• Bank buxgalteriya apparati
  • Bosh kitob
  • Bank depoziti
  • Bank krediti
  • Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar




    Download 1,35 Mb.
    bet140/149
    Sana25.09.2024
    Hajmi1,35 Mb.
    #272367
    1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   149
    Bog'liq
    Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar

    Balans qiymati – bu jamg‘arilgan eskirish va qiymatini yo‘qotish-dan ko‘riladigan jamg‘arilgan zararni chegirib tashlagandan keyin qol-gan va ushbu summa bo‘yicha aktiv balans hisobotida tan olinadigan summa.
    Bank amaliyot kuni – bank ish kunining bir qismi bo‘lib, bankka kelib tushgan barcha pul hisob-kitob hujjatlarini qabul qilish, rasmiy-lashtirish va buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida aks ettirish uchun ajra-tilgan vaqt.
    Bank buxgalteriya apparati – pul hisob-kitob hujjatlarini rasmiy-lashtirish, bank operatsiyalarini ichki nazoratdan o‘tkazish hamda ularni hisob registrlarida qayd etish bilan shug‘ullanuvchi xodimlar guruhi
    Bank ish kuni – qonun hujjatlari bilan belgilangan kun ichida o‘r-natilgan ish vaqti
    Bank operatsiyalari ichki nazorati – bank rahbariyati va barcha bank xodimlari tomonidan kunlik bank operatsiyalarini amalga oshirish

    268


    jarayonida ularning qonunchilikka mosligi, samaradorligi, yuqori malaka-da bajarilishi va moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini ta’minlash tizimi.
    Bosh kitob – hisobvaraqlar rejasidagi ikkinchi tartibli hisobvaraq-lari qoldiqlarining ro‘yxati
    Buxgalteriya hisobi registrlari – ikkiyoqlama yozuv usulida ope-ratsiyalar qayd etiladigan jurnallar, qaydnomalar, daftarlar va tasdiqlan-gan blanklar.
    Bek-ofis – bankning tarkibiy qismi bo‘lib, Front-ofis tomonidan dastlabki nazoratdan o‘tgan va ijro uchun taqdim qilingan ope-ratsiyalarni joriy nazoratdan o‘tkazish va bank operatsiyalarini amalga oshiruvchi buxgalterlar guruhi.
    Bank depoziti – bank mijozi-yuridik yoki xususiy shaxs tomoni-dan bankka saqlash uchun qo‘yilgan pul mablag‘lari; ular bank hisobo-tida passiv sifatida ko‘rsatiladi.
    Bank kafolati – mijozning iltimosiga ko‘ra tijorat banki tomoni-dan bo‘nak (avans) sifatida summani kontrakt shartlari bo‘yicha bajarish va kafolatlash. Bank kafolati berilishida kafolat majburiyatining maz-muni bankning o‘z farmoyishi bilan so‘zsiz tartibda qarzdor tashkilot-ning hisobdan uning summasini kafolat tashkilot hisobidan qoplash yo‘li bilan yoki u tashkilotga taalluqli bo‘lgan pullarni undirish yo‘li bilan ssudani qoplash huquqidan iboratdir.
    Bank krediti – foiz to‘lash sharti bilan banklardan beriladigan pul vositasi. Qisqa muddatli, o‘rta muddatli, uzoq muddatli, shuningdek, to‘-lanuvchi ssudalar, hisob veksellari, tovar hujjatlariga asoslangan ssuda, qimmatli qog‘ozlar, investitsiya ssudalari farqlanadi.

    Download 1,35 Mb.
    1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   149




    Download 1,35 Mb.