• Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini tashkil etish. 7. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishini rivojlanishining konseptual asoslari.
  • Ijtimoiy fanlar




    Download 8,04 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet91/169
    Sana30.05.2024
    Hajmi8,04 Mb.
    #257450
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   169
    Bog'liq
    133 Fuqarolik jamiyati

     
    Reja: 
    4.
     
    Fuqarolik jamiyati tizimida mahalla va o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘rni. 
    5.
     
    Mahalliy hokimiyat va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘zaro 
    munosabatlari. 
    6.
     
    Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini tashkil etish. 
    7.
     
    Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishini rivojlanishining konseptual asoslari. 
    1. Fuqarolik jamiyati tizimida o‘zini o‘zi boshqarish organlarining o‘rni 
    Fuqarolik jamiyati institutlari tizimida o‘zini o‘zi boshqarish organlari (mahalla)ning o‘rni 
    beqiyosdir. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, “...o‘zini o‘zi boshqarish organlari - bizning 
    kelajagimiz. Fuqarolik jamiyatini qurmoqchi ekanmiz, uning asoslarini tashkil etuvchi poydevor 
    mana shu organlar bo‘ladi. Biz bugun ana shu asoslarni qurishni boshladik”
    210
    .Ko‘pchilik 
    mamlakatlardan farqli o‘laroq, mahalla instituti yurtimizda ming yillar davomida sinalgan va 
    chuqur ildiz otgan, aholini birlashtirib turadigan ijtimoiy hodisa sifatida rivojlanib kelmoqda. 
    Ayniqsa, uning hozirgi bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida xalqimizning urf-odatlari, 
    an’analari va qadriyatlarini saqlab qolish, ularni jipslashtirish kafolati sifatida maydonga 
    chiqayotganligini yaqqol ko‘rib turibmiz.
    O‘zbekistonda fuqarolar o‘zini o‘zi boshqaruvini amalga oshirishda mahalla o‘rnak 
    bo‘ladi. Mahalla o‘zbeklarning tarixan shakllangan jamiyat taraqqiyotini yuksaltirish uchun 
    yagona maqsad bilan yashab, faoliyat ko‘rsatish makoniga aylangan. U o‘zbek xalqining 
    turmush tarzi, ruhiyati, ijtimoiy hayotining o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi, milliy 
    Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси, 1998 й., 5-6-сон, 102-модда; Ўзбекистон Республикаси Қонун 
    ҳужжатлари тўплами, 2004 й., 25-сон, 287-модда; 51-сон, 514-модда; 2008 й., 52-сон, 513-модда.
    208
    “Бола ҳуқуқларининг кафолатлари тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикасининг Қонуни // Ўзбекистон Республикаси 
    қонун ҳужжатлари тўплами, 2008 й., 1-2-сон, 1-модда, 2009 й., 52-сон, 554-модда. 
    209
    Қўмиталарда қонун лойиҳалари муҳокамаси бўлиб ўтмоқда // Халқ сўзи. – 2015. - 4 Март. 
    210
    Каримов И.А. Ватан равнақи учун ҳар биримиз масъулдирмиз. Т. 9. Т.: “Ўзбекистон”. Б. 317-318. 


