5. TOMONLARNING MAS’ULDORLIGI
5.1. Mazkur shartnoma bo‘yicha qabul qilingan majburiyat shartlarini buz-ganliklari uchun tomonlar amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikni zimma-lariga oladilar.
5.2. Bank mijozning hisob raqamida barcha operatsiyalarning o‘z vaqtida va to‘g‘ri aks ettirilishiga javobgardir.
255
Bank aybi bilan mijoz hisob raqamidan noo‘rin va noto‘g‘ri chegirilgan mablag‘lar, shuningdek uning hisob raqamiga mijozga ta’luqli bo‘lgan mablag‘lar-ni kechiktirib yoki hatto ko‘chirilganligi uchun bank mijozga to‘lov qog‘ozlarida belgilangan mablag‘ miqdorining har bir kuni uchun ___ foiz, kredit bo‘yicha hi-sob-kitobning o‘rtacha miqdoridan oshirmay, jarima to‘laydi.
Bank aybi bilan hisob-kitob hujjatlari yo‘qotilgan taqdirda, agar bu hol mi-joz to‘lovlarini kechiktirishga sabab bo‘lsa, mazkur shartnomaning 5.2.ikkinchi bandida belgilanganidek, to‘lov umumiy miqdorining kamida ____ foizida jarima to‘lashi kerak.
Bank mijozning hisob raqamidan noto‘g‘ri berilgan ko‘chirmalar uchun har bir bunday holat uchun bir oylik kichik ish haqi miqdorida jarima to‘laydi.
5.3. Mijoz o‘z hisob raqamiga noo‘rin o‘tkazilgan mablag‘lar haqida hisob raqamidan ko‘chirma olganidan keyin bir kun davomida bankka xabar bermaganli-gi uchun bankka hisob raqamida unga taalluqli bo‘lmagan mablag‘ning har bir kun saqlanishi uchun o‘sha naqdina miqdorining ____ foizidan oshirmay, ___ foiz haj-mida jarima to‘laydi.
6. FAVQULODDA HOLATLAR
6.1. Favqulodda holatlarda, shartnoma qabul qilinganidan keyin; suv toshqini, yong‘in, zilzila va boshqa tabiiy ofatlar, embargo, urush yoki harbiy harakatlar yuz berganda, tomonlar mazkur shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarining to‘liq yoki qisman bajarilmay qolgan shartlari uchun javobgarlikni zimmaga olmaydilar.
6.2. Bank tomonidan qabul qilingan majburiyatlarning to‘liq yoki qisman bajarilishi xavfi yuzaga kelganda ikki oy vaqt o‘tishi bilan mijoz bankning ko‘rilgan zararlarini qoplamagan holda shartnomani to‘liq yoki qisman bekor qilish huquqiga ega.
|