|
Ijtimoiy tarmoq saytlarining o'quv muhitida tutganBog'liq ijtimoiy-tarmoq-saytlarining-oquv-muhitida-tutgan-o-rni
№4 2022
25
Cheklangan: raqamli ta'lim barcha fanlarga taalluqli emas. Muhandislik, tibbiyot
fanlari va boshqa STEM fanlari kabi amaliyotni talab qiladigan sohalarni raqamli
sinflar bilan to'liq amalga oshirib bo'lmaydi. Bundan tashqari, ba'zi amaliyotlarni
virtual tarzda o'rganish mumkin emas.
Aldashning oldini olish qiyin: an'anaviy o'qitishdan farqli o'laroq, o'qituvchilar
talabalarni shaxsan kuzatishi mumkin. Raqamli onlayn darslar o'qituvchilarga
imtihon paytida o'z talabalarini baholashni qiyinlashtiradi. Talabalar testda
aldayaptimi yoki yo'qmi, o'qituvchilar hech qanday tasavvurga ega bo'lmaydilar,
chunki ular jismonan ularni baholash uchun talaba bilan jismonan birga
bo`lmaganliklari tufayli.
Elektron ta'limning yana bir kamchiligi - bu onlayn tarzda dars bera oladigan
malakali mutaxassislarning etishmasligi. Elektron ta'lim va yuzma-yuz ta'limdan juda
farq qiladi. O‘qituvchi kompyuter ekrani orqali axborotni yorqin, tushunarli va
qiziqarli bo‘lishi uchun yetkaza olishi kerak.
So`ngi yillarda dunyo miqiyosida keng tarqalgan Covid19 virusi tufayli juda
ko`p o`quv kurslari turli xil ijtimoiy tarmoqlar yoki maxsus o`quv platformalari orqali
olib borilishiga to`g`ri keldi. Bu sayi harakatlarning barchasi yuzaga kelgan
pandemiyaning tez tarqalib ketmasligi va odamlar hayotini saqlab qolish maqsadida
amalga oshrildi. Hattoki, o`quv jarayonidagi imtihonlar ham internet tarmog`i orqali
topshirildi. Vaholanki onlayn imtihon topshirish jarayonida juda ko`p kamchiliklar
yuzaga keldi va yuzaga kelmoqda. Bularning eng achinarlisi bu talabalarning imtihon
vaqtida bemalol boshqa resurslardan foydalana olish imkoniyatidir. Maxsus
platformalar yoki ijtimoiy tarmoqlarda imtihon toshirayotgan talaba, imtihon jarayoni
davomida o`zi ishlatib turgan oynani свернуть qilib imtihondagi savollarning
javoblarini qidiruv xizmatlari orqali toppish imkoniyatlariga ega bo`ldilar. Buning
yechimi sifatida test jarayonida web kamera, mikrofon va ekranni yozib olish
xizmatlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Birinchidan, web kameradan foydalanish talabani doimiy kuzatuvda bo`lishini
anglatadi. Agar test jarayonida qandaydir ruxsat etilmagan hatti harakatlarni amalga
oshirmoqchi bo`lsa, web kamera bo`lganligi tufayli amalga oshira olmaydi. Mikrofon
esa talabaning ovozi ham doimiy ravishda o`qituvchiga eshitilib turishini
ta’minlaydi.Bu aytib o`tilgan holat faqatgina juda kam sonli auditoriyaga
mo`ljallangan. Biroq, talabalar sonining ko`pligi o`qituvchi uchun bir vaqtning o`zida
hammasini bir xilda nazoratda ushlashning imkonini bermaydi va yuqorida aytib
o`tilgan ikki vosita bo`lsa ham olib borilayotgan imtihon jarayoni xolisona o`tmasigi
mumkin. Shuning uchun vaziyatni qat’iy nazoratga olish uchun sun’iy intellektdan
foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ya’ni dasturdan foydalinayotgan talabaning
ovozi, va hatti harakatlari sun’iy intellekt tomonidan nazorat qilinadi. Agar nomaqbul
harakatlar sodir bo`lsa imtihon jarayonidan chetlashtiriladi. Sun’iy intellektdan
|
| |