SH A R T N O M A
‘___’_______2009-yil
Tijorat banki (Tijorat banki bo‘linmasi) ________________ Bundan keyin AT banki deb ataluvchi, uning nomidan _______________________________ ________________________________ Rahbar, uning o‘rinbosari yoki mas’ul shaxsning unvoni ____________________________________________________ Nasabi, Ismi, Otasining ismi
Bir tomondan __________________________ asosida harakat qiluvchi bank nizomi yoki bank rahbari nomidan dalolatnoma. __________________________________________________________________
xo‘jalik yurgizuvchi subyektning to‘liq nomi __________________________________________________________________ ___________________vakolatida________
rahbar lavozimi yoki mas’uldor shaxsning vazifasi __________________________________________________________________
uning nasabi, ismi, otasining ismi ___________________________ asosida harakat qiluvchi ____________
tasdiqlovchi hujjatning nomi ____________________________________________________________
shartnomaga imzo chekuvchi shaxsning mas’uldorligi va ikkinchi tomondan bundan keyin ‘Mijoz’ deb ataluvchi o‘zaro quyidagi shartnomani tuzdilar:
1. SHARTNOMA MOHIYATI
Mijoz topshirig‘i bilan bank uning uchun talab qilgungacha depozit hisob raqamini ochish, (keyin matnga hisobvarag‘i) hamda amalda bo‘lgan qonunchilik bo‘yicha uning Nizom yuzasidan hisob-kitob va kassa xizmati faoliyatini ta’min-lash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.
2. TOMONLAR MAJBURIYATI
2.1.Bank quyidagilarni zimmasiga oladi:
2.1.1.Mijozning barcha hisob-kitob kassa xizmatini olib borish va uning topshirig‘iga binoan harakatda bo‘lgan qonunchilik va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki rejalashtirish yo‘riqnomalarida nazarda tutilgan hamma hisob-kitob va kassa operatsiyalarini bajarish shu jumladan:
a) mijozning pul mablag‘larini unga ta’luqli bo‘lgan bir hisob raqamidan bosh-qasiga, shuningdek, istagan shaxs hisob raqamiga ko‘chirish topshirig‘ini bajarish:
b) hisob-kitob hujjatlarini to‘latish:
252
v) mijozning boshqa yuridik yoki jismoniy shaxslardan tegishli bo‘lgan pul mablag‘larini undirib olish va uning hisob raqamiga ko‘chirish (inkasso) yuzasidan topshirig‘ini bajarish;
g) mijozning harakatidagi qonunchilikda nazarda tutilgan talablarga ko‘ra naqd pulini qabul qilish va unga naqd pul to‘lash yuzasidan talabini qondirish;
Hisob-kitob kassa xizmatiga tegishli bo‘lmagan boshqa turdagi ishlar (kre-ditlashtirish, faktoring, lizing xarid qilish, qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish va asrash, kafolatli va boshqa operatsiyalarni) bank tomonidan mijoz bilan tuzilgan alohida shartnomalar vositasida amalga oshiriladi.
Mijozga xizmat ko‘rsatish qat’iy ajratilgan vaqtda soat__dan ____gacha (shanba, yakshanba va bayram kunlari istisno qilingan holda) amalga oshiriladi.
2.1.2. Mijozning xohishi bo‘yicha uning bilan hisob-kitob operatsiyalarini O‘zbekiston Respublikasi hududidan harakatda bo‘lgan naqd pulsiz qoidalari aso-sida yuritilishini ta’minlash. Mijozning hisob raqamidan mablag‘ chegirish, uning topshirig‘i yoki roziligi bilan bankka hisob-kitob hujjatlari kelib tushgandan so‘ng, kechiktirilmay ikkinchi kunida amalga oshiriladi. Mijozning hisob raqamidan uning roziligini olmay turib, chegirish bank tomonidan maxsus xollarda qonunchi-lik nuqtayi nazaridan yoki mijoz hamda uchinchi shaxs o‘rtasidagi shartnomaga asosan amalga oshirilishi mumkin.
