• Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati
  • Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
  • takomillashgan usulni Respublika yo‘l tarmog‘ini boshqarishda qo‘llash  bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan




    Download 1,51 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/37
    Sana10.06.2024
    Hajmi1,51 Mb.
    #262158
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37
    Bog'liq
    Avto refarat

     
    takomillashgan usulni Respublika yo‘l tarmog‘ini boshqarishda qo‘llash 
    bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. 
     
    Tadqiqot natijalarining ishonchliligi
    izlanishlarning standartlashgan uslub 
    va zamonaviy hamda yuqori aniqlikdagi raqamlashgan o‘chov vositalaridan 
    foydalangan holda amalga oshirilganligi, avtomobil yo‘llarining transport-
    ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini o‘lchash va ularni tahlil qilish matematik 
    modellashtirish qoidalari asosida amalga oshirilganligi, nazariy va amaliy 
    tadqiqotlar natijalarining o‘zaro o‘xshashligi, ta’mirlash ishlarini rejalashtirish 
    modelini qo‘llash orqali olingan natijalarning shu kabi modellar natijalari bilan 
    o‘zaro mos kelishi bilan izohlanadi.
    Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati
    . Tadqiqot natijalarining 
    ilmiy ahamiyati avtomobil yo‘llarini transport-ekspluatatsion ko‘rsatkichlarining 
    o‘zaro bog‘liqlik qonuniyatlari o‘rganilganligi, turli ta’mirlash ishlarining yo‘l 
    holati o‘zgarishiga ta’siri o‘rganilganligi, tranasport-ekspluatatsion ko‘rsatkichlari 
    va genetik algoritmlardan foydalangan holda ta’mirlash ishlarini rejalashtirish usuli 
    takomillashtirilganligi bilan izohlanadi. 
    Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati avtomobil yo‘llarini ekspluatatsiya 
    qilishda ta’mirlash ishlarini samarali tashkil etish uchun yo‘lning transport 
    ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini o‘zida jamlagan ma’lumotlar bazasini tashkil etish, 
    yo‘l holati o‘zgarishini prognozlash, yo‘l tarmog‘i bo‘yicha ta’mirlash ishlarini 
    umumiy yo‘l tarmog‘i holatini yaxshilashni ko‘zda tutgan holda optimallashtirish va 
    bu orqali yo‘l tarmog‘i holatini me’yor darajasida bo‘lishini ta’minlash bilan 
    izohlanadi.
    Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
    Avtomobil yo‘llarining transport-
    ekspluatatsion ko‘rsatkichlari asosida ta’mirlash ishlarini rejalashtirish usulini 
    takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida: 
    umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo‘llaridagi qoplama ravonligi va yo‘l 
    holati indeksi (PCI) ko‘rsatkichlarining o‘zaro bog‘liqlik qonuniyatlari Avtomobil 
    yoʻllari qo‘mitasiga qarashli korxonalarda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston 
    Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 2022-
    yil 21-oktyabrdagi, 03-3523-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qoplama ravonligi 
    ko‘rsatkichi asosida yo‘ldagi mavjud nuqsonlar holatidan kelib chiqib ta’mirlash 
    ishlarini samarali rejalashtirish imkoniyati yaratilgan; 
    qoplama ravonligining turli o‘lchash qurilmalarida aniqlangan natijalarning 
    o‘lchash tezligi ta’sirida o‘zgarish qonuniyatlari Avtomobil yo‘llari qo‘mitasiga 
    qarashli korxonalarda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport 
    vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qo‘mitasining 2022-yil 21-oktabrdagi, 03-



    3523-sonli ma’lumotnomasi). Natijada avtomobil yo‘llarida qoplama ravonligini 
    resurs tejamkor usullardan foydalangan holda tezkor baholash va ta’mirlash ishlarini 
    samarali rejalashtirish orqali ta’mirlashga sarflanayotgan mablagʻlarni 20% ga 
    tejashga erishilgan;
     
    muddatli rejalashtirilgan yo‘l-ta’mirlash ishlarining avtomobil yo‘llarining 
    transport-ekspluatatsion ko‘rsatkichlari o‘zgarishiga ta’siri aniqlangan va bu 
    Avtomobil yoʻllari qo‘mitasiga qarashli korxonalarda amaliyotga joriy etilgan 
    (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari 
    qo‘mitasining 2022-yil 21-oktyabrdagi, 03-3523-sonli ma’lumotnomasi). Natijada 
    avtomobil yo‘llarini ta’mirlash ishlarini bir yillik va ko‘p yillik rejalarini ishlab 
    chiqish hamda, ushbu rejadagi ishlarni amalga oshirish orqali avtomobil yo‘lining 
    transport-ekspluatatsion ko‘rsatkichlari o‘zgarishini nazorat qilib borish imkoniyati 
    yaratilgan; 
    havo-iqlim sharoiti ta’sirida avtomobil yo‘llari transport-ekspluatatsion 
    ko‘rsatkichlarining o‘zgarish qonuniyatlari Avtomobil yoʻllari qo‘mitasiga qarashli 
    korxonalarda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi 
    huzuridagi Avtomobil yoʻllari qo‘mitasining 2022-yil 2022-yil 21-oktyabrdagi, 03-
    3523-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha 
    asfaltbeton qoplamalarining maksimal harorati ma’lumotlariga asoslangan holda 
    plastik deformatsiyalar yuzaga kelishini oldini olish bo‘yicha tavsiyalar ishlab 
    chiqilgan, hamda yo‘l qoplamasining xizmat muddatini 3-5 yilga ochirishga 
    erishilgan; 
    optimallashtirish 
    algoritmlarni 
    qo‘llash 
    orqali 
    ta’mirlash ishlarini 
    rejalashtirishning takomillashtirilgan usuli Avtomobil yoʻllari qo‘mitasiga qarashli 
    korxonalarda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi 
    huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 2022-yil 2022-yil 21-oktabrdagi,
    03-3523-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, avtomobil yo‘llarining transport-
    ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini oʻzgarish dinamikasiga asoslangan holda byudjet 
    cheklovlarida ham ta’mirlash ishlarini samarali rejalashtirish imkoniyati yaratilgan 
    va sarflanayotgan mablagʻlarni 30-35% gacha iqtisod qilishga erishilgan. 

    Download 1,51 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   37




    Download 1,51 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    takomillashgan usulni Respublika yo‘l tarmog‘ini boshqarishda qo‘llash  bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan

    Download 1,51 Mb.
    Pdf ko'rish