“Muammoning zamonaviy holati, tadqiqotning maqsadi




Download 1,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/37
Sana10.06.2024
Hajmi1,51 Mb.
#262158
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   37
Bog'liq
Avto refarat

“Muammoning zamonaviy holati, tadqiqotning maqsadi 
va vazifalari” 
deb nomlangan bobida O‘zbekiston Respublikasi umumiy 
foydalanuvdagi avtomobil yo‘llari tarmog‘ining zamonaviy holati, avtomobil 
yo‘llarining transport-ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini baholashning mavjud 
uslublari, avtomobil yo‘llari tarmog‘ini taʼmirlash ishlarini rejalashtirishning 
mavjud usullari, avtomobil yo‘llarini transport-ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini 
o‘lchashning zamonaviy vositalari va o‘lchov o‘tkazishning usullari tahlil qilingan. 
Hozirgi kunda O‘zbekiston yo‘l tarmog‘i holati bo‘yicha yagona rasmiy 
ma’lumot Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining rasmiy 
veb-saytida berilgan. Ushbu ma’lumotga ko‘ra bugungi kunda respublikada jami 
209469 km avtomobil yo‘li mavjud bo‘lib, yo‘l tarmog‘ining zichligi har 100 km
2
maydonda 47 km ni tashkil etadi. Avtomobil yo‘llari tarmog‘ini umumiy 
foydalanishdagi (42869 km), ichki xo‘jalik (141882 km) va idoraviy (24745 km) 
avtomobil yo‘llari tashkil etadi. 1991-2022 yillarda tarmoq bo‘yicha katta 
o‘zgarishlar amalga oshirilgan bo‘lib, 1991-yil 1-yanvar holatiga umumiy 
foydalanuvdagi yo‘l tarmog‘ining uzunligi 39828 kilometrni tashkil qilgan bo‘lsa, 
bu ko‘rsatkich 2022-yilga kelib 42869 kilometrga yetgan.
So‘nggi 10 yil davomida davlat byudjetidan umumiy foydalanuvdagi 
avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va saqlash uchun 
umumiy hisobda 32 trln. so‘mga yaqin mablag‘lar sarflangan. 2013-2022 yillarda 
Markaziy bank qayta moliyalash stavkasi o‘rtacha 12,3 % ni tashkil etishini hisobga 
olsak, umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo‘llarini rivojlantirish uchun ajratilgan 
mablag‘lar hajmi 2013-yilga nisbatan yillar davomida o‘sish o‘rniga kamayishini 
ko‘rishimiz mumkin. 
Bugungi kunda bir qator mualliflar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarga
ko‘ra, respublika umumiy foydalanuvdagi yo‘l tarmog‘ining holati bo‘yicha 
ma’lumotlarda, ta’mirlanmay qolib ketgan yo‘llar umumiy yo‘l tarmog‘ining 65-70 
% ni tashkil etishi keltirilgan. Lekin, avtomobil yo‘llari sohasida yagona texnik 
siyosat yurituvchi qo‘mita tomonidan berilgan rasmiy ma’lumotlar tahliliga ko‘ra bu 
ko‘rsatkich 17 % ni tashkil etishi keltirilgan, shuningdek, respublikada mavjud
141882 km ichki xo‘jalik yo‘llarining 74219 km qismi (52 %) ta’mirtalab holatda 
ekanligini ko‘rsatilgan. 
MDH davlatlarida, shuningdek O‘zbekistonda amal qilayotgan me’yoriy 
hujjatlarda va bir qator adabiyotlardan ko‘rishimiz mumkinki, avtomobil 


11 
yo‘llarining 
transport-ekspluatatsion holatini 
baholash 
yo‘lning 
iste’mol 
xususiyatidan kelib chiqib qabul qilingan transport-ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini 
me’yoriy talablarga muvofiqlik darajasi bo‘yicha amalga oshiriladi. Ushbu uslubda 
integral ko‘rsatkich sifatida barcha asosiy transport-ekspluatatsion ko‘rsatkichlar 
bilan o‘zaro bog‘liqlikka ega bo‘lgan harakat tezligi 
(𝑣)
tanlab olinadi va hisobiy 
tezlikning ta’minlanganlik koeffitsiyenti (
𝐾
𝑥.𝑡.
) ko‘rinishida ifoda etiladi. 
Yo‘lning transport-ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini baholashning mavjud 
usullari ko‘p vaqt va resurs talab etadi. Ushbu usullar asosida yo‘l tarmog‘i bo‘yicha 
ishlarni bir yillik va ko‘p yillik rejalashtirish imkoni mavjud emas. O‘zbekiston 
sharoitini hisobga olib avtomobil yo‘llarini ta’mirlash ishlarini samarali tashkil etish 
uchun zarur bo‘lgan transport-ekspluatatsion ko‘rsatkichlarni aniqlash orqali yo‘l 
tarmog‘i holatini baholash usulini takomillashtirish zarur hisoblanadi.
Dissertatsiyaning 

Download 1,51 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   37




Download 1,51 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Muammoning zamonaviy holati, tadqiqotning maqsadi

Download 1,51 Mb.
Pdf ko'rish