2.1.3. Bank to‘lov hujjatlarini qabul qilganda ularning zarur bo‘lgan belgilari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshiradi va mablag‘ini tegishli yo‘nalish bo‘yicha uch ish kuni davomida o‘tkazilishini ta’minlaydi.
2.1.4. Naqd pulni qabul qilib olish bank muassasalaridagi kassa ishi qoidalari asosida amalga oshiriladi.
2.1.5. Mijozni hisob-kitob kassa hujjatlari: chek daftarchalari, naqd pul ba-dallari va boshqa to‘lovlari rasmiy qog‘ozlari bilan ta’minlash. Mijoz talabi bilan uning ishonchli vakiliga hisob raqamidan ko‘chirmalarni, tegishli ilova hujjatlari-ning berilishini yo‘lga qo‘yish.
2.1.6. Bank mijozning hisob raqami bo‘yicha o‘tkaziladigan operatsiyalar ha-qida ma’lumotnomalar uchinchi shaxsga faqat harakatdagi qonunchilikda ko‘zda tutilgan talablar asosida taqdim etilishi mumkin.
2.1.7. Hisob-kitob, bank texnikasi, hujjatlarni ayirboshlash, hisob-kitob-kassa xizmatiga bevosita aloqador bo‘lgan masalalar bo‘yicha mijoz bilan tushuntirish ishlari olib borish.
2.1.8. Ishonib topshirilgan pul mablag‘lari asralishini ta’minlash. Bank mi-joz bilan olib borilayotgan hisob-kitob-kassa hujjatlarining to‘g‘riligiga aniq bir shubxalarga ega bo‘lganda operatsiya ishlarini amalga oshirishdan voz kechib, bu haqda mijozga yoki birinchi va ikkinchi imzo chekish huquqiga ega bo‘lgan man-sabdor shaxsga ma’lum qilishi kerak.
2.1.9. Mijozning buyurtmasiga muvofiq belgilangan yo‘nalishga yetib bor-magan uning moliyaviy mablag‘larini qidirib aniqlash tadbirlarini amalga oshirish.
2.2. Mijoz quyidagilarni zimmasiga oladi:
2.2.1. Bankka hisob raqamini ochish va uni olib borish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha hujjatlarni (talab qilguncha depozit hisob raqami) taqdim etish.
253
2.2.2. Bankda o‘rnatilgan ish tartibiga, to‘lov hujjatlarini to‘ldirish va taq-dim qilish jarayoniga rioya qilish. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining harakatda bo‘lgan qo‘llanmalari va boshqa rejalashtirish hujjatlar talabiga rioya qilish.
2.2.3. Yilning har choragida mijozning naqd mablag‘larga ehtiyojini aniq-lashga imkon beradigan qoida-tartib bo‘yicha uch oylikning dastlabki oyi ___ kun-gacha bo‘lajak rejalar bo‘yicha buyurtma taqdim etish.
2.2.4. Bank xazinasidan naqd pul olish oldidan bankka pul chekini taqdimetish.
2.2.5. Mazkur shartnomaning 4-bandida ko‘rsatilgan tartib bo‘yicha hisob-
kitob-kassa xizmati to‘lovlari bankga o‘tkazish.
2.2.6. O‘z hisob raqami bo‘yicha tasdiq qog‘ozlari olingan kundan boshlab 2 ish kuni davomida (yoki o‘z hisob raqami holati bo‘yicha qabul qilingan axborot-nomadan so‘ng) hisob raqamiga tushgan begona mablag‘lar haqida bankka ma’lu-mot berish.
2.2.7. Boshqa davlatlar subyektlari, shuningdek, zarur bo‘lganda eksport va import operatsiyalari bo‘yicha tegishli hujjatlarni bank talabiga muvofiq tayyorlab taqdim etish.
2.2.8. Mazkur shartnoma kuchga ega bo‘lgan davr mobaynida hisob raqamida ____________ so‘m mablag‘ bo‘lishini ta’minlash.
|