|
Ishlab chiqarish usuli bilan jamiyat ustqurmasi ijtimoiy-iqtisodiy formastiyani tashkil etadi
|
bet | 3/23 | Sana | 26.09.2024 | Hajmi | 114,26 Kb. | | #272598 | Turi | Referat |
Bog'liq 5b14d7aaad2f0Ishlab chiqarish usuli bilan jamiyat ustqurmasi ijtimoiy-iqtisodiy formastiyani tashkil etadi (1-chizma).
Bu erda ikki holatga e’tibor berish muhim. Birinchidan, ishlab chiqarish munosabatlari mustaqil, alohida tizimni tashkil qilmaydi. Ular ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan ham, shuningdek ustqurma bilan ham har doim o’zaro ta’sirda bo’ladi. Ikkinchidan, turli formastiyalarda o’ziga xos ishlab chiqarish munosabatlari amal qiladi va bu esa har bir formastiyaga mos keluvchi ishlab chiqarish usulini belgilab beradi.
Ижтимоий-иqтисодий формация
chizma. Ijtimoiy-iqtisodiy formastiyaning tarkibiy tuzilishi.
Insoniyat jamiyati tarixida bir-biri bilan izchil almashinib turgan qator ishlab chiqarish usullari va shunga muvofiq ijtimoiy-iqtisodiy formastiyalar ajralib turadi. Ishlab chiqarish usullari almashinishining klassik namunasi Evropada namoyish qilingan deb hisoblanadi. Evropa hududida bir-biri bilan almashinib, ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodal va kapitalistik munosabatlar izchil tarkib topdi. Boshqa qit’alarga kelganda esa, bu erda kapitalizmgacha bo’lgan davrda mana shu marralarning hammasi aniqroq qayd etilgan. Osiyo, Afrika, Avstraliyada Evropa mustamlakachiligining ta’siri seziladi. Adabiyotlarda Osiyocha ishlab chiqarish
usuli deb atalmish usul haqida ham qayd qilinadi. Bu usulning shakllanishida mamlakatlarning katta turkumiga xos bo’lgan ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlarining sug`orish tizimlarini markazlashtirilgan tarzda tartibga solib turish va davlatning ana shu sharoitlarda alohida roli bilan bog`liq sifat xususiyatlari aks etadi.
Iqtisodiy fanda ijtimoiy taraqqiyotni stivilizastiyaning tarixiy rivojlanish tiplari natijasi sifatida o’rganish ham muhim o’rin tutadi.
«Цivilizastiya» so’zi lotinchada fuqarolarga oid, ijtimoiy degan ma’nolarni anglatadi. Bu tushuncha fanga franstuz faylasuflari tomonidan nisbatan yaqin vaqt – ikki asr oldin kiritilgan bo’lib, tafakkur va erkinlik hukmron bo’lgan jamiyatlarni tavsiflash uchun qo’llanilgan. Umuman olganda stivilizastiya rivojlangan mamlakatlardagi iqtisodiy va ijtimoiy-huquqiy munosabatlarning oqilona tashkil etilgan tuzumi sifatida talqin etiladi.
Jamiyat taraqqiyotini stivilizastiya nuqtai-nazaridan o’rganishda stivilizastiyalarning almashuvi nazariyasi muhim o’rin tutadi. Bu nazariya tarafdorlari quyidagi 7 ta bosqichdan iborat stivilizastiyani ajratib ko’rsatadilar:
davomiylik muddati 30-35 asrni o’z ichiga olgan neolit davri;
davomiylik muddati 20-23 asrni o’z ichiga olgan sharqiy quldorlik davri (bronza asri);
davomiylik muddati 12-13 asrni o’z ichiga olgan antik davr (temir asri);
davomiylik muddati 7 asrni o’z ichiga olgan erta feodal davri;
davomiylik muddati 4,5 asrni o’z ichiga olgan industrlashishdan oldingi davr;
davomiylik muddati 2,5 asrni o’z ichiga olgan industrial davri;
davomiylik muddati 1,3 asrni o’z ichiga olgan yuqori industrlashish davri.1 Bu qayd qilingan bosqichlardan ko’rinib turibdiki, ushbu nazariyada turli qarashlar va yondashuvlarni aralashtirish holatiga yo’l qo’yilib, jamiyat taraqqiyoti
bosqichlarini ajratishning aniq bir mezoni yoki belgisi mavjud emas.
1 Экономическая теория: Учебник. - Изд., испр. и доп. / Под общ. ред. акад. В.И.Видяпина, А.И.Добрынина, Г.П.Журавлевой, Л.С.Тарасевича. – М.: ИНФРА-М, 2005, 55-б.
Jamiyat taraqqiyoti bosqichlariga texnologik yondashuv ham ma’lum bir oqim xisoblanadi. Ular jamiyat tarixiy taraqqiyoti davomida ro’y berayotgan o’zgarishlar ko’lami va tavsifini yaxshiroq tushunib olish uchun ishlab chiqarishning turli texnologik usullarini tahlil etish, mashinalashgan ishlab chiqarishning vujudga kelishi va rivojlanish tarixiga murojaat qilish zarur deb hisoblaydilar.
|
| |