Ilm-fan va innovatsiya ilmiy-amaliy konferensiyasi




Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana04.03.2024
Hajmi0.56 Mb.
#166245
1   2   3   4
Bog'liq
ilm-fan 0605
1873823-9-ma’ruza. Impuls signallar va ularni shakllantirish, ABN 1 Mirjon, 1710409918, elementar, Mirxakimova Farog\'at scratch
ILM-FAN VA INNOVATSIYA 
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
 
in-academy.uz/index.php/si 
23 
haroratiga qarab, suv purkash oralig‘ini belgilashni tavsiya etishgan. Mualliflarning qayd 
etishicha, quyi haroratlarda zaytun qalamchalarining ildiz olishi sekin kechgan, qalamchalar 
bargini to‘kib yuborgan va ularning katta qismi ildiz hosil bo‘lmasidan avval chirib ketgan. 
Sun’iy tumandan foydalanish to‘liq quyosh yorug‘ligida qalamchalarni ildiz oldirish imkonini 
beradi, negaki barglarda doimiy suv pardasining mavjud bo‘lishi ularni quyoshda qizib 
ketishdan asraydi. Qulay namlik sharoitida yorug‘lik jadalligi 350-400 erg/sm
2
tartibida 
bo‘lishi lozim.
Ko‘pchilik tadqiqotchilarning fikricha, har xil o‘simlik turlari va navlari sifatli 
qalamchalashning ma’lum davriga ega bo‘ladi. Qalamchalarda ildizlarning muvaffaqiyatli hosil 
bo‘lishi uchun to‘liq quyosh spektri zarur. Mo‘tadil mintaqa sharoitlarida yorug‘lik tartibi 
ko‘pgina mevali va manzarali o‘simliklar uchun kunduzgi yorug‘likni 85 % gacha o‘tkazuvchi 
shaffof polietilen plyonkalar ostida eng qulay darajada ifodalanadi.[ Qalamchalarni ildiz 
oldirishda bevosita ildiz regeneratsiyasi kechadigan muhit katta ahamiyatga ega hisoblanadi. 
Turli struktura, suv va havo o‘tkazuvchanlik va issiqlik sig‘imiga ega bo‘lgan substratlar yashil 
qalamchalardagi shikastlarning bitishiga, kallus hosil bo‘lishiga va ildiz regeneratsiyasiga 
sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Mevali va boshqa o‘simliklarni qalamchalashda substrat sifatida yuvilgan yirik daryo qumi 
ishlatiladi. Biroq, qumda ozuqa elementlari mavjud bo‘lmaydi va yashil qalamchalar bunday 
substratda ozuqa moddalarini sust o‘zlashtiruvchi va ko‘chirib o‘tqazishda sinib ketuvchi 
shoxlanmagan uzun ildizlar hosil qiladi. Shu bois ko‘pincha u boshqa materiallar, xususan 
sholi po‘stlog‘i, yog‘och qirindisi, chirigan go‘ng (biogumus) va ularni har xil kombinatsiyasi 
qo‘llanildi. Ishlab chiqarish sharoitlarida zaytun o‘simligi odatda yarim yog‘ochlashgan 
qalamchalaridan ko‘paytiriladi. Ushbu ko‘paytirish usuli oson, qulay va yetarlicha arzon 
hisoblanadi. Biroq, bunda bir kvadrat metrdan ko‘chat chiqishi o‘rtacha 40-60 ming donani 
tashkil etadi, bu esa zamonaviy sharoitlarda qishloq xo‘jaligining ko‘chatlarga, xususan 
mamlakat va xorij seleksiyasining noyob navlari ko‘chatlariga nisbatan ortib borayotgan 
barcha talabni to‘liq qondirish imkonini bermaydi.
Ushbu masala yechimiga ko‘chat yetishtirishning yangi yuqori texnologiyali intensiv usullarini 
ishlab chiqarishga tatbiq etish bilan erishish mumkin. Maxsus mikroiqlimi boshqariladigan 
inshootlarda yashil qalamchalarni ildiz oldirish bunday usullardan biri hisoblanadi. Yashil 
qalamchalashning alohida nazariy va amaliy masalalari ilmiy adabiyotlarda yaxshi yoritilgan 
va respublikamizda ham o‘rganilmoqda, biroq, ushbu usul ko‘chatchilik amaliyotiga hozirga 
qadar yetarli darajadatatbiq etilmagan. Yashil qalamchalashni amaliyotga tatbiq etilishiga 
to‘sqinlik qilayotgan asosiy sabablar sanoat miqyosida mikroiqlimni boshqaruvchi zamonaviy 
avtomat qurilma va yashil qalamchalash uchun maxsus inshootlarning mavjud emasligi, 
qo‘llaniladigan ozuqa substratlarining va ayniqsa vegetatsiya davrida o‘simliklarni ozuqa 
tartibotining yaxshi o‘rganilmaganligidadir. Buning natijasida ushbu usulda yetishtirishda 
maydon birligidan ko‘chat chiqishi 40-50 % dan oshmagan, qolganlarini esa kelgusi yilga 
qadar ko‘chatzorda yetiltirishga to‘g‘ri kelgan. 
Daraxt, buta va yarim buta o‘simliklarni vegetativ ko‘paya olishi, turli organlarida mustaqil 
yosh o‘simlik shakllantira olishi, hayotiy shakllari va o‘sish dinamikasini noqulay sharoitlarda 
o‘zgartira olish qobiliyatlari zaytun o‘simligining ham yuqori moslashuvchan ekanligini 
bildiradi.



Download 0.56 Mb.
1   2   3   4




Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ilm-fan va innovatsiya ilmiy-amaliy konferensiyasi

Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish