V. Bosh buxgalterning huquqlari




Download 1,35 Mb.
bet131/149
Sana25.09.2024
Hajmi1,35 Mb.
#272367
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   149
Bog'liq
Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar

V. Bosh buxgalterning huquqlari

26. Bosh buxgalter o‘ziga bo‘ysunuvchi xodimlar uchun xizmat vazifalarini belgilab beradi. Bunda har bir xodim o‘z majburiyatlarini bilishi hamda ularning bajarilishi uchun javobgar bo‘lishi zarur. Boshqa bo‘linmalar va xizmatlarning buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish hamda uni tashkil etish masalalari bilan shug‘ullanuvchi xodimlari o‘z vazifalari bo‘yicha bosh buxgalterga bo‘ysunadilar.


27. Bosh buxgalterning bajarilgan operatsiyalarni rasmiylashtirish hamda ma’lumotlarni hisoblash qurilmalari orqali jo‘natish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va ma’lumotlarni buxgalteriyaga taqdim etish borasidagi talablari bankning barcha bo‘linmalari va xizmatlari uchun majburiydir.
Bosh buxgalter o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib bergan ko‘rsatmalarining bajarilmaganligi yoki buzilganligi uchun aybdor shaxslar belgi-langan tartibda bank rahbarining farmoyishiga binoan mukofotdan to‘liq yoki qis-man mahrum etilishi, zarur hollarda esa qonunda belgilangan tartibda javobgarlik-ka tortilishi mumkin.
28. Moddiy javobgar shaxslarni (kassirlar, ombor mudirlari va boshqalar) la-vozimga tayinlash, ozod etish va boshqa lavozimga o‘tkazish masalasi bosh bux-galter bilan kelishib hal qilinadi.
29. Xodimlarga mansab maoshlari, ish haqi ustamalari hamda mukofotlarni belgilash to‘g‘risidagi buyruqlar va farmoyishlarni dastlab bosh buxgalter ko‘rib chiqadi va ularga imzo chekadi.
30. Bosh buxgalter quyidagi huquklarga ega:
a) buxgalteriya hisobi va nazorat ishlari to‘g‘ri tashkil etilishini ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar ko‘rishni bank rahbaridan talab qilish;
b) tarkibiy bo‘linmalarda pul mablag‘lari, tovar-moddiy va boshqa qimmat-liklarni qabul qilish, kirim qilish, saqlash hamda sarflash yuzasidan belgilangan tartibda amal qilinishini tekshirib turish;
v) mukofotlar hajmlarini pasaytirish yoki mukofotdan mahrum etish to‘g‘ri-sida takliflar berish.

247


31. Bank rahbari bosh buxgalterga ushbu Nizomda ko‘zda tutilgan o‘z maj-buriyatlarini bajarishi hamda huquqlaridan foydalanishida atroflicha yordam be-rishga majbur.
Bosh buxgalter ana shu majburiyatlarni bajargani hamda o‘z huquklaridan foydalangani uchun unga taziyq o‘tkazish borasida qilinadigan har qanday urinish-larga qatiyan barham berishi, bunga aybdor bo‘lgan shaxslar esa qat’iy javobgar-likka tortilishi lozim.


Download 1,35 Mb.
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   149




Download 1,35 Mb.