• Iqtisodiy resurslar
  • Inson omili
  • Insonparvar demokratik huquqiy davlatning o‘ziga xos belgilari
  • Ijtimoiyfanlarva jismoniy madaniyat




    Download 10,97 Mb.
    bet145/163
    Sana25.11.2023
    Hajmi10,97 Mb.
    #105408
    1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   163
    Bog'liq
    Мажмуа янги тарих 2022

    Iqtisodiy mustaqillik –muayyan bir mamlakatning Shu mamlakatda mavjud ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish vositalariga, tabiiy va ma’naviy boyliklarga va Shu boyliklar tufayli yaratilgan mahsulotdan tushgan milliy daromadga va uni taqsimlashga yagona egalik qilishi.

    Iqtisodiy resurslar – ma’lum davrda ma’lum bir mamlakat ixtiyorida to‘plangan va mavjud bo‘lgan ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, ularni iste’molchilarga etkazib berish va iste’mol jarayonlarida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan vositalar, qo‘r-qutlar, imkoniyatlar va manbalardir

    Individ - lot. individuum-bo‘linmas, alohida; inson zotining alohida olingan namunasi, uning vakillaridan biri; har biri alohida, mustaqil mavjud bo‘lgan tirik organizm; shaxs esa u yoki bu inson sifatida namoyon bo‘lib, u ma’lum va betakror individuallikka ega bo‘ladi.

    Inson omili – inson mohiyatiga xos bo‘lgan eng muhim xususiyatlarni – insondagi jismoniy – ruhiy tomonlarning birligi.

    Inson huquqlari- unga tor ma’noda faqat davlat himoya qiladigan va kafolat beradigan huquqlar kirib, bu huquqlarga barcha fuqarolarning qonun oldida tengligi, yashash va jismoniy daxlsizlik huquqi, inson qadr-qimmatini hurmat qilish, o‘zboshimchalik va noqonuniy ushlash yoki qamash, vijdon va din erkinligi, ota-onalarning o‘z bolalarini tarbiya qilish huquklari kiradi. Keng ma’nodagi inson huquqlari esa o‘zida shaxs erkinligi va huquqlarining keng majmuasi va turlarini ifodalaydi

    Insonparvar demokratik huquqiy davlatning o‘ziga xos belgilari - birinchidan, jamoat va davlat turmushining barcha sohalarida huquq va qonunning ustuvorligi, qonun talablarining davlat hokimiyati va barcha organlari, o‘zini o‘zi boshqarish organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi; ikkinchidan, shaxs huquqlari va erkinliklarining realligi, uni erkin kamol toptirish ta’minlanishi, davlat bilan shaxsning o‘zaro mas’ulligi; uchinchidan, davlat hokimiyatini qonunchilik, ijrochilik va sudhokimiyatiga bo‘lish asosida amalga oshirish.

    Institut - lot. institutum-mahkama, idora, muassasa; tizimlashtirilgan, hammaga tanilgan, amalda qo‘llanilayotgan va e’tirof etilgan (har qachon ham o‘z rasmiy tasdig‘ini topavermaydigan), u yoki bu tarzda mustahkamlangan qoidalar va me’yorlarga muvofiq o‘zaro xatti harakat qilish uchun qo‘llab-quvvatlanayotgan ko‘rsatmalarga ega bo‘lgan ijtimoiy agentlarning o‘zaro hatti harakatlari shakllari kiradi.


    Download 10,97 Mb.
    1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   163




    Download 10,97 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ijtimoiyfanlarva jismoniy madaniyat

    Download 10,97 Mb.