• “G‘aflatda yotgan xalqni uyg‘otish uchun avvalo, uning tarixini uyg‘ot”.
  • “Millatni yo‘q qilish uchun uni qirish shart emas, uning madaniyatini, san’atini, tilini yo‘q qilsangiz bas, tez orada o‘zi adoyi tamom bo‘ladi”.
  • Beshinchidan
  • Yuksakintellektualsalohiyatli




    Download 10,97 Mb.
    bet75/163
    Sana25.11.2023
    Hajmi10,97 Mb.
    #105408
    1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   163
    Bog'liq
    Мажмуа янги тарих 2022

    Yuksakintellektualsalohiyatli, manaviybarkamolavlodnitarbiyalash, komilinsonnivoyagayetkazishdamamlakatyangitarixiningtutganorni.
    Taraqqiyetganmillatlarningo‘ztarixiniyaxshibilishivaqadrlashi, tarixiyyodgorlikvaobidalarinie’zozlashiko‘zqorachig‘idekasrashiningko‘pginasabablaribor. Buengavvalo, tarixinsoniyatpaydobo‘lganidantohozirgachadavometibkelayotganijtimoiyjarayonoynasiekanligibilanbog‘liqdir. Ikkinchidanesa, butuninsoniyatshutarixgaqarab, o‘zo‘tmishivaborliginianglaydi, kelajakrejalarinibelgilaydi.
    Boshqacha bir ma’noda tarix buyuk faylasuf va donishmanddir. Uning mana shu dono falsafasini to‘g‘ri anglagandagina, xalqlar o‘z kelajagi uchun mustahkam poydevor yaratadi. Xristian (nasroniy)lik falsafasi asoschisi A.Avgustian (354-430-y.) hozirgi eramiz boshidayoq, ya’ni bundan bir ming olti yuz yil oldin tarixning xalq va millatning taqdirida tutajak o‘rnini ko‘rsatib, shunday degan edi; “G‘aflatda yotgan xalqni uyg‘otish uchun avvalo, uning tarixini uyg‘ot”.
    XII asrning buyuk allomasi Shahobiddin Muhammad al-Nasafiy ham bu fikrni o‘zining quyidagi to‘rtligida yanada teran ma’noda mana bunday bayon etadi:
    Kimki tutmas qalbida tarixni,
    U inson ham emas, olim ham emas.
    Biroq kimki uqsa o‘tmishini,
    Ko‘p boyitar o‘z turmushini.
    Salkam bir yarim asr hukmronlik qilgan chor va kommunistik bosqinchilar tarixning jamiyatda va millat hayotida tutgan o‘rnini to‘g‘ri anglab, ongli ravishda tariximizni qoraladi, soxtalashtirdi, millat tarixiy xotirasini o‘chirib, uni abadiy, qalban ma’naviy qaramlikka moslab tarbiyalashga harakat qildilar. Shu o‘rinda, Farg‘ona harbiy gubernatori M.A.Skobelovning ushbu shovinistik shiorga amal qilganligini aytib o‘tish joizdir: “Millatni yo‘q qilish uchun uni qirish shart emas, uning madaniyatini, san’atini, tilini yo‘q qilsangiz bas, tez orada o‘zi adoyi tamom bo‘ladi”.
    Mustamlakachi kommunistik partiya tomonidan mahalliy millatlar tarixiga nisbatan olib borilgan siyosat, uning Siyosiy byurosi topshirig‘i asosida SSSR Davlat xavfsizlik qo‘mitasi (KGB)sining 1947-yilda mutlaqo maxfiylikda ishlab chiqqan ko‘rsatmasida o‘z aksini quyidagicha topgan edi: “Tarix darslarida o‘tmishdagi siyosatdonlardan kimlar vatan ravnaqi uchun xizmat qilishgani yoki xizmat qilishga urunishgani xaqida gapirish mumkin emas, e’tiborni faqat podsholar zulmi va ularga qarshi qaratilgan xalq kurashiga burmoq lozim “.
    O‘zbekiston yangi tarixi fani oldida turgan asosiy vazifa quyidagilardan iboratdir: birinchidan, yoshlarga va bo‘lajak mutaxassis kadrlarga chuqur milliy va umuminsoniy tarixiy, g‘oyaviy-siyosiy, ilmiy-nazariy dunyoqarashni singdirish.Ikkinchidan, yoshlarda milliy tafakkur, g‘urur va o‘zlikni, milliy vijdon va umuminsoniy barkomollikni tarbiyalash.Uchinchidan, yoshlarda otashin vatanparvarlik va harbiy jasoratni, millat va Vatanga sadoqatlikni tarbiyalash.To‘rtinchidan, yoshlarga milliy va tarixiy qadriyatlarni e’zozlash, asrab-avaylash ruhini singdirish, ularda yuksak ahloqiy fazilatlar (halollik, poklik, odillik, rostgo‘ylik, mehnatsevarlik, kamtarinlik, imon va e’tiqodlik)ni tarbiyalash. Beshinchidan, yoshlarni Vatan va xalq, millat, ota-ona, farzand, tabiat va jamiyat oldidagi muqaddas burchlarni chuqur his etish va ularga sadoqatlik ruhida tarbiyalash.
    O‘zbekiston tarixi fani mana shu yuqoridagilar va bulardan boshqa o‘zining xilma-xil imkoniyatlaridan kelib chiqib, komil insonni tarbiyalashga behad katta hissa qo‘shadi. Vatan tarixining davlat boshqaruvi va qurilishida, jamiyat va insoniyat taraqqiyotida, millat va xalq hayotida tutgan o‘rni hamda ahamiyati benihoya katta ekanligi qadim-qadimdan e’tirof etib kelinmoqda. Bunga tariximizning o‘zi guvoh. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, tarixning bu ajoyib xislati va tarbiyaviy ahamiyati, kuch-qudratini barchamiz teran his etishimiz va anglab yetmog‘imiz lozimdir.
