III. Bosh buxgalter lavozimga tayinlanayotganda va lavozimidan ozod qilinayotganda qabul qilish-topshirish jarayonini amalga oshirish




Download 1,35 Mb.
bet129/149
Sana25.09.2024
Hajmi1,35 Mb.
#272367
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   149
Bog'liq
Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar

III. Bosh buxgalter lavozimga tayinlanayotganda va lavozimidan ozod qilinayotganda qabul qilish-topshirish jarayonini amalga oshirish

13. Bosh buxgalter lavozimga tayinlanayotgan va lavozimidan ozod qilina-yotganda buxgalteriya hisobi va hisobotining ahvoli tekshirilib, bank rahbari to-monidan tasdiqlanganidan keyin bo‘linmalarni qabul qilish-topshirish jarayoni da-lolatnoma (dalolatnomaning na’munaviy sxemasi mazkur Nizomning 1-ilovasida berilgan) bilan rasmiylashtiriladi.


Dalolatnomani qabul qiluvchi va topshiruvchi bosh buxgalterlar hamda bank rahbari va Bosh bank vakili (agar, bu jarayonda buyruq bo‘yicha Bosh bank vakili qatnashgan bo‘lsa) tomonidan imzolanadi.
14. Dalolatnomada qayd etilgan har bir ma’lumot tegishli hujjatlar va dalil-lar bilan tasdiqlanishi lozim. Bank kassasidagi naqd pullar albatta to‘la taftishdan o‘tkazilgan bo‘lishi shart. Boshqa bo‘limlarda qonunbuzarlikka yo‘l qo‘yilgan hol-lar aniqlansa qabul qiluvchi bosh buxgalter ichki hujjatlashtirilgan nazorat (ichki audit) o‘tkazishni talab qilishga haqli.
Agar, topshiruvchi bosh buxgalter dalolatnomada qayd etilgan ayrim ma’lu-motlariga rozi bo‘lmasa, dalolatnomani imzolashda ularga nisbatan asoslangan izohlar berishga haqli va dalolatnomaning munozarali qismi bo‘yicha o‘zining yozma xulosasini berishi shart. Ushbu yozma xulosa dalolatnomaga boshqa daliliy hujjat-lar sifatida tikib qo‘yiladi.
15. Dalolatnoma Bosh banki mavjud bo‘lgan filiallarda uch nusxada tuziladi va bank filiali rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Dalolatnomaning 1-nusxasi qabul

243


qiluvchiga, 2-nusxasi topshiruvchiga va 3-nusxasi Bosh bankning Buxgalteriya hi-sobi departamentiga taqdim qilinadi. Bosh banki mavjud bo‘lmagan banklarda da-lolatnoma ikki nusxada tuziladi va uning 1-nusxasi qabul qiluvchiga, 2-nusxasi topshiruvchiga taqdim qilinadi.
16. Qabul qilish va topshirish bank (filial) rahbari buyrug‘i bilan amalga oshiriladi. Buyruqda qabul qilish va topshirish muddatlari ko‘rsatilgan bo‘lishi lo-zim. Shuningdek, yangi ishga qabul qilingan bosh buxgalter tomonidan uning va-kolatiga kiruvchi pul hisob-kitob hujjatlarini imzolash huquqi rasmiylashtiriladi. Imzolash huquqi rasmiylashtirilgunga qadar ushbu hujjatlar topshiruvchi bosh buxgalter tomonidan yangi qabul qiluvchi bosh buxgalter nazoratida imzolanadi.
Shundan so‘ng, qabul qiluvchi bosh buxgalter buxgalteriyaning joriy ishlari-ga rahbarlik qiladi, buxgalteriya ishlarini tasdiqlangan hisob siyosatiga mos yuriti-lishi, hujjatlar rasmiylashtirilish va aylanishi, moliyaviy hisobotlarni tuzish, soliq-larni to‘lash holati ustidan o‘z nazoratini o‘rnatadi.
17. Agar, ishlab turgan bosh buxgalter vafot etgan yoki boshqa sabablarga ko‘ra qabul qilish-topshirish jarayonida ishtirok eta olmasa, qabul qilish-topshirish daloatnomasi bank rahbari va ishni yangi qabul qiluvchi bosh buxgalter tomonidan ushbu Nizomda belgilangan tartibda tuziladi.


Download 1,35 Mb.
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   149




Download 1,35 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



III. Bosh buxgalter lavozimga tayinlanayotganda va lavozimidan ozod qilinayotganda qabul qilish-topshirish jarayonini amalga oshirish

Download 1,35 Mb.