• SredazEKOSO.
  • Kompartiya (Komfirqa).
  • Ijtimoiyfanlarva jismoniy madaniyat




    Download 10,97 Mb.
    bet85/163
    Sana25.11.2023
    Hajmi10,97 Mb.
    #105408
    1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   163
    Bog'liq
    Мажмуа янги тарих 2022

    O’zbekiston SSR. 1924-1925 yillarda Moskva ko’rsatmasi bilan o’tkazilgan ma’muriy-hududiy davlat chegaralanishi oqibatida 1925 yil 13 fevralda Buxoroda Umumo’zbek sovetlarining I quriltoyida O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi tashkil etiladi. 1927, 1937 va 1978 yillarda qabul qilingan O’zSSR Konstitutsiyalarida O’zbekistonnning davlat mustaqilligi, o’z taqdirini o’zi belgilash huquqlari yozib qo’yilgan bo’lsada, ammo SSSR jinoyat kodeksida bunday huquqdan foydalanishga chaqirish davlatga nisbatan jinoyat sifatida baholanar edi. O’zbekistonning siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayoti to’lik markaz va kompartiya nazoratiga olindi. SHuning uchun ham O’zSSR mavjud bo’lgan 1925-1991 yillar tarixshunoslikda qaramlik yillari deb yuritiladi.
    SredazEKOSO. (O’rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi). 1923 yil martda O’rta Osiyo Respublikalar: TASSR, BXSR, XXSRni iqtisodiy jihatdan birlashtirishga bag’ishlangan I Iqtisodiy konferentsiyada tashkil qilindi. V.I.Leninning iborasi bilan aytganda Iqtisodiy Kengashlar Markazning joylardagi «ko’z-qulog’i» bo’lishi kerak edi. Konferentsiyada qabul qilingan nizomda ham SredazEKOSOning asosiy vazifasi qilib O’rta Osiyo respublikalarining
    iqtisodiy imkoniyatlarini birlashtirib, Markaz ehtiyojlarini hisobga olgan holda sotsializm qurilishiga yo’naltirish deb belgilangan edi. SredazEKOSO qarorlarini barcha O’rta Osiyo respublikalari hukumatlari bajarishga majbur edi. SredazEKOSO o’z faoliyati davomida O’rta Osiyo respublikalari iqtisodiyotini Markaz manfaatlariga bo’ysundirishga harakat qildi. SredazEKOSO 1934 yil 2 oktyabrda SSSR XKK va VKP (b) MQning qarori bilan tugatiladi.
    VKP(b). Vsesoyuzno’y Kommunisticheskiy Partiya (bolshevikov). 1898 yilda V.I.Lenin tomonidan tashkil etilgan RSDRP 1917 yildan RSDRP (b) ga, 1918 yildan RKP (b) ga, 1925 yildan esa bu partiyaning nomi VKP (b) ga o’zgartirilgan. 1952 yildan 1991 yilgacha esa partiya KPSS (Kommunisticheskaya Partiya Sovetskogo Soyuza) deb yuritilgan.
    Kompartiya (Komfirqa). Sobiq SHo’rolar davlatida ijtimoiy siyosiy, madaniy, g’oyaviy va mavkuraviy hayotning barcha sohalarini o’z iskanjasiga olgan partiya. Bu partiya 1898-1917 yillarda RSDRP, 1917-1918 yillarda RSDRP (b), 1918-1925 yillarda RKP (b), 1925-1952 yillarda VKP (b), 1952-1991 yillarda KPSS deb qisqartma nomlar bilan yuritilgan

    Download 10,97 Mb.
    1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   163




    Download 10,97 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ijtimoiyfanlarva jismoniy madaniyat

    Download 10,97 Mb.