Ilm-fan va innovatsiya ilmiy-amaliy konferensiyasi




Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana04.03.2024
Hajmi0.56 Mb.
#166245
1   2   3   4
Bog'liq
ilm-fan 0605
1873823-9-ma’ruza. Impuls signallar va ularni shakllantirish, ABN 1 Mirjon, 1710409918, elementar, Mirxakimova Farog\'at scratch
ILM-FAN VA INNOVATSIYA 
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
 
in-academy.uz/index.php/si 
24 
Yog‘ochli o‘simliklarni qalamchasidan ko‘paytirish shunga asoslanganki, ushbu o‘simliklar 
novdalarida qo‘shimcha ildiz hosil qila olish xususiyatiga egadir. Biroq hamma yog‘ochli 
o‘simliklarning ildiz hosil qiluvchanlik xususiyati bir xil bo‘lavermaydi. Ayrim o‘simliklarda 
bir yillik novdalardan tayyorlangan qalamchalarning ildiz otishi jadal kechsa, boshqalarida 
esa yog‘ochlashgan novdadan ajratib olingan va tuproqqa ekilgan qalamchalarda ildiz tizimi 
umuman rivojlanmaydi.
Mevali daraxtning novdalarida ildiz murtaklarini shakllantira olishga moyilligi bo‘lgan 
biologik xususiyatlari bilan bir qatorda, qalamchalarning ildiz otuvchanligi uchun ular 
tayyorlanayotgan vaqtda novdalarda to‘plangan zaxira ozuqa moddalar miqdori ham muhim 
ahamiyatga ega hisoblanadi. Urug‘ mevalilardan olma vegetativ organlaridan yaxshi ko‘payish 
xususiyatiga ega.
Qalamchalar bahorgi tayyorlashda va shu davrda ekishda, shuningdek ularni kuzda 
tayyorlashda va shu davrda ekishda ikki payvandtagda ham qalamchalarning ildiz 
otuvchanligi bir xil bo‘lib, 34,5 % ni tashkil etgan. Qishki saqlash davrida qalamchalarning 
pastki qismida kallusning paydo bo‘lishi yuzaga keladi, bu esa tabiiyki, ekilgandan so‘ng 
ulardagi ildiz hosil bo‘lish jarayonlarini tezlashgan. 
Ko‘chatzor qator oralig‘ining har bir metr uzunligiga ozuqa substrati sifatida 3 kg miqdorida 
biogumus qo‘llash tok naviga bog‘liq ravishda 62,8 mingdan 64,0 ming donagacha standart 
ko‘chat yetishtirish imkonini bergan. Bu esa o‘g‘itlanmagan variantlarga (43,9-48,2 ming) 
nisbatan 15,8-18,8 ming donagacha ko‘proq ko‘chat demakdir. Tokning yog‘ochlashgan 
qalamchalari tuproqqa o‘tqazilganda ildiz tizimining rivojlanishi qalamcha tarkibidagi ozuqa 
moddalar hisobiga amalga oshishi isbotlangan. Qalamchalarda 30 kun o‘tgach ildiz tizimining 
shakllanishi kuzatilgan. Vegetatsiya boshlangandan so‘ng 120 kun o‘tgach barglarda 5,12 % 
azot, 0,64 % fosfor, 3,91 % kaliyto‘planadi va o‘simliklar avtotrof oziqlanishga to‘liq o‘tadi. 
Mikroiqlimi boshqariladigan maxsus inshootda tok qalamchalari rizogenezi ochiq yerda 
yetishtiriladigan qalamchalardan farqlanadi. O‘stirishning bu turida tok qalamchalari qulay 
tuproq va havo tartibida rivojlanadi va uch oylik vegetatsiya davrida ko‘chatlar 696 dan 892,8 
0
S gacha faol haroratning o‘rtacha miqdoriga ega bo‘ladi, bu vaqtda ochiq yerda bu ko‘rsatkich 
432-741 
0
S ni tashkil etgan.
Mevali ekinlarning vegetativ ko‘payuvchi payvandtaglarini ichki mikroiqlimi boshqariladigan 
maxsus inshootda qum va chirindining 1:1 nisbatdagi aralashmasidan iborat sun’iy substratda 
yashil qalamcha uslubida yetishtirish istiqbolli material olish imkonini berishi ko‘rsatilgan. 
Gilos payvandtaglariga kurtak payvand qilish davrida tuproqning eng qulay chegaraviy nam 
sig‘imi 80 % ekanligi aniqlangan. 
Olingan xulosa shuni ko‘rsatadiki, zaytunni ko‘paytirish va uning hosildorligini oshirish, turli 
tuproq-iqlim sharoitlarida o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar dunyoning ko‘pgina hududlarida
ya’ni O‘zbekiston tuproq-iqlimi uchun xos bo‘lmagan joylarda olib borilgan va ushbu ilmiy 
natijalar tavsiyalarini mamlakatimiz hududida sinamasdan turib qo‘llash imkonini bermaydi. 
Shu bois, xorijiy va Respublikamizda olib borilgan bir qator ilmiy manbalar tahlili asosida 
aholini yuqori sifatli ekologik toza yog‘-moy, tabobatda qimmatli dori-darmon mahsulotlariga 
bo‘lgan talabni qondirishda Respublikamizda yangi introduksiya qilinayotgan noan’anaviy 
subtropik o‘simlik turlaridan hisoblangan zaytun daraxtini Farg‘ona vodiysi sharoitida 
yetishtirish agrotexnologiyasini o‘rganish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish va ishlab 



Download 0.56 Mb.
1   2   3   4




Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ilm-fan va innovatsiya ilmiy-amaliy konferensiyasi

Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish