13
ko‘chma yo‘l laboratoriyasi 70 km/soat tezlik
bilan harakatlanganda uning
salonidagi vertikal tezlanishning standart og‘ish qiymatlari 50 va 60 km/soat
tezlikda harakatlangandagiga nisbatan yuqori bo‘lishi hisoblanadi (3-rasm).
3-rasm. Turli tezliklarda “TRASSA” ko‘chma yo‘l laboratoriyasi salonidagi
vertikal tezlanishning standart og‘ish qiymatlari.
A373a
4P21
4P2
4P12
M39b
4-rasm. IRI bo‘yicha qoplama ravonligi va PCI ko‘rsatgichlari o‘rtasidagi
bog‘liqlik grafiklari
14
“TRASSA” yo‘l laboratoriyasida olingan avtomobil yo‘llarining video
ma’lumotlaridan foydalangan holda PCI ko‘rsatkichi baholandi va ushbu
ko‘rsatkich bilan qoplama ravonligi o‘rtasidagi bog‘liqlik qonuniyatlari aniqlandi.
Bunday holatda yo‘l holatiga to‘g‘ri baho berish va ta’mirlash ishlari turini
to‘g‘ri tanlash uchun qoplamada nuqsonlar tarqalish holatini o‘zida aks ettiruvchi
indikatorga zaruriyat tug‘iladi. Shu kabi indikatorlardan biri bu PCI (YXI -yo‘l
holati indeksi ko‘rsatkichidir).
PCI ko‘rsatkichi ASTM D6433-07 standarti bo‘yicha avtomobil yo‘lidagi
mavjud nuqsonlar (yoriqlar, o‘yiqlar, yemirilishlar, g‘ildirak izi deformatsiyalari va
b., jami 19 ta nuqson turi bo‘yicha) holatidan kelib chiqib 0 (yomon) dan 100 (a’lo)
gacha bo‘lgan shkalada baholanadi. Qoplama
ravonligining IRI ko‘rsatkichi va PCI
ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklardan
foydalangan holda avtomobil
yo‘lidagi nuqsonlarning rivojlanish darajasiga baho berish hamda zaruriy ta’mir
turini belgilash mumkin bo‘ladi.
Tadqiqot obyektlarida aniqlangan transport oqimining jadalligi va tarkibi
ma’lumotlaridan ko‘rish mumkinki, transport
oqimi tarkibidagi yuk
avtomobillarining ulushi A373a avtomobil yo‘lida 28 %, M39b avtomobil yo‘lida
25 %, 4P2 avtomobil yo‘lida 19 %, 4P21 avtomobil yo‘lida 15 % ni tashkil qiladi.
Avtomobil yo‘lining transport-ekspluatatsion ko‘rsatkichlariga transport
oqimi tarkibidagi yuk avtomobillarining ta’siri tadqiq qilindi. Bunda tadqiqot
obyektlari bo‘yicha oqim tarkibidagi yuk avtomobillarining ulushi va umumiy yo‘l
uzunligiga nisbatan transport-ekspluatatsion ko‘rsatkichlari qoniqarsiz bo‘lgan yo‘l
bo‘laklarining ulushi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik aniqlandi (5-rasm).
5-rasm. Transport oqimi tarkibidagi yuk avtomobillari
ulushi va transport-
ekspluatatsion ko‘rsatkichlari qoniqarsiz yo‘l bo‘laklari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik
grafigi
5-rasmdan ko‘rish mumkinki, avtomobil yo‘llarida transport oqimi
tarkibidagi yuk avtomobillari ulushining yuqori bo‘lishi, ushbu yo‘llardagi transport
ekspluatatsion ko‘rsatkichlarning qoniqarsiz holatga kelishiga sabab bo‘ladi.
Tadqiqot obyektlarida avtomobil yo‘llari qoplamasining
tishlashish sifati
“TRASSA” yo‘l laboratoriyasining PKRS-3 “METRIKA” qurilmasidan
foydalangan holda aniqlandi. Tadqiqotlar natijasida
qoplamaning tishlashish
koeffitsiyenti qiymati belgilangan me’yorlar talabiga javob bermaydigan yo‘l
bo‘laklari ko‘pligi aniqlandi. M39b avtomobil yo‘lida qoplamaning tishlashish
52%
35%
28%
20%
33%
25%
19%
15%
10%
20%
30%
40%
50%
60%
A373a
M39b
4P2
4P21
TEK bo'yicha
qoniqarsiz yo'l
bo'laklarining ulushi
Transport oqimi
taribidgi yuk
avtomobillarining
ulushi
15
koeffitsiyenti qoniqarsiz bo‘lgan yo‘l bo‘laklari ko‘p bo‘lib, ushbu avtomobil
yo‘lida transport vositalari uchun harakatlanish xavfli ekanligi va yo‘l-transport
hodisalarining sodir bo‘lish ehtimoli yuqoriligi aniqlandi (6-rasm).
6-rasm. M39b avtomobil yo‘lida qoplama tishlashish koeffitsiyentini
baholash grafigi
7-rasm. Tadqiqot obyektlarida aniqlangan yo‘l to‘shamasi
mustahkamlik
ko‘rsatgichlari grafigi
Yo‘l tarmog‘i bo‘yicha ta’mirlash ishlarini rejalashtirishda transport-
ekspluatatsion ko‘rsatkichlari qoniqarsiz bo‘lgan yo‘l bo‘laklarini aniqlash va zarur
16
ta’mir turini o‘z vaqtida belgilash orqali yo‘l holatini
yaxshilash va harakat
xavfsizligini oshirish mumkin bo‘ladi.
Tadqiqot obyektlarida yo‘l to‘shamasining mustahkamligi “TRASSA” yo‘l
laboratoriyasining DINA 4 FWD qurilmasidan foydalangan holda aniqlandi. DINA
4 FWD qurilmasi yordamida aniqlangan yo‘l to‘shamasidagi elastik egilishi va
qoplama harorati qiymatlaridan foydalangan holda yo‘l to‘shamasining umumiy
elastiklik moduli qiymatlari aniqlandi (7-rasm).
Toshkent viloyati havo-iqlim sharoitida olib borilgan
tadqiqotlar natijasida
yozgi davrlarda havo harorati +30
o
C dan yuqori bo‘lganda yo‘l qoplamasi harorati
58-60
o
C dan yuqori bo‘lishi aniqlandi. Qoplama haroratining o‘zgarishini (oshib
borishini) yo‘l to‘shamasining mustahkamligiga ta’sirini o‘rganish maqsadida 4P2
avtomobil yo‘lida tadqiqot ishlari olib borildi. O‘tkazilgan eksperimental tadqiqot
ishlari natijasida quyidagi bog‘liqlik qonuniyati aniqlandi (8-rasm).
8-rasm.
Qoplama harorati va yo‘l to‘shamasining mustahkamligi o‘rtasidagi
o‘zaro bog‘liqlik qonuniyati
Yuqoridagi grafikda (8-rasm) keltirilgan bog‘liqlik qonuniyati asosida
aniqlangan tenglama orqali qoplama harorati 30
o
C va 60
o
C bo‘lgan holatlar uchun
hisoblangan yo‘l to‘shamasining elastiklik moduli ko‘rsatkichlari mos ravishda 753
va 572 MPa ga teng bo‘lishi, oradagi farq esa 181 MPa ni tashkil qilishi, ya’ni 24%
ga kamayishi aniqlandi.
Dissertatsiyaning