    Mahmudxo‘ja Behbudiy “Turkiston tarixi kerak” nomli maqolasida yozadi: “Tarixning foydalaridan ba’zisi ushbudirki, bir millatning na tariqada, qaysi yo‘l ila taraqqiy etganin o‘qib, ibrat olmoq yoki bir millatning na sabablardan tanazzul etib, oxiri munqariz bo‘lib (tugab-bitib) ketganin o‘qub mundan ham istifoda etmak mumkindir”.
    Nushiravon Yovushev esa “Turkiston tarixi” nomli maqolasida tarixga quyidagicha baho beradi: “O‘z milliy tarixini bilmagan millat, o‘z otasini bilmagan ... bir bolaga o‘xshaydur... Tarix millatning joni-ruhi, moddiy va ma’naviy hayotidur”.
    Tarix – faqat shu fan sohasining emas, balki millatning har bir vakiliga birdek daxldordir. Bu haqiqatni chuqur anglash fursati allaqachon yetgan. Prezident SHavkat Mirziyoev o’z ma’ruzalarida ana shu muhim omilni tez-tez esga oladi. Masalan, o’tgan yilning noyabr oyidagi uchrashuvda davlatimiz rahbari harbiylarimizning tarix haqidagi bilimlari bilan qiziqdi: – Mana, Amir Temur bobomiz bilan hammamiz faxrlanamiz. Lekin, xolisona aytaylik, ulug’ Sohibqironning “Tuzuklar”ini qancha askar o’qigan? – Yoki buyuk sarkarda Jaloliddin Manguberdining hayoti va harbiy mahorati haqida hamma ham yetarli bilimga egami? Vaholanki, bu ajdodlarimizning g’alabalari, strategiya va taktikalarini dunyodagi ko’plab harbiy maktab va akademiyalarda bugun ham o’rganishadi.Davlatimiz rahbari askarlar harbiy qasamyod qilishdan oldin albatta O’zbekiston tarixi fani va “Temur tuzuklari”dan sinov topshirishi kerakligini ta’kidladi. Ilg’or harbiy qismlarga ulug’ sarkardalarimizning nomini berish, mohir lashkarboshi bobolarimiz haqida ilmiy tadqiqotlar olib borish, badiiy kitoblar, kinolar yaratish to’g’risida ko’rsatma berdi.
    Darhaqiqat, dunyo tamadduniga ulkan hissa qo’shgan buyuk ajdodlarimiz bilan haqli ravishda faxrlanamiz.Ammo ochig’ini aytganda, olamshumul zotlar haqidagi bilimlarimiz ko’pincha shu faxrlanish bilangina tugashi sir emas. Masalan, tibbiyotchilarimiz stolida Abu Ali ibn Sinoning “Tib qonunlari” turadimi? Harbiylar, umuman rahbar xodimlarning necha foizi “Temur tuzuk­lari”dan xabardor? Astronomlar “Ziji Jadidiy Ko’ragoniy” asarini xuddi karra jadvalidek bilishadimi? Al-Xorazmiyning “Al jabr val muqobala” asarini, Abu Rayhon Beruniy asarlarini har bir maktab o’quvchisi yaxshi bilishi uchun nimalar qilishimiz kerak?
    Ma’lumotlarga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi SHarqshunoslik institutidagi beshta mustaqil fondlarda jami 25 ming atrofida qo’lyozmalar, 40 mingdan ortiq toshbosmalar, 5000dan ortiq tarixiy hujjatlar ko’z qorachig’idek asrab-avaylab kelinadi. Ularda jami 300 mingdan ziyod asar­lar nusxalari mavjud, deyiladi. Ushbu institut YuNESKOning insoniyat milliy-madaniy va moddiy boyliklari ro’yxatiga kiritilgan. Ushbu beqiyos boyliklarimiz sinchiklab o’rganilsa, qanchalab tarixiy filmlar, ko’rsatuvlar uchun dastur bo’lishi mumkin! SHu o’rinda Nobelь mukofoti sohibi, fizik olim P’er Kyurining mana bu so’zlari esga tushadi: «Musulmonlarning Andalusiyasidan bizga 30 ta kitob qoldi. O’sha kitoblarni o’qib, atomni parchalashga erishdik. Agar biz yoqib yuborgan ana o’sha buyuk Islom tsivilizasiyasiga tegishli yarim million kitoblar ham qolganida nima bo’lardi? Darhaqiqat, agar o’sha kitoblarni yoqib yubormaganimizda, hozir fazodagi galaktikalar orasida sayr qilib yurgan bo’lardik».
    Islom tamadduniga ulkan hissa qo’shgan allomalarning juda ko’pchiligi bizning ajdodlarimiz – Ahmad Farg’oniy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, xorazmiylar, nasafiylar, buxoriylar, termiziylar, shoshiylar ekanini nazarda tutsak, G’arb olimining fikri haqligi hamda biz qanchalik ulkan xazina sohibi ekanimiz ayon bo’ladi. Masalan, Abu Rayhon Beruniy yozgan asarlar ro’yxatining o’ziyoq, agar mayda harflar bilan yozilsa, oltmish varaqlik kitobcha hosil bo’lar ekan! Buyuk Britaniyaning mashhur Kembrij universitetida Xorazmiy va Ibn Sino stipendiyalari ta’sis etilishi aslo bejiz emas.



    Download 10,97 Mb.
    1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   163




    Download 10,97 Mb.