    172 
    an’analarini, urf-odatlarini, axloqiy-ma’naviy qadriyatlarini avloddan-avlodga etkazuvchi 
    muqaddas maskan bo‘lib kelgan. Mahalla insonlarning millati, yoshi, jinsi, dini, irqi, tili, 
    e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar ularni ezgulik yo‘lida 
    jipslashtiruvchi va birlashtiruvchi katta va muqaddas oila hisoblanadi. 
    Mahalla sharqona an’analar, urf-odatlar va marosimlarni jamoada amalga oshirib, 
    avloddan-avlodga etkazib kelmoqda. Mahalla faollari an’anaviy, oilaviy to‘ylar, bayramlar, 
    motam marosimlarini o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy ishlarni amalga oshirishda bosh-qosh 
    bo‘lishadi. Ularni dabdabasiz, isrofgarchiliksiz, ortiqcha xarajatlarsiz, ixcham qilib o‘tkazish, 
    mahalla oqsoqoli va maxsus mutasaddi komissiyalarga bog‘liq. Mahallada o‘tayottan har bir 
    tantana yoki marosim uchun mahalla ahlining kattayu kichigi birday mas’uldir. Bunday 
    tadbirlarda kattayu kichikka, boyu kambag‘alga, mansabdoru oddiy fuqaroga bir xil hurmat va 
    ehtirom ko‘rsatiladi. CHunki mahallaning barcha a’zosi yagona, teng huquqli va mustahkam 
    bitta oila hisoblanadi. 
    Mahallada kelajak avlodimiz tarbiya topadi. Bu erda o‘sayotgan har bir yigit-qizning 
    axloq-odobi uchun butun mahalla ahli mas’uldir. SHuning uchun ham “Bir bolaga etti qo‘shni 
    ota-ona”, “Bir bola tarbiyasi uchun etti mahalla ota-ona” kabi naqllar bejiz paydo bo‘lmagan. 
    YOshlarning har bir xatti-harakati barchaning diqqat-markazida bo‘ladi. Mahalladoshlarning har 
    bir yosh taqdiriga javobgarligi, ularni nazorat qilishi – barkamol insonni tarbiyalab 
    etishtirishning negizidir. Xulq-odobi yaxshi har tomonlama namunali farzand mahallaning 
    obro‘sidir, noqobil, axloqan nomaqbul farzand esa mahalla uchun qora dog‘idir. Mahalladan 
    yurtga taniqli insonlar etishib chiqsa, butun mahalla ahli, ularning avlod-ajdodlari 
    g‘ururlanadilar. 
    Mahalla tuzilmasi va funksiyasi vaziyatga qarab o‘zgarib turgan, ammo u o‘zini o‘zi 
    boshqarish tamoyilini saqlab qolgan, o‘z hududida istiqomat qiluvchi kishilar o‘rtasida ijtimoiy-
    iqtisodiy munosabatlarni muvofiqlashtirib turgan. Mustaqillik yillarida mahallalar jamiyatning 
    moddiy-ma’naviy asoslarini yaratish tayanchiga aylanib, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-siyosiy 
    masalalarni hal etib, fuqarolar yig‘inida demokratiya tamoyillarini shakllantirish, inson omilini 
    qadrlash makoni sifatida tiklanmoqda. 
    Mahalla, umuman, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organalarining fuqarolik jamiyatidagi 
    roli ularning muayyan hududdagi aholinini birlashtirishi, uni yagona jamoaga aylanishi va 
    faoliyat ko‘rsatishiga xizmat qilishidadir. Bugungi kundagi zamonaviy tadqiqotlarda munitsipal 
    tuzilmaning aholisi – “hududiy ommaviy jamoa”, “hududiy jamoa”, “mahalliy hamjamiyat” 
    tushunchalari bilan belgilanadi. V.E. CHirkinning ta’rificha, hududiy ommaviy jamoa – aholini 
    hududiy mansublik belgisi bo‘yicha tashkil etishning maxsus shakli va odamlarning fuqaroligi va 
    yoshidan qat’i nazar maxsus uyushmasidir. Hududiy ommaviy jamoa sifatida u davlatni tashkil 
    etgan jamiyatlar, ularning ichida tuzilishi mumkin bo‘lgan va tashkil etilayotgan boshqa hududiy 
    ommaviy jamoalar: federatsiya sub’ektlari, siyosiy avtonomiyalar, munitsipal tuzilmalarning 
    aholisi (xalqi)ni ajratadi
    211

    Hududiy jamoa a’zolarining o‘zaro aloqalari murakkab kommunikatsiyalar tizimidan 
    iborat. Nikolas Lumanning fikricha, kommunikatsiya butunlay ongga bog‘liq bo‘lib, ya’ni 
    kommunikatsiyaning o‘zi emas, balki ongning axborotni qabul qilish funksiyasini bajaradi
    212

    211
    Чиркин В.Е. Публичная власть. – М.: Юристъ, 2005. С. 28. 
    212
    Луман Н. Общество как социальная система. Пер. с нем./ А.Антоновский. М.: Издательство «Логос», 2004. С. 110. 


    173 
    Ushbu holat o‘zini o‘zi boshqarishda alohida insonning ishtiroki, uning huquqiy ongi va 
    madaniyatini oshirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratishni taqozo qiladi. O‘zbekiston 
    Respublikasida “Jamiyatda aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish Milliy dasturi”ning 
    qabul qilingani mazkur masalani hal qilishning tashkiliy-huquqiy asoslarini belgilab berdi. Faol 
    shaxslargina o‘z manfaatlarini anglab, ularni bevosita o‘zlari yoki turli guruhlarga, xususan 
    hududiy jamoalarga uyushgan holda amalga oshiradilar. 
    Fuqarolarning uyushganlik darajasi, o‘zaro aloqalarining yaqinligi, hududiy jamoalarning 
    turli ko‘lamda tashkil etilishiga qarab farqlanishi tabiiy holdir. Aynan ushbu holat turli 
    ko‘lamdagi hududiy jamoalarning faolligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Eng quyi qishloq, shaharcha, 
    mahalla jamoalari a’zolari aloqalarining yaqinligi, ularning boshqaruvdagi bevosita ishtiroki 
    tufayli, hududiy hamjamiyatlarni shakllantiradi. Aynan shunday hamjamiyatlar manfaat 
    guruhlarini tashkil etib, hudududiy o‘zin o‘zi boshqaruvchi sub’ekt hisoblanadi. Bundan har bir 
    hududiy jamoa, uning ko‘lamidan qat’i nazar, rivojlangan kommunikatsiyalar tizimiga ega 
    bo‘lishi lozim degan xulosa kelib chiqadi. 
    Hududiy jamoalarning faolligi ular tomonidan shakllantirilgan ijtimoiy-siyosiy institutlar 
    faoliyatiga bevosita bog‘liqdir. Bunday institutlar, xoh ijtimoiy, xoh siyosiy bo‘lsin, ijtimoiy 
    guruhlarga siyosat sohasida o‘z manfaatlarini tartibli qondirish imkonini beradi. Ular 
    munosabatlarni barqarorlashtirib, individlar va guruhlar yurish-turishini tartibga solib, ularning 
    harakatlarini muvofiqlashtiradi va integratsiyalashuvini ta’minlaydi. Ijtimoiy institutlar, avvalo, 
    muassasalar tizimi bo‘lib, ularda ijtimoiy guruh a’zolari tomonidan tayinlangan yoki saylangan 
    muayyan shaxslar jamiyat va individual manfaatlarni qondirish, shuningdek guruhning boshqa 
    a’zolari yurish-turishini tartibga solish maqsadida umumiy boshqaruv funksiyalarini bajarish 
    vakolatini oladilar. Fuqarolar yig‘inlari bunday institut vazifasini o‘taydi.
     
