• KIRISH (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi) Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati.
  • Ilmiy kengash toshkent davlat transport universiteti soataliyev raximjon raxmonjon o




    Download 1,51 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/37
    Sana10.06.2024
    Hajmi1,51 Mb.
    #262158
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
    Bog'liq
    Avto refarat

    Ilmiy rahbar:
    Urokov Aslidin Xushvaktovich 
    texnika fanlari doktori, professor 
    Rasmiy opponentlar: 
    Kasimov Irkin Umaraliyevich 
    texnika fanlari doktori, professor 
    Salixanov Said Salixanovich 
    texnika fanlari nomzodi 
    Yetakchi tashkilot: 
    Jizzax politexnika instituti 
    Dissertatsiya himoyasi Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi ilmiy darajalar 
    beruvchi PhD.15/31.08.2022.T.73.05 raqamli ilmiy kengashning 2022 yil “___” ___ soat ___ dagi 
    majlisida bo‘lib o‘tadi. (Manzil: 100167, Toshkent, Odilxojayev ko‘chasi 1-uy. Tel./faks: (998-
    71) 277-54-87, e-mail: tashiit_rektorat@mail.ru). 
    Dissertatsiya bilan Toshkent davlat transport universiteti Axborot-resurs markazida 
    tanishish mumkin (____ raqam bilan ro‘yhatga olingan). (Manzil: 100167, Toshkent, Odilxojayev 
    ko‘chasi 1-uy. Tel./faks: (998-71) 277-54-87, e-mail: tashiit_rektorat@mail.ru). 
    Dissertatsiya avtoreferati 2022 yil “___” ________ kuni tarqatilgan. 
    (2022 yil “___” ____ dagi ___-raqamli reyestr bayonnomasi). 
     
     
    I.S.Sadikov 
    Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy 
    kengash raisi oʻrinbosari, t.f.d., professor 
     R.M.Xudayqulov 
    Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy 
    kengash kotibi, PhD, professor 
     
    I.S.Sadikov 
    Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy 
    kengash qoshidagi Ilmiy seminar 
    raisi, t.f.d., professor
     
     



    KIRISH (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi) 
     
    Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati.
    Jahonda avtomobil 
    yo‘llarining transport-ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini baholash va doimiy nazorat 
    qilib borishda zamonaviy, resurs tejamkor texnologiyalardan foydalanish hamda 
    ularning qiymatini me’yoriy talablar darajasida ushlab turish uchun ta’mirlash 
    ishlarini samarali rejalashtirish va avtomobil yo‘llari tarmog‘ining ehtiyojini 
    hisobga olib optimallashtirishga alohida ahamiyat berilmoqda. Hozirgi kunda 
    rivojlangan mamlakatlarda “…transportga bo‘lgan talabning ortib borishi sababli, 
    yirik yo‘l tarmoqlarini shakllantirish 20-asrga xos bo‘lgan bo‘lib, hozirda ushbu 
    mamlakatlarning avtomobil yo‘llarini boshqarish korxonalari asosiy strategik 
    vazifalarni yangi yo‘l infratuzilmalarini loyihalash va qurishdan mavjud yo‘l 
    tarmoqlari holatini yo‘ldan foydalanuvchilar talablariga muvofiq holda ushlab turish 
    uchun ta’mirlash va saqlash ishlarini samarali rejalashtirishga o‘zgartirishgan”
    1
    . Bu 
    borada, jumladan ta’mirlash ishlarini rejalashtirish uchun avtomobil yo‘llarining 
    transport-ekspluatasion ko‘rsatkichlarini o‘zida jamlagan yagona ma’lumotlar 
    bazasini yaratish, avtomobil yo‘llarining transport-ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini 
    baholash va ta’mirlash ishlari ta’sirida ularning o‘zgarishini modellashtirish orqali 
    rejalashtirilgan ta’mirlash ishlarining samaradorligini oshirishga alohida e’tibor 
    qaratilmoqda. 
    Jahonda avtomobil yo‘llarining xizmat muddatini oshirish, xususan 
    yo‘llarda bajarilishi zarur bo‘lgan ta’mirlash ishlarini belgilash muddatlarini 
    optimallashtirish, avtomobil yo‘llarini ekspluatatsiya qilish jarayonida transport-
    ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini doimiy baholab borish hamda ta’mirlash ishlarini 
    rejalashtirishni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. 
    Ushbu yo‘nalishda, jumladan, avtomobil yo’llari to‘shamasining mustahkamligi, 
    yo‘l qoplamasining ravonligi va tishlashish koeffitsiyenti kabi transport-
    ekspluatatsion ko‘rsatkichlariga transport oqimi hamda havo-iqlim omillarining 
    ta’sirini inobatga olib ularning o‘zgarishini nazorat qilish va ta’mir turi hamda uni 
    belgilash muddatini optimallashtirish, yo‘l holati o‘zgarishi va ta’mirlash ishlarini 
    rejalashtirish 
    jarayonini 
    modellashtirish 
    bo‘yicha 
    tadqiqotlar 
    ustuvor 
    hisoblanmoqda. 
    Respublikamizda avtomobil yo‘llarining xizmat muddatlarini oshirish va 
    iste’mol xususiyatlarini yaxshilash, belgilanayotgan ta’mirlash ishlarining 
    samaradorligini oshirishga yordam beradigan yangi texnologiyalarni ishlab chiqish 
    va ularni amalda qo‘llash bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga 
    oshirilmoqda. 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot 
    strategiyasida, jumladan “Yo‘l infratuzilmasini takomillashtirish va avtomobil 
    yo‘llari tarmog‘ini jadal rivojlantirish”
    2
    bo‘yicha vazifalar belgilangan. Ushbu 
    vazifalarni amalga oshirishda, xususan, zamon talablariga javob beradigan 
    avtomobil yo‘llarini qurish va mavjudlarini samarali ekspluatatsiya qilish orqali 
    xizmat muddatlarini oshirish, jumladan yo‘lning transport-ekspluatatsion 
    1
     
    https://addi.ehu.es/bitstream/handle/10810/31891/applsci-08-01041.pdf?sequence=1&isAllowed=y
     
    2
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan 
    Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni.



    ko‘rsatkichlarini o‘zida jamlagan ma’lumotlar bazasini yaratish hamda 
    optimallashtirish algoritmlari asosida mavjud byudjet cheklovlari sharoitida 
    belgilangan ta’mirlashni samarali rejalashtirish muhim hisoblanadi.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-60 son “2022-2026 yillarga 
    mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi, 
    PF-5890-son “O‘zbekiston Respublikasi yo‘l xo‘jaligi tizimini chuqur isloh qilish 
    chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonlari, PQ-4545-son “Yo‘l sohasini boshqarish 
    tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori hamda 
    mazkur faoliyatga tegishli boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan 
    vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertatsiya tadqiqoti muayyan darajada 
    xizmat qiladi. 

    Download 1,51 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




    Download 1,51 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ilmiy kengash toshkent davlat transport universiteti soataliyev raximjon raxmonjon o

    Download 1,51 Mb.
    Pdf ko'rish