21
qilingan integral ko‘rsatkichga bog‘lagan holda prognozlash modeli ishlab chiqiladi
va ta’mirlash ishlarini rejalashtirish bosqichida ushbu modeldan foydalaniladi.
Ushbu model umumiy holatda quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi.
𝑦 = 𝑓(𝑥
1
, 𝑥
2
, … 𝑥
𝑛
)
(6)
bu yerda:
𝑦
– integral ko‘rsatkich bo‘lib uning o‘rnida IRI(ravonlik), PCI (yo‘l
holati indeksi), PSI (yo‘lning xizmat ko‘rsata olish indeksi),
𝐸
𝑢𝑚
mustahkamlik,
𝑣
tezlik va shu kabilarni olish mumkin;
𝑥
1
, 𝑥
2
, … 𝑥
𝑛
−
integral ko‘rsatkich qiymatiga ta’sir etuvchi boshqa omillar
masalan, yo‘l to‘shamasining yoshi, harakat jadalligi, turli nuqsonlar, havo-iqlim
omillari, qurilish sifati va boshqa bo‘lishi mumkin.
Ta’mirlash turini tanlash
bosqichida avtomobil yo‘lining o‘lchangan va
prognoz qilingan transport ekspluatatsion ko‘rsatkichlari asosida tarmoq bo‘yicha
ta’mirga muhtoj yo‘l bo‘laklari aniqlanadi va shu yo‘l bo‘laklari bo‘yicha eng
birinchi navbatda zarur bo‘lgan ta’mirlash turlarini aniqlanadi.
“Xarajat-Foyda” (Cost Benefit Estimation) uslubida baholash
bosqichida
har bir yo‘l bo‘lagi bo‘yicha tanlangan ta’mirlash ishlari uchun sarf etilgan xarajat
va shu ta’mir turi bo‘yicha ishlarni amalga oshirishdan keladigan foyda ya’ni,
transport foydalanish xarajatlarining kamayishi, yo‘lning xizmat qilish muddatini
uzayishi kabilar o‘zari solishtirib baholanadi.