    2015 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra respublika hududida 9 787 ta fuqarolar yig‘ini 
    faoliyat ko‘rsatmoqda, jumladan, 189 ta shahar fuqarolar yig‘ini, 1295 ta qishloq, 157 ta ovul va 
    8 146 ta mahalla fuqarolar yig‘inlaridir. O‘rta hisobda har bir fuqarolar yig‘ini 3 mingga yaqin 
    kishini qamrab oladi. Bugungi kunda fuqarolar yig‘ini raisi lavozimida 1255 nafar ayol faoliyat 
    yuritib, umumiy raislar sonining 12,8% ni tashkil etadi. Aksariyat fuqarolar yig‘ini raislari (54,6 
    %) oliy ma’lumotga ega bo‘lib, hududlar miqyosida eng yuqori ko‘rsatkich Qashqadaryo 
    viloyatida - 72,3%, Qoraqalpog‘iston Respublikasida - 77,1%, Toshkent shahrida –77% ni 
    tashkil etadi. 
    Hozirgi kunda har bir fuqarolar yig‘inidagi shtat lavozimida fuqarolar yig‘ini raisi, diniy 
    ma’rifat va ma’naviy-ahloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchi, ma’sul kotib va “Mahalla 
    posboni” jamoat tuzilmasi rahbari – jami 40 mingga yaqin kishi faoliyat ko‘rsatmoqda. Undan 
    tashqari, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatida jamoatchilik asosida fuqarolar 
    yig‘inining obro‘li va hurmatga sazovor a’zolari o‘rtasidan saylangan maslahatchilar faoliyat 
    yuritadi, ular faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha saylangan komissiyalarga rahbarlik 
    qiladi. Ularning soni 100 ming kishiga yaqin.
    O‘zbekistonda o‘zini o‘zi boshqarish organlarini qo‘lab quvvatlashda Respublika 
    “Mahalla” xayriya jamoat fondining roli katta. Respublika “Mahalla” xayriya jamoat fondi 1992 
    yilda tashkil etilgan bo‘lib, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarini mustahkamlashda, 
    ularning qonunchilikda belgilangan huquq va vakolatlarini samarali tatbiq etishda, jamoatchilik 
    nazoratini amalga oshirishdagi o‘rnini yuksaltirishga ko‘maklashadigan etakchi jamoat tashkiloti 


    174 
    hisoblanadi. Ushbu jamoat fondi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini 
    muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi ishchi organi maqomiga ega. O‘z navbatida 
    “Mahalla” xayriya jamoat fondining hududiy bo‘linmalari maqomiga ko‘ra fuqarolarning o‘zini 
    o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha hududiy kengashlar ishchi 
    organlari hisoblanadi. 
    Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlari faoliyati mamlakat aholisi 
    tomonidan keng miqyosda qo‘llab- quvvatlanishga va Hukumatning yuksak e’tirofiga sazovor 
    bo‘lmoqda. 2010-2013 yillar davomida fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining 150 
    nafarga yaqin xodimi turli davlat mukofotlariga sazovor bo‘lgan. 2014 yilda fuqarolarning o‘zini 
    o‘zi boshqarish organlari 27 nafar xodimi davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. 2014 yil 21 
    dekabrda bo‘lib o‘tgan saylovlarda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining 692 nafar 
    xodimlari xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari deputatligiga, 29 nafari viloyat Kengashi 
    deputatligiga va 3 nafari Oliy Majlis Senati a’zoligiga saylanganlar. Bu fuqarolarning o‘zini o‘zi 
    boshqarish organlarida bugungi kunda hurmat va ehtiromga loyiq insonlar faoliyat 
    yuritishayotganini ko‘rsatadi.

    Download 8,04 Mb.
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   169




    Download 8,04 Mb.
    Pdf ko'rish