• Shavkat Mirziyoyevning
  • Faol tashqi siyosat: O‘zbekistonnning jahon hamjamiyatiga tobora integratsiyalashuvi va rivojlanish startegiyasi




    Download 10,97 Mb.
    bet55/163
    Sana25.11.2023
    Hajmi10,97 Mb.
    #105408
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   163
    Bog'liq
    Мажмуа янги тарих 2022

    3. Faol tashqi siyosat: O‘zbekistonnning jahon hamjamiyatiga tobora integratsiyalashuvi va rivojlanish startegiyasi.

    Mamlakatimiz o‘z mustaqilligiga erishgandan so‘ng jahon hamjamiyati orasida munosib o‘rin egallashga qarakat qilmoqda. O‘zbekistonning o‘z taraqqiyot istiqbollari uchun qulay jo‘g‘rofiy-siyosiy imkoniyatlarga ega ekanligi ham mustaqiltashqi siyosat yuritish, jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin olish uchun imkon bermoqda. Boz ustiga Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Prezidentligiga saylanishi mamlakatning faol tashqi siyosat borasidagi imkoniyatlarini yanada kengaytirdi. Xususan, avvalombor yaqin qo‘shni davlatdlar bilan barcha sohalarda hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yilishi muhim voqea bo‘ldi. Jumladan, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Qozog‘iston kabi davlatlar bilan uzoq yillar mobaynida yopilgan chegaralar ochildi. Mazkur davlatlar aholisining chegaradan bemalol o‘tib qaytishi uchun keng imkoniyatlar yaratildi.


    O‘zbekiston tashqi siyosatinining asosiy yo‘nalishlaridan biri Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, xavfsizlik, barqarorlikni ta’minlashdir. Ayniqsa qo‘shni Afg‘oniston Respublikasida siyosiy barqarorlikka erishish uchun sa’y harakat olib borish, asosiy o‘rinda turadi.
    Biz xalqaro hamjamiyatni Afg‘oniston hukumati rahbarligida tinchlik muzokaralarini boshlash zaruratini qo‘llab-quvvatlashga da’vat etdik, dedi Prezidentimiz. Shu munosabat bilan 2018- yilning mart oyida Afg‘oniston bo‘yicha o‘tkazilgan yuqori darajadagi Toshkent konferensiyasi zamonaviy Afg‘oniston tarixida xalqaro miqyosdagi eng qamrovli anjuman bo‘lganini ta’kidlash lozim. Konferensiya yakuni bo‘yicha qabul qilingan, uning barcha qatnashchilarining yakdil pozitsiyasi ifoda etilgan “Toshkent deklaratsiyasi” Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish bo‘yicha o‘ziga xos dastur bo‘ldi. Aynan ushbu konferensiyadan so‘ng Afg‘onistondagi barcha siyosiy kuchlar, jumladan, “Tolibon” harakati ishtirokida muzokaralar jarayonini boshlashga qaratilgan xalqaro harakatlar yanada faollashdi.
    O‘zbekiston Afg‘oniston rahbariyati va mamlakatning yetakchi siyosiy kuchlari, jumladan “Tolibon” harakati vakillari bilan bir qator muhim muzokaralar o‘tkazdi. Ushbu siyosiy kuchlar afg‘on muammosini hal qilishda O‘zbekiston samarali vositachi bo‘la olishi mumkinligini e’tirof etdi. Biz uchun eng muhim pirovard natija – Afg‘onistonda tinchlik muzokaralarini boshlash va milliy yarashuvga erishishdan iborat.
    Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining yalpi majlisi tomonidan muhim bir hujjat – “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” rezolyutsiyasi qabul qilindi. Ushbu rezolyusiyani qabul qilish tashabbusi 2017 - yil sentabr oyida Bosh Assambleyaning 72-sessiyasida O‘zbekiston tomonidan ilgari surilgan edi. Bizning taklifimizni Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bo‘lgan 193 ta davlat keng qo‘llab-quvvatlagani jahon hamjamiyati tomonidan O‘zbekistonning sa’yharakatlariga berilgan yuksak baho va e’tirof sifatida barchamizga katta mamnuniyat va g‘urur-iftixor bag‘ishlaydi. 2018- yilda jahonning yetakchi davlatlari bilan ham o‘zaro manfaatlari aloqalar sezilarli darajada jadallashdi.
    Oz vaqt mobaynida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashriflari va xorijiy davlatlar rahbarlari bilan muzokaralari natijasida Rossiya, Belarus, AQSH, Xitoy, Fransiya va boshqa Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Turkiya, Misr, hamda Osiyo-Tinch okeani mintaqasi va yaqin sharq davlatlari bilan strategik sheriklik munosabatlari sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarildi.


    Download 10,97 Mb.
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   163




    Download 10,97 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Faol tashqi siyosat: O‘zbekistonnning jahon hamjamiyatiga tobora integratsiyalashuvi va rivojlanish startegiyasi

    Download 10,97 Mb.