• Talaba portfoliosining komponentlari
  • Ijtimoiyfanlarva jismoniy madaniyat




    Download 10,97 Mb.
    bet134/163
    Sana25.11.2023
    Hajmi10,97 Mb.
    #105408
    1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   163
    Bog'liq
    Мажмуа янги тарих 2022

    Bunday «portfolio» muallifining o‘z fikrlari va o‘z-o‘zini baholash natijalari muhokamasida ushbu texnologiya prinsiplari va baholash mezonlarini quyidagicha belgilash mumkin:

    1. Aniq bilim sohasidagi faoliyat bo‘yicha o‘z-o‘zini baholash natijalari quyidagi omillar bilan asoslanadi:

    1. Tizimli va muntazam o‘z monitoringini olib borishi. Talaba biror fan bo‘yicha o‘z yutuqlarini nazorat qilib borishni maqsad qilib olsa, u ushbu fan bo‘yicha muhim deb hisoblagan bilimlarini tizimiy ravishda «portfolio»ga joylashtirib boradi. Uning vazifasi- ushbu ishlarni diqqat bilan tahlil qilib borish, kerakli o‘zgartirishlar kiritish, unga tushuntirishlar berish, o‘z-o‘zini baholash bo‘yicha qisqa hisobot tayyorlash, ya’ni ushbu bilim sohasi bo‘yicha u nimalarni o‘zlashtirdi, nimalarni o‘zlashtira olmadi yoki tushunmadi, kelajakda nimalarga e’tibor qaratishi lozim. SHuningdek u bu erda o‘z bilimlariga o‘qituvchi, ekspertlar va ota-onasi tomonidan qo‘ygan baholarga ham fikrini bildirishi mumkin.

    2. «Portfolio» materiallari tarkibi, barcha yozma tushuntirishlarning mantiqiyligi va aniqligi.

    3. «Portfolio»da keltirilgan materiallarni to‘liqligi va mazmunan tugallanganligi.

    4. «Portfolio»ni tartib bilan va estetik jihatdan did bilan yaratilganligi.

    5. «Talaba portfoliosi» taqdimotini ko‘rgazmali, yaqqol va asoslangan holda bo‘lishi.

    Talaba portfoliosining komponentlari
    Portfolio tarkibi talabaning semestr yoki o‘quv yili davomidagi mustaqil ishlaridan iborat bo‘lmog‘i lozim. Talaba ushbu «portfolio» orqali anjumanlarda chiqish qilib, o‘zining mustaqil fikrlashga, fan bo‘yicha olgan bilimlarini ijodiy amalda tadbiq etishga qodirligini namoyish etgan holda, o‘z-o‘ziga ushbu bilim doirasi bo‘yicha shaxsan bahosini beradi. Bu talabaga o‘z yutuqlari, olgan bilimlari va ijodiy ishlarini mustaqil tahlil qilish va unga o‘z bahosini berish, uni o‘qituvchi yoki hamkorlari bilan baham ko‘rish imkonini yaratadi.

    Download 10,97 Mb.
    1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   163




    Download 10,97 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ijtimoiyfanlarva jismoniy madaniyat

    Download 10,97 Mb.