• Paxta ishining “o’zbek ishi”ga aylantirilishi va mohiyati
  • Ijtimoiyfanlarva jismoniy madaniyat




    Download 10,97 Mb.
    bet83/163
    Sana25.11.2023
    Hajmi10,97 Mb.
    #105408
    1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   163
    Bog'liq
    Мажмуа янги тарих 2022

    1983-1987-yillarda Moskva, Leningrad (hozirgi Sankt-Peterburg) va RSFSRning boshqa shaharlaridan 1000 nafarga yaqin “desantchi” O’zbekitonning partiya, sovet, ma’muriy-xo’jalik organlariga yuqori rahbarlik lavozimlariga ishga yuborilgan edi. O’sha paytda “desantchilar” va 3000 nafardan ortiq tergovchilarga mahalliy rahbarlar va respublika huquq-tartibot organlarining ko’plab xodimlari katta yordam bergan.


    • 1983-1987-yillarda Moskva, Leningrad (hozirgi Sankt-Peterburg) va RSFSRning boshqa shaharlaridan 1000 nafarga yaqin “desantchi” O’zbekitonning partiya, sovet, ma’muriy-xo’jalik organlariga yuqori rahbarlik lavozimlariga ishga yuborilgan edi. O’sha paytda “desantchilar” va 3000 nafardan ortiq tergovchilarga mahalliy rahbarlar va respublika huquq-tartibot organlarining ko’plab xodimlari katta yordam bergan.

    • 1985-1990-yillarda O’zbekistonda “paxta ishi” degan uydirma bo’yicha jami 40 000 kishi tergov qilindi, ularning aksariyati tergov izolyatorlarida prokuror sanksiyasisiz o’tirdi, 5000 nafar kishi esa soxta ayblar bilan jinoiy javobgarlikka tortildi. Tergov jarayonida inson huquqlari toptalib, tutqunlarga kismoniy va ruhiy tazyiq o’tkazildi. Ularning oila a’zolari va qarindosh-urug’lari ham qamoqqa tashlandi. Kadrlarni almashtirish siyosati ayanchli tus oldi.

    Paxta ishining “o’zbek ishi”ga aylantirilishi va mohiyati


    • Markaziy matbuotda e’lon qilingan maqolalarda o’zbek xalqi badnom etilib, paxta ishiga ataylab siyosiy tus berildi va u “O’zbek ishi” ga aylantirildi. Bu siyosiy kompaniyani O’zbekistonning o’sha paytdagi rahbarlari qo’llab-quvvatlashdi.

    • Markazdan yuborilgan kommunistik amalparastlar O’zbekistonning partiya va hokimiyat tizimida asosiy o’rinlarni egallab, o’zbek xalqiga qarshi qatag’onni avj oldirdilr. Qatag’on qilichi eng avvalo O’zbekistonning sobiq rahbari, marhum Sharof Rashidov xotirasiga qarshi ko’tarildi. “Sharof Rashidovchilik” degan sun’iy ibora o’ylab topilib, undan Sh.Rashidovni o’limidan so’ng badnom qilish va shuhratini yerga urishda foydalanildi.

    • Xullas, sovet rejimining paxta ishioqibatida O’zbekistonda minglab kishilar nohaq ravishda jazolandi. Xalq xo’jaligi sohalarida qo’shib yozish, poraxo’rlik va korrupsiyaga aloqador jinoyatlar SSSR ning deyarli barcha hududlarida yuz bergan bo’lsa ham “tajriba maydoni” sifatida O’zbekiston tanlandi hamda jinoiy ishga aloqador kishilardan tashqari ko’plab odamlar aybsiz jazoga tortildi. Kommunistik mafkuraning qatag’on qilichi bu bilan cheklanmasdan paxta ishini o’zbeklar ishiga aylantirishga urindi. Qatag’on siyosatini amalga oshirishda Markaz rahbariyati va vakillaridan tashqari O’zbekistonning o’sha paytdagi siyosiy rahbariyati, xalqimiz orasidan chiqqan hamd tergovchilar bilan hamkorlik qilgan va ularning g’arazli ishlariga ko’maklashgan yrim qo’rqoq va xoinlar ham faollik ko’rsatdi. Bu – tarixning achchiq haqiqati.


    Download 10,97 Mb.
    1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   163




    Download 10,97 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ijtimoiyfanlarva jismoniy madaniyat

    Download 10,97 Mb.