 
    1
    Очилдиев А. Миллий ғоя ва миллатлараро муносабатлар. –Т.: Ўзбекистон, 2004. -Б. 37-38. 


    188 
    totuvlik deb ta’riflanishi mumkin bo‘lgan ijobiy mazmunga egaligi bilan ajralib turishini qayd qilish lozim. SHu 
    o‘rinda etnos, xalq vaelat tushunchalari mazmuniga ham to‘xtalib o‘tish joiz. 

    Download 8,04 Mb.
    1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   169




    Download 8,04 Mb.
    Pdf ko'rish