|
SHARTNOMANING HARAKATDA BO‘LISHI, UNI O‘ZGARTIRISH VA BEKOR QILISH TARTIBI
|
bet | 137/149 | Sana | 25.09.2024 | Hajmi | 1,35 Mb. | | #272367 |
Bog'liq Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar7. SHARTNOMANING HARAKATDA BO‘LISHI, UNI O‘ZGARTIRISH VA BEKOR QILISH TARTIBI
7.1. Mazkur shartnoma unga imzo chekilgan vaqtidan boshlab ___________ _____________ ga qadar bo‘ladi.
(aniq yoki noaniq muhlatda)
7.2. Mazkur shartnoma kiritilishi lozim bo‘lgan barcha o‘zgarish va qo‘-shimchalar tomonlarning kelishuvi bilan yozma tariqada amalga oshiriladi.
7.3. Bankdagi hisob raqamining shartnomasi mijoz arizasiga binoan istagan paytda bekor qilinishi mumkin.
7.4. Bank shartnoma bekor qilingan muhlatdan so‘ng etti kun davomida mi-jozning hisob raqamini yopadi va undagi qoldiq mablag‘larini mijozning arizasiga muvofiq boshqa hisob raqamiga ko‘chiradi. Agar shartnoma bekor qilingach yetti kun o‘tishi bilan mijoz qoldiq moliyaviy mablag‘larni bosh hisob raqamiga ko‘chi-rish haqida yozma ko‘rsatma bermagan taqdirda, bank o‘z tomonidan mijozning hisob-kitob hujjatlari va chek yozuvlaridagi ko‘rsatmalarini bajarishdan voz kechadi.
256
7.5. Bank talabi bilan bank hisob raqami shartnomasi sud orqali quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:
– mijozning hisob raqamida saqalanadigan pul mablag‘lari miqdori, bank qoida yoki shartnomaga ko‘ra kam miqdorda bo‘lganida, agar bu miqdor bank to-monidan shu to‘g‘risida ma’lum qilingandan so‘ng, bir oy davomida tiklanmagan;
– hisob-kitob raqami bo‘yicha yil davomida hech qanday operatsiyalar yuri-tilmaganda.
Sud qarori bilan hisob raqami yopilgan taqdirda va hisob raqami to‘xtatil-gandan so‘ng mijoz tomonidan bir oy davomida ma’lumot bo‘lmaganda qoldiq moliyaviy mablag‘lar mijozning yuridik turar joy manzilgohidagi notarial tashki-lotning depozit hisob raqamiga ko‘chiriladi.
Hisob raqamidagi qoldiq mablag‘lar mijozning topshirig‘iga muvofiq, bu haqda tegishli yozma ma’lumotnoma olinganidan kamida yetti kun o‘tgandan keyin, mijozga berilishi yoki boshqa hisob raqamiga ko‘chirilishi mumkin.
7.6. Bank hisob raqami shartnomasining bekor qilinishi mijozning bankdagi hisob raqamining yopilishiga asos bo‘ladi.
|
| |