• O‘zbekiston Respublikasi banklari buxgalteriya xodimlarining asosiy vazifalari R O‘ Y X A T I
  • VI. Bosh buxgalterlarning javobgarligi




    Download 1,35 Mb.
    bet132/149
    Sana25.09.2024
    Hajmi1,35 Mb.
    #272367
    1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   149
    Bog'liq
    Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar

    VI. Bosh buxgalterlarning javobgarligi

    32. Bosh buxgalter quyidagi hollarda javobgar bo‘ladi:


    a) buxgalteriya hisobi noto‘g‘ri yuritilib, oqibatda pala-partish holatga kel-gan va buxgalteriya hisoboti buzilganda;
    b) pul mablag‘lari, tovar-moddiy va boshqa qimmatliklarni qabul qilish, ularni kirim qilish, saqlash va sarflash yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibga zid operatsiyalar bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilgan va ijroga qabul qilingan hollarda;
    v) talab qilib olinguncha va boshqa hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalar, shuningdek debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar kechikib hamda noto‘g‘ri amalga oshirilganda;
    g) kamomadlar, debitorlik qarzlari va boshqa yo‘qotishlarni buxgalteriya balans hisobotlaridan chiqarish tartibi buzilganda;
    d) buxgalteriya xodimining aybi bilan noto‘g‘ri buxgalteriya hisoboti tuzilganda; e) buxgalteriya hisobini tashkil etishga doir boshqa me’yoriy-huquqiy hujjat-
    lar talablari buzilganda.
    33. Bosh buxgalter quyidagi holatlar uchun bank rahbari bilan teng javobgar hisoblanadi:
    a) moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarining buzilishi; b) mansabdor shaxslardan ular etkazgan zarar summasini o‘z vaqtida undirib
    olmaslik;
    v) kunlik, oylik, choraklik va yillik balans hisoboti hamda boshqa buxgal-teriya hisobotlarini tegishli organlarga taqdim etish muddatlarining buzilishi;
    g) bankning balans hisobotida aks ettirilgan ma’lumotlar hamda elektron to‘lovlar tizimi orqali o‘tkazilgan to‘lov hujjatlarining but saqlanish hamda kunlik arxivlash tartibi uchun.
    34. Bosh buxgalterlarning tartib-intizomi, moddiy va jinoiy javogarligi amaldagi qonunchilikka muvofiq tarzda belgilanadi.
    Bunda bosh buxgalter bo‘ysunish tartibiga muvofiq tegishli yuqori bank to-monidan intizomiy javobgarlikka tortilishi mumkin.

    248


    3-ilova

    O‘zbekiston Respublikasi banklari buxgalteriya xodimlarining asosiy vazifalari R O‘ Y X A T I


    Download 1,35 Mb.
    1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   149




    Download 1,35 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    VI. Bosh buxgalterlarning javobgarligi

    Download 1,35 Mb.