• Oddiy kooperastiya – bu bir xil ishni yoki xizmat vazifasini bajaruvchi xodimlarning eng oddiy shaklidagi uyushishi, birgalashib ma’lum tartib asosida ishlaydigan kishilar guruhidir.
  • Manufaktura – bu mehnat taqsimotiga asoslangan, lekin mashina hali mavjud bo’lmagan sharoitdagi kooperastiyadir.
  • Mehnat vositalari, materiallar, texnologiya, energiya, axborotlar va ishlab chiqarishni tashkil etish bilan birgalikda ishlab chiqarishning texnologik usuli deyiladi




    Download 114,26 Kb.
    bet4/23
    Sana26.09.2024
    Hajmi114,26 Kb.
    #272598
    TuriReferat
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
    Bog'liq
    5b14d7aaad2f0

    Mehnat vositalari, materiallar, texnologiya, energiya, axborotlar va ishlab chiqarishni tashkil etish bilan birgalikda ishlab chiqarishning texnologik usuli deyiladi.
    Ular o’rtasidagi chegaralarni jamiyat taraqqiyoti tarixining yirik bosqichlari ajratib turadi. Bir texnologik ishlab chiqarish usulidan boshqasiga o’tish asosan mehnat vositalarining tavsifidagi o’zgarishlar, fan va texnika taraqqiyoti bilan belgilanadi.
    Ishlab chiqarish texnologik usullarining dastlabki uchta bosqichlari alohida farqlanadi. Bular oddiy kooperastiya, manufaktura va mashinalashgan ishlab chiqarish. Oddiy kooperastiya – bu bir xil ishni yoki xizmat vazifasini bajaruvchi xodimlarning eng oddiy shaklidagi uyushishi, birgalashib ma’lum tartib asosida ishlaydigan kishilar guruhidir. Kooperastiyaning yakka tartibdagi hunarmandchilik ishlab chiqarishiga nisbatan afzalliklari quyidagilar orqali namoyon bo’ladi:

    1. ko’plab ishchilarning birgalikdagi mehnati ishchi kuchidagi alohida tafovutlarning yo’qolishiga, ularning sifat jihatidan bir xildalashuviga olib keldi;

    2. bino va inshootlardan birgalikda foydalanish natijasida yoqilg`i, yoritish va boshqa shu kabi xarajatlarning kam sarflanishi mahsulot birligiga to’g`ri keluvchi ishlab chiqarish vositalarining tejalishiga olib keldi;

    3. birgalikdagi mehnat bellashuvni keltirib chiqarib, mehnat unumdorligini oshirdi.

    Manufaktura – bu mehnat taqsimotiga asoslangan, lekin mashina hali mavjud bo’lmagan sharoitdagi kooperastiyadir. Manufaktura davrida ishlab chiqarishning umumlashuv jarayoni davom etadi. Yalpi ishchi kuchi tarkib topadi,
    har bir ayrim xodim esa yalpi ishchi kuchining tarkibiy qismiga aylanadi. Bunda oddiy kooperastiyadagidek qo’l mehnatiga va qo’l mehnatiga asoslangan qurolga tayanadi.
    Manufaktura ixtisoslashtirilgan qurol va asboblar vujudga keltirib hamda ishchini tor operastiyalarni bajarishga bog`lab, yirik mashinalashgan ishlab chiqarishga o’tish uchun zarur shart-sharoit tayyorlaydi. Bu davrda ishlab chiqarishni tashkil etish, mehnatning mazmuni va tavsifida, ishlab chiqarishning butun texnologik usulida, iqtisodiy munosabatlarda va butun ijtimoiy hayotda ham tub o’zgarishlar ro’y beradi. XVIII asrning so’nggi 30 yili ichida boshlangan sanoat revolyustiyasi natijasida yirik mashinalashgan ishlab chiqarish vujudga keldi.

    Download 114,26 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




    Download 114,26 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mehnat vositalari, materiallar, texnologiya, energiya, axborotlar va ishlab chiqarishni tashkil etish bilan birgalikda ishlab chiqarishning texnologik usuli deyiladi

    Download 114,26 Kb.